Daftaringizga atamalarning ma’nosini yozib oling: ekologik omillar, abiotik
omillar, biotik omillar, antropogen omillar, biologik optimum, tolerantlik,
evribiont, stenobiont, cheklovchi omil, minimum qoidasi, ekologik nisha.
Bilimlaringizni qo‘llang. 1. Ekologik omillarning qanday turlarini bilasiz.
2. Abiotik omillarning qanday turlari bor? Misollar bilan tushuntiring.
3. Quyidagi omillarning qaysilari o‘simliklar, qaysilari hayvonlarning yashash
sharoitlarini belgilaydi: suv, shamol, yorug‘lik, karbonat angidrid, organik
moddalar, mineral tuzlar? Fikringizni asoslang.
4. Biologik optimum deganda nimani tushunasiz?
5. Organizmlarning ekologik omillar ta’siriga chidamliligi nima bilan chegara-
lanadi?
6. Qanday omillar cheklovchi omil deyiladi? Libixning minimum qoidasi
mohiyatini tushuntirib bering.
7. Biotik omillarni ta’riflang. Tirik organizmlarning qanday munosabatlarida
biotik omillar ta’siri aks etadi?
8. Ekologik nishani izohlang. Har xil turlar bitta ekologik nishani egallashi
mum
kinmi?
9. Berilgan ekologik omillarni tegishli ravishda abiotik, biotik, antropogen
omillarga ajrating: harorat, balandlik, yirtqichlar, yorug‘lik, transportlar,
parazitlar, elektromagnit nurlanish, daraxtlarni kesish, tuproq tarkibi, o‘txo‘r
hayvonlar, yerni sug‘orish.
O‘z fikringizni bildiring. 1. Qishda kuchli shamol esgan vaqtida shamolsiz kunlarga nisbatan o‘simliklarni
sovuq urish ehtimoli ko‘proq. Bu hodisa qanday ekologik qonuniyatlar bilan
bog‘liq? Fikringizni asoslang.
2. Quyida berilgan antropogen omillar ta’sirining oqibatlarini aytib bering:
o‘r monlarni kesish; okean tubidan neft qazib olish, uni transportda tashish
va qayta ishlash; hayvonlarni ovlash; zararkunandalarga qarshi kimyoviy
mod dalarni qo‘llash; suv havzalarining sanoat va xo‘jalik chiqindilari bilan
ifloslanishi.