Power point prezentatsion (taqdimot) grafikli dasturlar qatoriga kiradi. PowerPoint dasturi Slaydlar ketma-ketligidan hosil bo‘lgan prezentatsiyani (taqdimotni) kompyuter ekranida, videomonitorlar va katta ekranlarda namoyish qilish mumkin



Yüklə 1,71 Mb.
tarix18.05.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#116685
- mustaqil ish


Taqdimotlar yaratish instrumental vositalari
Reja:
Ma’lumotlarni ko‘rgazmali taqdim etish dasturlari universal, imkoniyatlari keng bo‘lgan, ko‘rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animatsiya effektlari, ovoz, videooraliq va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi. POWER POINT prezentatsion (taqdimot) grafikli dasturlar qatoriga kiradi.
PowerPoint dasturi
Slaydlar ketma-ketligidan hosil bo‘lgan prezentatsiyani (taqdimotni) kompyuter ekranida, videomonitorlar va katta ekranlarda namoyish qilish mumkin. Bu dastur bilan ishlashdan avval prezentatsiya, slayd, animatsiya, taqdimot tuzish tushunchalariga izoh beraylik.
PREZENTATSIYA - bu slaydlar va maxsus effektlar to‘plami bo‘lib, tayyor material, doklad yoki konspekt shaklida bo‘lib, uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi bitta faylda saqlanadi va uni ekranda namoyish qilinadi.
SLAYD - ma’lum bir o‘lchamga ega bo‘lgan muloqot varaqlari hisoblanadi. Unda biror maqsad bilan yaratilayotgan namoyish elementlari joylanadi, yani prezentatsiyaning alohida kadri bo‘lib, ichiga matn va sarlavhalarni, grafik va diagrammalarni olishi mumkin. ANIMATSIYA - bu slaydlarni namoyish qilish va ko‘rsatishda ularni samaradorligini oshiruvchi tovush, rang, matn va harakatlanuvchi effektlar yig‘indisidan iborat.
TAQDIMOT TUZISH – slaydlardan iborat prezentatsiya yaratish ularni tahrirlash, ketma-ketligini ko‘rish va bezagini berishdir.
Power Point ni Microsoft Office paketi tarkibidagi boshqa dasturlar kabi ishga tushirish va yangi xujjat tashkil qilishning bir necha usullari mavjud, ulardan biri:
  • PUSK ,PROGRAMMЫ , MICROSOFT OFFICE , POWERPOINT;
  • ishchi ekranda joylashgan POWER POINT piktorgammasi orqali;

  • - sichqonchaning o‘ng tugmasi orqali kontekst menyu:
    SOZDAT DOKUMENT POWER POINT buyrug‘i tanlanadi(bu buyruq yordamida POWER POINT dasturiga aloqador yangi xujjat tashkil qilinadi).

Dastur ishini yakunlash OFFICE paketining boshqa ilova dasturlari kabi amalga oshiriladi:
- dastur menyu satrida joylashgan FAYL ustuni VЫXOD buyrug‘i yordamida;
- dastur ishchi ekrani yuqori o‘ng chegara burchagida joylashgan piktogrammasi yordamida;
- ALT+F4 tugmalari majmui yordamida ilovadan chiqib ketiladi.
Dasturning ishchi oynasi 1-rasmda tasvirlangan. Uning tuzilishi:
taqdimotning nomi, menyu bo‘limlari, uskunalar satri va ishni bajaruvchi asosiy bo‘limlar. Asosiy bo‘limlar ishchi oynaning o‘rtasida joylashgan. Ularning keraklisi tanlanib «Ok» tugmasi bosiladi. Dasturning ishchi oynasi va uning asosiy elementlarini ko‘rib chiqamiz: Qo‘shimcha vositalar panelini bosh menyu satri Servis ustunida joylashgan Nastroyka bo‘limi yoki Vid ustunida joylashgan Paneli instrumentov yordamida ekranga joylashtirish mumkin bo‘ladi.
Dasturga oid parametlarni o‘zgartirish menyu satrining Servis ustuni Parametr bo‘limi yordamida amalga oshiriladi.
Ishchi oynadagi mavjud bo‘limlarning har biri o‘z tashkil etuvchilariga ega.
Masalan, yangi taqdimot yaratish kerak bo‘lsa, Pustuyu prezentatsiyu(Bo‘sh taqdimot) bo‘limi tanlanadi. Natijada turli ko‘rinishlardagi ishchi oynalar hosil bo‘ladi. Keraklisi tanlanib, taqdimot elementlari joylashtiriladi.
POWER POINT dasturi ishga tushgandan so‘ng ekranda prezentatsiyalar bilan ishlashda bizga kumak beradigan axborotlarni uz ichiga olgan dasturning boshlang‘ich mo‘loqot darchasi hosil bo‘ladi. Mo‘loqot darchasi 4 bo‘limdan iborat bo‘lib bu bo‘limlar quydagilar:
1. Novaya prezentatsiya
2. Iz shablona oformleniya
3. Iz mastera avtosoderjaniya
4. Iz imeyuщeysya prezentatsii
Foydalanilgan adabiyotlar
  • https://fayllar.org/mavzu-taqdimotlarni-ishlab-chiqishning-instrumental-vositalari.html




E’tiboringiz uchun
raxmat
Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin