Alkinlar Molekulasida bitta CC uch bog‘I bor to‘yinmagan uglevodorodlarga alkinlar (atsetilenuglevodorodlar) deyiladi. Ularning umumiy formulasi CnH2n-2 bo‘lib, gomologik qatori atsetilendan boshlanadi. Alkinlar diyenlarga izomer hisoblanadi.
Nomenklaturasi va izomeriyasi
Ayrim alkinlarning trivial nomlari hozir ham ishlatiladi. Masalan, H–CC–H atsetilen.
Ratsional nomenklaturaga ko‘ra oddiy alkinlar atsetilenning hosilalari deb qaraladi.
Sistematik nomenklaturaga ko‘ra atsetilen uglevodorodlarga alkinlar deyiladi. Ularning nomlari tegishli alkanlar nomidagi an qo‘shimchasini in ga almashtirish bilan hosil qilinadi. Uch bog‘I bor zanjir asosiy hisoblanadi va uni raqamlash uch bog‘ chetga yaqin tomondan boshlanadi. Qo‘shbog‘ va uchbog‘ zanjir chetidan baravar uzoqlikda joylashgan bo‘lsa, raqamlash qo‘shbog ‘yaqin tomondan boshlanadi:
Uch bog‘I va yoki –OH singari funksional guruhi bor birikmalar quyidagicha raqamlanadi va nomlanadi:
3-butin-1-ol 3-metil-4-pentinal
Uch bog‘ zanjirning chetida joylashgan bo‘lsa, terminal yoki 1-alkinlar, chetda bo‘lmasa ichkialkinlar deyiladi.
Alkinlarning bir valentli radikallari (alkinillar )quyidagicha nomlanadi:
etinil propinil-2 (propargil) butinil-2
Alkinlarda tuzilish izomeriyasining ikki turi (uglerod skeletining izomeriyasi va uchbog‘ning holat izomeriyasi) uchraydi. Masalan, C5H8 – propil atsetilenning uchta izomeri (1-pentin, 2-pentinva 3-metil-1-butin) bor. Bu izomerlarning tuzilish formulalarini o‘zingiz yozing.