5-Amaliy mashg‘ulot. Tuproq muhitining organizmlarga ta’siri ishning maqsadi



Yüklə 200,5 Kb.
səhifə1/2
tarix26.09.2023
ölçüsü200,5 Kb.
#149229
  1   2

5-Amaliy mashg‘ulot. TUPROQ MUHITINING ORGANIZMLARGA TA’SIRI


Ishning maqsadi: Tuproq muhiti va undagi omillarni organizmlarga ta’siri, organizmlarning tuproq muhitiga moslashishini о‘rganish.
Mashg‘ulot vazifalari:

  • tuproq muhiti;

  • tuproq muhiti organizmlari;

  • tuproq muhitida organizmlarning moslashishi;

  • tuproq muhitidagi abiotik omillar va ularni organizmlarga ta’siri bilan tanishishdan iborat.

Talabaning bilim, о‘quv va kо‘nikmasiga qо‘yiladigan talablar:

  • tuproq muhiti tо‘g‘risida tasavvurga ega bо‘ladi;

  • tuproq muhitida qanday organizmlar yashashini bilib oladi;

  • tuproq muhitida organizmlarning moslashishi tо‘g‘risida tushunchaga ega bо‘ladi;

  • tuproq muhitidagi abiotik omillar va ularni organizmlarga ta’sirini bilib oladi;

Kerakli materiallar va jihozlar: Amaliy mashg‘ulotning dars ishlanmasi, jadvallar, tuproq namunalari.
Adabiyotlar: 1, 2, 3, 4, 6, 11, 14, 22
Nazariy material: Tuproqda о‘simliklar, mikroorganizmlar va umurtqasiz hayvonlar yashaydi. Tuproqda yashovchi barcha organizmlar yashash jarayonlarida bir-biriga nisbatan turli xil munosabatda bо‘lib, ularning murakkab munosabatlari natijasida tuproqda gumus va mineral moddalar tо‘planadi.
О‘simliklarning tuproqda bо‘ladigan turli tuzlarga munosabatlari ham har xil. Ba’zi о‘simliklar karbonat tuzlari kо‘p tuproqlarda yaxshi о‘sadi va ular kalsefillar deb ataladi. Oson eruvchi tuzlarga boy bо‘lgan tuproqlarda о‘suvchi о‘simliklar galofitlar, qumli tuproqlarda о‘suvchilar psammofitlar, tuproqning ma’lum kimyoviy elementlarga boyligini kо‘rsatuvchi о‘simliklar indikator turlar deyiladi.
Tuproqda bakteriyalar, zamburug‘lar bilan birga sodda hayvonlar, chuvalchanglar va bо‘g‘umoyoqlilar keng tarqalgan. Masalan, ishlov beriladigan tuproqlarda gektariga taxminan 350 kg yomg‘ir chuvalchanglari tо‘g‘ri keladi. Yuqori agrotexnika qoidalariga amal qilinadigan yerlarda esa ularning miqdori bir tonnagacha boradi.
Tuproq zarrachalarining donadorligi ham hayvonlar uchun ekologik ahamiyatga ega. Ba’zi hayvonlar tuproqni kovlab, hayot kechiradi. Hasharotlarning lichinkalari toshloqli tuproqlarda yashay olmaydi. Kovlash xususiyatiga ega bо‘lgan pardaqanotlilar tuxumlarini yer ostki bо‘shliqlarga, kо‘pchilik chigirtkalar ham tuxumini g‘ovak tuproqqa qо‘yishga moslashgan.
Tuproq ostida yashovchi hayvonlar uchun yorug‘likning ahamiyati uncha katta emas. Tuproqning chuqur qatlamlarida harorat ham о‘zgarmaydi. Kislorodning miqdori esa kamayib, karbonat angidrid ortib boradi. Tuproq namligi о‘simliklar uchungina ahamiyatga ega emas, balki hayvonlar orasida ham tuproq qurg‘oqchiligiga chidamsiz turlar uchraydi. Qumli tuproqlarda yashovchi hayvonlar qumning ostiga tezda kirib ketish xususiyatiga ega bо‘ladi. Psammofil hayvonlarning panjalarida har xil о‘simtalar, tuklar, yoki muguz pardalar bо‘lib, ular tuproq qatlamida harakat qilishga, uya qurishga yordam beradi. Ilonlar, kaltakesaklar, ba’zi hasharotlar qum ostida anchagina masofalarga kо‘chib yurishi mumkin.

Yüklə 200,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin