33 2-§. MAHMUD KOSHG‘ARIY 66. Sodda, ixcham, lo‘ndaligi bilan e’tiborni tortadigan «Qut belgusi – bilig»
maqolining to‘g‘ri izohini toping.
A) «Bilim – baraka, aql belgisi»
B) «Bilim – baxt belgisi»
C) «Bilim – iymon belgisi»
D) «Bilim – olimlik belgisi»
67. «Devonu lug‘ot at-turk» («Turkiy tillar lug‘atlari») asari kimga
bag‘ishlangan?
A) Muhammad al-Muqtadoga
B)
I
brohim Bo‘riteginga
C) Muhammad Xo‘jabekka
D) Tavg‘ach Bug‘raxonga
68. Qoraxoniylar davlati qayerlarni o‘z ichiga olgan?
A) Sharqiy Tiyonshon, Xuroson, Yettisuv, Chu va Farg‘ona vodiylarini
B) Shimoliy Tiyonshon, Yettisuv, Chu va Farg‘ona vodiylarini
C) Markaziy Tiyonshon, Yettisuv, Chu va Talas vodiylarini
D) Janubiy Tiyonshon, Xuroson, Chu va Talas vodiylarini
69. «Devonu lug‘ot at-turk» asaridagi tarixiy mavzuga bag‘ishlangan
marsiyani toping.
A) «Alp Er To‘nga»
B) «Oltin qon»
C) «Eltarish xoqon»
D) «Qish va bahor»
70. «Devon»dagi yetakchi mavzular qaysilar?
1) Vatan va yurt muhabbati;
2) xalq uchun jang qilgan bahodirlar bilan faxrlanish;
3) tabiat manzaralari go‘zalligi;
4) ilmsizlikdan qochish;
5) turli insoniy kechinmalar talqini;
6) mehnat shavqi.
A) 3, 4, 5, 6
B) 1, 2, 3, 4
C) 1, 2, 3, 5, 6
D) 1, 2, 4, 5, 6
71. «Alp Er To‘nga», «Qish bilan Bahor» asarlari qanday shaklda
qofiyalangan?
A) a-a-b-a
B) a-b-a-b
C) a-a-a-a
D) a-a-a-b
72. Qaysi ijodkor Alp Er To‘ngani tojiklar Afrosiyob deb atashlarini yozgan?
A) Mahmud Koshg‘ariy
B) Nosiruddin Rabg‘uziy
C) Yusuf Xos Hojib
D) Ahmad Yugnakiy
73. Alp Er To‘nga haqidagi marsiyada keltirilgan, biroz eskirgan «esiz» so‘zi
qanday ma’nolarda qo‘llangan?
A) yomon, yaramas, manfur
B) aqlsiz, ovsar, dumbul
C) vaqt, zamon taqdir
D) afsus, attang