Yilda F. Vyoler oksalat kislotani qanday moddadan sintez qilib oldi?



Yüklə 9,25 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü9,25 Kb.
#46217
organik


Uyga vazifa

1. 1824-yilda F.Vyoler oksalat kislotani qanday moddadan sintez qilib oldi?

A) ammoniy sianatdan B) ditsiandan C) chumoli kislotadan D) atsetilendan

2. 1828-yilda qaysi olim ammoniy sianiddan mochevinani sintez qilgan?

A) F.Vyoler B) M.Bertole C) A.M.Butlerov D) N.N.Zinin

3. Organik birikmalar yondirilganda qanday moddalar hosil bo‘ladi?

A) vodorod va kislorod B) karbonat angidrid va suv C) karbonat angidrid va vodorod D) is gazi va suv

4. 1861-yili rus olimi A.M.Butlerov qanday moddadan shakarsimon moddani oldi? A) chumoli kislotadan B) chumoli aldegiddan C) benzoldan D) sirka kislotadan

5. 1842-yilda rus olimi N.N.Zinin benzoldan qanday moddani sintez

qilgan? A) anilinni B) nitrobenzolni C) xlorbenzolni D) fenolni

6. Quyidagi keltirilgan fikrni davom ettiring: Organik birikmalarning suyuqlanish va parchalanish harorati anorganik birikmalarga nisbatan ….

A) yuqori B) past C) farq qilmaydi D) ayrimlari past, ayrimlari yuqoridir

7. Quyidagi keltirilgan fikrni davom ettiring: Organik reaksiyalar anorganik moddalar orasidagi reaksiyalarga nisbatan sekin boradi. Chunki organik birikma …. bo‘g‘lar orqali bog‘langan.

A) ion B) vodorod C) kovalent D) metall

8. Qaysi olimlar sirka kislotani sintez qilishgan?

A) M.Bertole va A.M.Butlerov B) Franklend va A.V.Kolbe C) F.Vyoler va N.N.Zinin D) Kekule va Kuper

9. n-butanning izomerlar sonini aniqlang.

A) 1 B) 2 C) 3 D) 4

10. 1854-yili fransuz kimyogari M. Bertlo qaysi moddani olgan?

A) karbon kislotani B) yog‘ni C) murakkab efirni D) spirtni

11. Izomeriya tusuhunchasi kimyo faniga kim tomonidan kiritilgan?

A) A.M Butlerov B) I.Berselius C) F.Vyoller D) N.N.Zinnin

12. A.M Butlerov formulasi C5H12 bo‘lgan pentanni o‘rganib, shu tarkibga to‘g‘ri keladigan necha xil modda bo‘lishi mumkinliginini aniqladi?

A) 2 B) 3 C) 9 D) 7

13. Molekuladagi atomlar soni ortib borishi bilan…?

A) izomerlar soni kamayib boradi B)izomerlar soni ortib boradi C)izomerlar soni o‘zgarmaydi

14.Uglerod atomlari bir-birlari bilan bog‘lanib tarmoqlangan yoki tarmoqlanmagan zanjirlarni hosil qilishi qaysi izomeriya turiga xos?

A) holat izomeriyasi B) geometrik izomeriya C) tuzilish yoki zanjir izomeriyasi D) sinflararo izomeriya

15. Funksional guruhning asosiy uglerod zanjiridagi boshqa uglerod atomiga bog‘lanib kelishi bilan bog‘liq izomeriya qanday nomlanadi?

A) holat izomeriyasi B) geometrik izomeriya C) tuzilish yoki zanjir izomeriyasi D) sinflararo izomeriya



16. Geometrik (sis-trans) izomeriya hosil qilishda qaysi bog‘ qatnashadi?

A) Uglerod va ugerod atomlari o‘rtasidagi π bog‘ B) Uglerod va voforod atomlari o‘rtasidagi σ bog‘ C) Uglerod va uglerod atomlari orasidagi σ bog‘ D) Uglerod va vodorod atomlari orasidagi π bog‘.
Yüklə 9,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin