1. ‘Navoiyazot’ aj Azot kislotasi ishlab chiqarish



Yüklə 326,1 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix22.05.2023
ölçüsü326,1 Kb.
#119746
barno11



Reja 
1. ‘Navoiyazot’ aj 
2. Azot kislotasi ishlab chiqarish 
3. 911- sex haqida ma’lumot 
4. PVX haqida ma’lumot 
5. Visio dasturi haqida ma’lumot 


1. ‘’ NAVOIYAZOT" AKSIYADORLIK JAMIYATI — Oʻzbekistondagi yirik 
kimyo sanoati korxonasi. "Oʻzkimyosanoat" davlat-aksiyadorlik 
kompaniyasi tarkibida. Navoiy shahrida joylashgan. Korxonada ishlab 
chiqariladigan asosiy mahsulot turlari: mineral oʻgʻitlar, nitron tolasi, 
sirka kislotasi, tiomochevina, xlor va xlor mahsulotlari, kaustik soda. 
Bundan tashqari, 70 dan ortiq turdagi mahsulotlar, organik va 
noorganik kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqariladi. Mineral oʻgʻitlar, turli 
xil organik sintez mahsulotlari va akril tolasi (nitron) ishlab chiqarish 
maqsadlarida tabiiy gazni qayta ishlashga ixtisoslashgan korxona 
sifatida qurilgan. Tabiiy gaz, havo, kaustik soda, osh tuzi va boshqa 
asosiy ishlab chiqarish uchun xom ashyo boʻlib xizmat qiladi. 
1964-yilda Navoiy kimyo kombinati nomi bilan ishga tushirildi. Shu yili 
kuchsiz azot kislotasi ishlab chiqarish boʻyicha korxonada 1-agregat 
foydalanishga topshirildi. 1965-yildan ammiak korxona toʻliq hajmda 
ishlashga oʻtdi. Xom ashyodan kompleks foydalanish natijasida 
korxonada nitron — "sunʼiy jun" tolasi ishlab chikaruvchi zavod kurilib, 
1971-yilda ilk mahsulot olindi. Shundan beri toʻqimachilik, yengil va 
boshqa sanoat uchun oʻta muhim hisoblangan "sunʼiy jun" ishlab 
chikariladi. 1965— 75 yillarda ammiak va mineral oʻgʻitlar ishlab 
chiqarishning 1—2—3navbatlari ishga tushirildi.
2001-yilda Germaniyaning "Lurgi Xemnits GmBX" firmasining 
ishtirokida qurilgan va eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan xlor, 
oʻyuvchi soda, xlor kislotasi va natriy gipo-xlorit ishlab chiqarish yoʻlga 
qoʻyildi. Birlashmada xlorni qayta ishlab polivinilxloridga aylantirgan 
holda kaustik soda ishlab chiqarish boʻyicha 2-navbat sexini qurish 
loyihasi ustida ish olib borilmoqda. 
"Navoiyazot" a.j. mahsulotlari Rossiya, Eron, Tojikiston, Ukraina, Buyuk 
Britaniya, Niderlandiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, AQSH, Bolgariya 
davlatlariga eksport qilinadi. Navoiy kimyo kombinata 1975-yilda 
"Navoiyazot" ishlab chiqarish birlashmasiga, 2002-yilda "Navoiyazot" 


ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. Korxonada 11 mingga yaqin 
muhandis-texnik xodimlar va ishchilar mehnat qiladi . 


2. 916-sex-Nitrat kislotasi ishlab chiqarish 
Azot (IV)-oksid kislotada eriydi va uni sariq yoki qizil rangga 
bo‘yaydi. Suv bilan gidridlar hosil qiladi: 
2NO2 + H2O→ HNO3 + HNO2
Nitrat kislota - kuchli oksidlovchidir. Platina, rodiy, iridiy, oltindan 
tashqari hamma metallar konsentrlangan nitrat kislota ta’sirida 
oksidlarga aylanadi. 
Temir suyultirilgan nitrat kislotada yaxshi eriydi, konsentrlangan 
kislota esa uning yuzasida yupqa, lekin quyuq qatlam - temir oksid 
hosil qiladi va bu qatlam temirni keyinchalik emirilishidan 
saqlaydi. Konsentrlangan nitrat kislota po‘lat sisternalarda 
tashiladi.
Ko‘p organik birikmalar konsentrlangan nitrat kislota ta’sirida 
parchalanadi, ba’zi birlari alangalanadi. Sanoatda chiqarilayotgan 
nitrat kislota ikki navli bo‘ladi: 
birinchi nav - suyultirgan kislota bo‘lib, tarkibida 50-60% nitrat
kislota ; 
ikkinchi nav - konsentrlangan (96-98%) nitrat kislota tutadi. 
Nitrat kislotadan sanoat va qishloq xo‘jaligida keng foydalaniladi. 
Ishlab chiqarilgan kislotaning 40%iga yaqini azotli mineral o‘g‘itlar 
olish uchun sarfdlansa, qolgan qismidan sintetik bo‘yoqlar, 
nitrolaklar, portlovchi moddalar, plastmassalar, dorivor vositalar 
va ko‘pgina boshqa muhim birikmalar olinadi. 
Suyultirilgan nitrat kislotaning ishlab chiqarish quyidagi reaksiyalar 
asosida boradi: 


Ammiakni azot (II)- oksidigacha kontaktli oksidlash: 
4NH3 + 5O2 ⮀ 4NO +6H2O (4.6.2) 
Azot (II)- oksidni azot( IV)-oksidgacha oksidlash: 
2NO + O2→ 2NO2 + Q (4.6.3) 
2NO + O2→ 2NO2 + Q (4.6.3) 
Azot (IV)-oksidni suvga yuttirish: 
4NO2 +2H2O + O2 → 4HNO3 (4.6.4) 
Birinchi bosqich reaksiyasida ammiakning havo kislorodi bilan 
oksidlanish darajasi 98% ni tashkil qiladi. 
Sanoatda nitrat kislota ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida 
ammiak, havo va suvdan foydalaniladi. 
Sintetik ammiak ma’lum darajada katalizator changlari, surkov 
moylari(porshenli kompressor bilan siqishda o‘tadi) bilan 
ifloslanadi. Toza ammiak olish uchun bug‘latish stansiyalari va 
suyuq ammiakni distillash qurilmalaridan foydalaniladi. Keyingi 
tozalash ishlari chichevisesimon elementlardan iborat qog‘oz 
filtrlarda amalga oshiriladi. 
Atmosfera havosi ishlab chiqarish korxonasi yaqinidan surish 
yo‘li bilan olinadi. Bu havo changlar va turli gazsimon birikmalar 
bilan ifloslangan bo‘ladi. Ular ammiakni konversiyalashda 
katalizatorlarni zaharlashi mumkin. SHu sababli ulardan havoni 
tozalash uchun suv bilan boyitilgan skruberlardan foylalaniladi. 
So‘ngra ikki bosqichli filtrlashdan o‘tkaziladi. 
Texnologik ehtiyoj uchun qo‘llaniladigan suv turli mexanik 
aralashmalardan va kimyoviy moddalardan maxsus usullarda 
tozalanadi. Refaol nitrat kislotasini olish uchun ehtimoli bo‘lgan 
qo‘shimchalardan tozalangan bug‘li kondensatdan foydalaniladi. 


Ammiakni katalizator ishtrokisiz oksidlanganda faqat azotgina 
hosil bo‘ladi. 
Katalizator ishtirokida ammiak va havo kislorodi o‘rtasida qator 
parallel reaksiyalar sodir bo‘ladi: 
4NH
3
+5O
2
=4NO+6H
2
O ∆H= -946,0 kj
4NH
3
+3O
2
=2N
2
+6H
2
O ∆H= -1328 kj
4NH
3
+4O
2
=2N
2
O +6H
2
O ∆H= -1156 kj
Bu reaksiyalar bilan bir paytda qo‘shimcha reaksiyalar (parallel 
va oraliq) ham sodir bo‘ladi: 
4NH
3
+6NO=5N
2
+6H
2
O
2NH
3
=N
2
+3H
2
2NO=N
2
+O
2
Keltirilgan reaksiyalar yig‘ma reaksiya tenglamalari bo‘lib, 
ammiak konversiyasi jarayonini va aniq jarayon mexanizmini to‘la 
aks ettira olmaydi.Ammiakni oksidlashda qo‘llaniladigan 
katalizatorlar benihoyat darajada selektivlik xususiyatiga ega 
bo‘lmog‘i lozim, ya’ni bir necha qator borishishi mumkin bo‘lgan 
reaksiyalar ichidan aynan ammiakni azot (II)- oksidgacha 
oksidlanishini tezlashtirishi lozim. Bu jarayon uchun nisbatan 
selektivlik va faollik xossasiga platinali kontakt massa, tarkibi 
platinani rodiyli qotishmasi mos keladi. 
Ammiakni oksidlash jarayoni ko‘p bosqichli tashqi diffuzion 
sohada boruvchi va katalizator sirtida ammiakni diffuziyalanishi 
ustunlikka ega bo‘lgan geterogen- katalitik jarayon hisoblanadi. 
Ammiakni katalitik oksidlanish tezligi juda tez bo‘lib, sekundning 
o‘n mingdan ulushlari ichida ammakning 97-98 %i atmosfera 
bosimida va 95-96%i 0,88-0,98 MPa bosimda azot (II)-oksidga 


aylanib bo‘ladi. Biroq azot (II)-oksidning chiqish unumi texnologik 
parametrlarga (harorat, bosim, gazlarni oqim tezligi, ammiak-havo 
aralashmasidagi ammiakning miqdori, katalizator to‘rining soni va 
boshqa omillar) bog‘liq ravishda ayni bir katalizatorning o‘zida 
turlicha bo‘lishi mumkin. 
Platinaning boshqa katalizator turlariga nisbatan faolligi va 
selektivligi jihatdan ustunligi 1902-yilda Ostvald tomonidan 
aniqlangan. Ammiakni oksidlanish reaksiyasiga ko‘pgina metallar 
va ularning qotishmalari yuqori faollikni namoyon qiladi, biroq 
ularning ozginasigina NO ni yuqori chiqishini (90%dan yuqori) 
ta’minlay oladi. 
Yuqori faollik va selektivlikka ega bo‘lgan holda platina quyi 
yonish haroroatiga 200℃, yaxshi plastiklik va cho‘zilanuvchan 
xosasiga ega. Platinaning kamchiligi uni yuqori harorat va gazlar 
oqimi ta’sirida tez emirilishi, hamda oson zaharlanishidir. 
Ammiakni oksidlash uchun ko‘pgina sanoat sinovlaridan so‘ng 
tarkibi: atmosfera bosimida ishlaydigan texnologik sxema uchun 
platinaga 4% Pd va 3,5% Rh qo‘shilgan, yuqori bismda ishlaydigan 
texnologik sxema uchun platinaga 7,5% Rh qo‘shilgan kontakt 
massadan foydalaniladi. Katalizatorlardan unumli foydalanish 
maqsadida to‘r tarzidagi kontakt massa tayyorlanadi. 
Katalizatordan bunday shaklda foydalanish eksplatasiyada oddiy 
va qulay bo‘lib, metall sarfini minimallashtirishga olib keladi. To‘r 
simlarining diametri 0,09 mm.ni, yachayka tomonlarining o‘lchami 
0,22 mm.ni, 1sm uzunlikdagi yachaykalar soni 32 tani va 1sm3 
dagi yachaykalar soni 1024 tani tashkil etadi. 
Platinorodiyli (GIAP-1) va platinorodiypalladiyli (qotishma №5) 
katalizatorlar ammak va havo tarkibidagi qo‘shimchalar ta’siriga 
juda sezgir bo‘ladi. Platina katalizatori gaz aralashmasidagi chang, 
moy, oltingugurt va boshqa moddalarga sezgir bo‘lib, ular ta’sirida 


tez zaharlanadi. Bunday qo‘shimchalarga fosfor va mishyak 
gidridlari, ftor va uning birikmalari, dixloretan, mineral moylar, 
asetilen, SO2, H2S va boshqalar kiradi. SHuning uchun gazni 
yaxshilab tozalash zarur bo‘ladi. Platinali katalizator juda qimmat 
bo‘lgani uchun arzonlarini topish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Bunday katalizator temir-xromli katalizatorlar hisoblanadi. Ular 
donachalar shaklida platina to‘ridan keyin solinadi. Ammiak-havo 
aralashmasi ko‘proq vaqt katalizator bilan kontaktda bo‘lish uchun 
kontakt to‘rlardan bir nechtasi (3-18 tagacha) kerak bo‘ladi. 
Ammiakni oksidlanish jarayonida platinali katalizator to‘ri kuchli 
mo‘rtlashadi va buning natijasida to‘r sirti taxminan 30 barobar 
ortadi. Amaliyotda katalizator to‘rining ishlash muddati atmosfera 
bosimi uchun 14 oygacha, 0,73 MPa bosim uchun 8-9 oygacha 
bo‘ladi. 
Katalizator to‘rlari issiqlik akkumulyatorlari vazifasini bajaruvchi 
kolonkalarga o‘rnatiladi. Konvertor tiklovchi-qozonning yuqori 
qismga o‘rnatilgan. Uning sutkalik quvvati 48-50 tonna HNO3 
tashkil qiladi. 
Havo bosimida ishlaydigan moslamalarda gazning harorati 700-
800℃ tutiladi. Ammiakni oksidlash natijasida hosil bo‘lgan nitroza 
gazlari tarkibida azot (II)- oksididan tashqari azot, kislorod va suv 
bug‘larini tutadi. Nitroza gazlarini qayta ishlab uning tarkibidagi 
azot azot (II)-oksidni azot (IV)-oksidga oksidlab nitrat kislotasi 
ishlab chiqarish zarur. Oksidlash reaksiyasi qaytar, hajm kamayishi 
va reaksiya ekzotermik bo‘lganligi tufayli issiqlik ajralishi bilan 
boradi: 
2NO + O2⮀ 2NO2 ∆H= –124 kj 
Atmosfera bosimidan yuqoridan ammiak-havo aralashmasini 
berish Le-Shatele prinsipiga muvofiq haroratning kamayishi va 


bosimning ortishi reaksiya muvozanatini o‘ng tomonga, ya’ni NO2 
hosil bo‘lish tomonga siljishiga sabab 
bo‘ladi 


3. 911- sonli sex haqida ma’lumot 
Sex vinilxlorid monomeri va undan polivinilxlorid olish uchun 
mo’ljallangan. Vodorod xlorid va atsetilenni smobli katalizatorlar 
to’ldirilgan reaktorlarda sintez qilib vinilxlorid monomeri olinadi va 
keyinchalik polimerlanish jarayoni orqali polivinilxlorid olinadi. Sex 
2019- yilda ish boshlagan. Yillik loyha quvvati 100000t. 
911-sexda 9 ta bo’lim mavjud.
301- korpus 1 b’lim hisoblanib bu yerda aralashtirgich bor . 909-sexdan 
99% li asetilen keladi. 94.5% li HCl gazi beriladi. Moddalar massa nisbat 
1:1.03 nisbatta bo’lishi kerak.
302- bo’limga berilgan aralashtirilgan gazlar avval issiqlik almashinish 
qurulmasiga beriladi. Undan keyin joylashgan 16 ta reaktorda modda 
hosil bo’ladi.Reaktorlar 2 pog’onaga bo’linadi.1 pog’ona dastlabki 10 ta 
raktor . qolgan 6 reaktor esa 2- pog’ona hisoblanadi. Dastlabki 10 
reaktorda 70%li vinilxlorid gazi hosil bo’ladi. 2- pog’onada esa 955 
gacha vinilxlorid olishimiz mumkin. Har bir reaktorning ichida og’irligi 
5.5 tonna bo’lgan HgCl
2
katalizatori mavjud.
O’rtacha harorat 100-160

C ni tashkil etadi. Bosim esa 20-30KPa . 78-
85 gradus dan modda hosil bo’lish jarayoni boshlanadi.
C
2
H
2
+HCl---C
2
H
2
Cl+H
2
303- Bo’lim- gaz tozalash bo’limi hisoblanadi. Mahsulot tarkibidada 
mavjud bo’lgan 5% keraksiz chiqindi tozalanadi . Tozalash absorbsion 
kallonnalarda amalga oshiriladi. Absorbsion kalonnaga 15% li NaOH 
eritmasi beriladi. Bu orqali modda tarkibi CO va CO

dan holos bo’ladi.
304-bo’im kompressor bo’limi hisoblanadi. 5-10 KPa bosimni gazlarni 
siqib 600-KPagacha ko’tarib beradi.
305-bo’lim. Rektifikatsion kalonna yengil qaynovch azot va vodorodni 
ajratadi. Shu bilan birgalikda asetilen ham oz miqdorda ajratiladi va 
jarayon boshiga yuboriladi.


Bosim 600KPa ni tashkil etadi. Temperature esa 42-43 gradus. 
Keying rektifekatsion kalonna og’ir qaynovchi moddalarni ajratadi. Bu 
yerda VXgaz holida ajratib olamiz.
VX sovutilib 99’95% li vinilxlorid monomeri hosil qilinadi.
306- bo’lim ombor bo’limi. 
Bu yerda 3 ta 98 kubli yomkslar mavjud. 2 tasi tayyor mahsulot uchun 
mo’ljallangan. Qolgan 1 tasi esa tahlil bo’zilgan hollarda mahsulot 
beriladigan yomks hisolanadi.
308- bo’lim suv tozalash bo’limi. 2 ta katta bassiyn bor. Nasos orqali 
yomg’ir va katalizator yuvulgan simobli suvlar bassiynga yuboriladi.
307-bo’limda smobli suv tarkibidagi smob ajratiladi. Yordamchi modda 
diotamin, natriygidrosulfat, temir sulfat. Ajratilgan simob avval 302- 
bo’limga , undan keyin esa qayta ishlash uchun Xitoyga yuboriladi. 


4. Mahsulot haqida ma’lumot 
VXM polivinil xlorid ishlab chiqarish uchun homashyo hisoblanadi. 
Kimyoviy formulasi CH
2
=CH
2
-Cl 
VXM normal sharoitda yengil , shirin hidli rangsiz gaz hisoblanadi. 
Qaynash harorati 13.9
Molikulyar massasi 62.498 g/mol 
Tayyor mahsulot hajmiy ulushi 99.95 foiz bo’lgan PVX olish uchun 
ishlatiladi. Qo’shimcha mahsulotlar sintez homashyo sifatida methanol 
ishlab chiqarish bo’limiga yetkazib beriladi. 
VXM sintez jarayoni kimyosi 
Aktivlashgan uglerodda smob xlorid asosidagi 
katalizator ishtirokida asetilen ning gidroxlorlanishiga asoslangan. 
Aktivlovchi smob II xlorid ishtirokida , asetilen va vodorod xlorid gaz 
fazali adiabatic reaksiyaga kirishadi: 
CH=CH+HCl----CH
2
=CHCl 
Yuqoridagi reaksiya 5 bosqichga bo’linadi: Diffuziya- ichki diffuziya-sirt 
reaksiyasi-ichki diffuziysa- tashqi diffuziya. 
Reaksiya mexanizmi quyidagicha bo’ladi: 
Simob xlorid asetilenga qo’shilib oraliq mahsulot vinilxlorid, smob xlorid 
hosil bo’ladi. Agar asetilen va HCl ning massa nisbati past bo’lsa hosil 
bo’lgan vinilxlorid vodorod xlorid bilan qo’shimcha ravishda dixloretan 
hosil qilishi mumkin. Agar asetilen va vodorod xlorid nisbati yuqori 
bo’lsa ortiqcha asetilen smob xlorid kataliztorini smob xlorid yoki metal 
smobga qaytaradi. Bu esa katalizatornbi neytrallaydi va 
dikloretilenqo’shimch mahsulotlarini hosil qiladi.
VXM sinteziga ta’sir etuvchi omillar 


Reaksiya haroratining oshishi bilan VXM asetilenining sintez tezligi 
sezilarli darajada tezlashadi, bu esa sanoat ishlab chiqarishi uchun 
zarurdir, ammo haroratning oshishi har xil oqibatlarga olib kelishi 
mumkin.
Katalizator faoliyati: smob xloridning harorati oshirilganda sublimatsiya 
sezilarli darajada sodir bo’ladi, yuqori haroratda smob xlorid osonlik 
bilan asetilen bilan reaksiyaga kirishadi , erkin Hg ga parchalanadi. 
Sublimatsiya vatiklash katalizator ishlash muddatini qisqartiradi.


5. Microsoft Windows uchun Visio 2013-ni ikkita nashrda taqdim etdi: 
Standart va Professional. Standard va Professional nashrlari bir xil 
interfeysga ega, ammo Professional nashrida yanada rivojlangan 
diagrammalar va maketlar uchun qo'shimcha shablonlar mavjud, 
shuningdek, foydalanuvchilar o'zlarining diagrammalarini ma'lumot 
manbalariga ulashlarini va ularning ma'lumotlarini grafik ko'rinishda 
namoyish etishni osonlashtiradigan imkoniyatlar mavjud. Professional 
nashrida uchta qo'shimcha diagramma turi, shuningdek, aqlli qoidalar, 
tekshirish va pastki ishlov berish (diagrammaning buzilishi) mavjud. 
Visio Professional shuningdek, qo'shimcha komponent sifatida taqdim 
etiladi . 
2015 yil 22-sentyabrda Visio 2016 chiqarildi Microsoft Office 2016. 
Excel ma'lumotlari bilan bir bosqichli ulanish, Visio fayllari uchun 
axborot huquqlarini boshqarish (IRM) himoyasi, ofis maketi uchun 
zamonaviy shakllar, sayt rejalari uchun batafsil shakllar, pol rejalari 
uchun yangilangan shakllar, uy uchun zamonaviy shakllar kabi bir 
nechta yangi xususiyatlar qo'shildi. rejalar, elektr diagrammalar uchun 
IEEE-ga mos shakllar, boshlang'ich diagrammalarning yangi diapazoni va 
Visio interfeysi uchun yangi mavzular. 
Ma'lumotlar bazasini modellashtirish Visio ma'lumotlar bazasi modeli 
diagrammasi (DMD) atrofida aylanadi. 
Visio-ning barcha oldingi versiyalarida VSD ishlatilgan, ikkilik fayl 
formati. Visio 2010 hujjatlashtirilgan VDX fayl formatini qo'llab-
quvvatladi XML Sxemaga asoslangan ("DatadiagramML") formati, 
ammo VSD-ni sukut bo'yicha ishlatadi. 
Visio 2013 yangi VSDX va VSDM fayl formatlari foydasiga VDX 
fayllarini yozishni qo'llab-quvvatlaydi,[10] va ularni sukut bo'yicha 
ishlatadi. Asosida yaratilgan Paket konventsiyalarini oching (OPC) 
standarti (ISO 29500, 2-qism), VSDX yoki VSDM fayli a arxivlangan XML 
fayllar guruhidan iborat. Zip fayli. VSDX va VSDM fayllari faqat VSDM 


fayllari bo'lishi mumkinligi bilan farq qiladi makrolar. Ushbu fayllar 
sezgir bo'lgani uchun makro virus infektsiya, dastur ularga nisbatan 
xavfsizlikni kuchaytiradi. 
VSD fayllaridan foydalanishda LZW o'xshash kayıpsız siqilish, VDX 
siqilmagan. Shunday qilib, VDX fayli odatda 3-5 baravar ko'proq 
saqlashni talab qiladi.[iqtibos kerak ] VSDX va VSDM fayllari Zip fayllari 
bilan bir xil siqishni ishlatadi. Visio shuningdek, fayllarni SVG fayllarida, 
boshqa diagramma fayllarida va rasmlarda saqlashni qo'llab-
quvvatlaydi. Biroq, rasmlarni ochib bo'lmaydi. 
Tarix 
Visio Shapeware korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan mustaqil 
mahsulot sifatida boshlandi; 1.0 versiyasi 1992 yilda jo'natilgan. 
Dastlabki versiyasi - 0.92, Microsoft Windows tizimining tayyorligini 
baholash dasturi bilan birga disketada bepul tarqatilgan. 1995 yilda 
Shapeware korporatsiyasi o'z nomini o'zgartirdi Visio korporatsiyasi 
bozor tan olinishi va tegishli mahsulot kapitalidan foydalanish. 
Microsoft Visio-ni 2000 yilda qayta sotib olib, uni a Microsoft Office 
dastur. Yoqdi Microsoft loyihasi ammo, u hech qachon rasmiy Office 
paketlariga rasmiy ravishda kiritilmagan (garchi u Office 2003 diskida 
bo'lsa va agar foydalanuvchilar u erda ekanligini bilsalar, o'rnatilishi 
mumkin)[iqtibos kerak ]). Microsoft tarkibiga a Korxona me'morlari 
uchun Visio ning ba'zi nashrlari bilan nashr etilgan Visual Studio .NET 
2003 va Visual Studio 2005. 
Microsoft Visio 2002 Professional bilan bir qatorda Microsoft Visio 
Enterprise Network Tools va Visio Network Center-ni taqdim etdi. Visio 
Enterprise Network Tools avtomatlashtirilgan tarmoq va katalog 
xizmatlarini diagrammasini yaratishga imkon beradigan qo'shimcha 
mahsulot edi. Visio Network Center obunaga asoslangan veb-sayt 
bo'lib, u erda foydalanuvchilar eng so'nggi ma'lumotni topishlari 
mumkin edi tarmoq hujjatlari 500 ta etakchi ishlab chiqaruvchilarning 


tarkibini va aniq nusxalarini tarmoq uskunalari shakllari. Birinchisi 
to'xtatildi, ikkinchisining shakl topish xususiyatlari endi dasturning 
o'zida birlashtirildi. Visio 2007 2006 yil 30-noyabrda chiqarildi 

Yüklə 326,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin