86
15-§. TURNING POPULATSION STRUKTURASI (DAVOMI)
Biotsenozning tur tarkibi.
Har qaysi biotsenoz turlarning xilma-xilligi
bilan xarakterlanadi. Biotsenoz turlarining xilma-xilligi haqida amalda to‘liq
tasavvur
hosil qilish mumkin emas, chunki mikroorganizmlarning barcha
turlarini hisobga olib bo‘lmaydi. Biotsenozning tur tarkibi biotopda yashovchi
turlarning umumiy soni bilan belgilanadi. Ignabargli o‘rmon, cho‘l,
baland
tog‘ biotsenozlari tur tarkibiga ko‘ra boy emas, chunki ularning tur boyligi
o‘nlab yoki yuzlab turlardan tashkil topgan. Tropik o‘rmonlarda esa bir necha
minglab turlar yashaydi. Turlar xilma-xilligi yuqori bo‘lgan biotsenoz turg‘un
hisoblanadi. Biotsenozning turlar xilma-xilligi
biotopdagi muhit sharoitiga
bog‘liq bo‘ladi. Muhit sharoiti qanchalik qulay bo‘lsa, biotsenozda turlar
xilma-xilligi shunchalik ortadi yoki aksincha. Masalan, tropik o‘rmonlar flora
va
faunasi nihoyatda xilma-xil, o‘rta mintaqalarning turlar boyligi, asosan,
yopiq urug‘li va ochiq urug‘li o‘simliklar, hayvonot olami,
kam hollarda
zamburug‘ turlari bilan belgilanadi. Issiqlik doimo tanqis bo‘lgan tundrada
turlar xilma-xilligini, asosan, yo‘sinlar va lishayniklar tashkil etadi.
Har qaysi biotsenozda son jihatdan eng ko‘p bo‘lgan
va biotopning katta
qismini egallagan turlar bo‘ladi. Bunday turlar
Dostları ilə paylaş: