Alkinlarning fizikaviy, kimyoviy xossalari: katalitik gidrogenlash, natriy bilan suyuq ammiakda qaytarish



Yüklə 387,87 Kb.
səhifə3/5
tarix16.10.2023
ölçüsü387,87 Kb.
#156303
1   2   3   4   5
Alkinlarning fizikaviy kimyoviy xossalari katalitik gidrogenlash natriy bilan suyuq ammiakda qaytarish

Kimyoviy xossalari

Alkinlar birikish, oksidlanish, qaytarilish, polimerlanish, o‘rinolish, izomerlanish va boshqa reaksiyalarga kirishadi.




Birikish reaksiyalari


Gidrogenlash. Alkinlarkatalizatorlar (Pt, Pd, Ni) ishtirokida vodorodni alkenlarga nisbatan oson biriktiradi. Reaksiya ikki bosqichda boradi:

Qaytarishning turli usullaridan foydalanib, jarayonni stereoselektiv amalga oshirish mumkin.
Lindlar katalizatori Pb(CH3COO)2 bilan zaharlangan Pd/CaCO3 ishtirokida faqat uch bog‘ gidrogenlanadi va vodorod sis-holatga birikadi. Natriy yoki litiy bilan suyuq ammiakda qaytarganda esa trans-birikish boradi:

Galogenlash. Alkinlarni galogenlash alkenlarni galogenlashga nisbatan sekin boradi. Masalan, atsetilen sirka kislotada ikki bosqichda bromlanadi:

Reaksiya elektrofil birikish (AdE) mexanizmi bo‘yicha uch bosqichda boradi. 1-bosqichda -kompleks hosil bo‘ladi. Sekin boradigan va reaksiyaning umumiy tezligini belgilaydigan 2-bosqichda -kompleks ko‘prikchali bromireniy kationiga qayta guruhlanadi. 3-bosqichda brom anioni bromireniy kationiga birikadi. Bromid –ion bromireniy kationida gibromga asosan qarama-qarshi bo‘lgan tomondan hujum qiladi va natijada anti-birikish amalga oshadi:

Bromli suvning rangsizlanishi uch bog‘ga sifat reaksiyasi hisoblanadi.
Gidrogalogenlanish. Alkinlar alkenlarga nisbatan sekin gidrogalogenlanadi. Vodorod galogenidlar (HBr, HCl, HI) ning nosimmetrik alkinlarga birikishi ikki bosqichda Markovnikov qoidasiga asosan boradi. HBr peroksidlar ishtirokida Markovnikov qoidasiga qarshi birikadi (Xarashning peroksid effekti kuzatiladi):

Alkinlarning Markovnikov qoidasi bo‘yicha gidrogalogenlanishi elektrofil birikish (AdE) mexanizmida uch bosqichda, oraliq propenil-kationining hosil bo‘lishi bilan boradi. 1-bosqichda -kompleks, 2-bosqichda esa propenil-kation hosil bo‘ladi. 3-bosqichda karbkation bromid-ion bilan reaksiyaga kirishib, barqarorlashadi, ya’ni reaksiya mahsuloti (2-brompropen) hosil bo‘ladi:

Gidratlanish. Alkinlar suvni sulfat kislota va simob (II) tuzlari ishtirokida biriktiradi (Kucherov reaksiyasi, 1881-y.). 1-bosqichda suvning CC uch bog‘ga nukleofil hujumi natijasida beqaror yenollar hosil bo‘ladi. So‘ngra yenollar kislota katalizatorligida aldegid va ketonlarga qayta guruhlanadi (A.P. Eltekov qayta guruhlanishi, 1887-y.):

Atsetilen gomologlarining gidratlanishidan ketonlar hosil bo‘ladi. Suvning birikishi Markovnikov qoidasiga binoan boradi:


Yüklə 387,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin