41
ralari doirasi – chidamlilik chegaralari doirasidagina hayot kechira oladi,
omilning bu chegaradan og‘ishi organizmning nobud bo‘lishiga olib keladi.
Ekologik omil ko‘rsatkichlarining tirik organizmlar yashashi mumkin
bo‘lgan chidamlilik
chegaralari doirasi
tolerantlik
(lot. «
tolerantia»
– sabr-
toqat)
zonasi
deb ham yuritiladi.
Har bir tirik organizm uchun ma’lum ekologik omilning muayyan
ko‘rsatkichlardan iborat maksimumi, optimumi va minimumi mavjud. Har
bir turning muayyan ekologik omilga nisbatan chidamlilik chegarasi mavjud.
Masalan, uy pashshasi +7°C dan past va +50°C
dan yuqori haroratlarda
yashay olmaydi, bu tur uchun +23+25°С optimal harorat hisoblanadi. Odam
askaridasi esa, faqat odam tanasi haroratidagina yashay oladi.
Omilning ma’lum ta’sir kuchi bir tur uchun optimal bo‘lsa, boshqa tur
uchun maksimal yoki minimal, uchinchi tur uchun esa, chidamlilik chegarasi
doirasidan chetga chiqishi mumkin.
Nemis olimi Yustus Fon Libix madaniy o‘simliklarning hosildorligi
tuproq tarkibida kam miqdorda bo‘ladigan mineral moddalarga bog‘liqligini
aniqladi.
Dostları ilə paylaş: