30 .
2-§. MAHMUD KOSHG‘ARIY 43. «Devon»da muallif Barsg‘an kimning o‘g‘lining nomi ekanligini aytar
ekan, «Barsg‘an shahrini bino qilgan shudir. Mahmudning otasi shu
shahardan», – deb yozadi?
A) Tamg‘ochxonning
B) Bo‘riteginning
C) Bug‘raxonning
D) Afrosiyobning
44. Mahmud Koshg‘ariy «Devonu lug‘ot at-turk» asarida turkiy so‘zlarning
ma’nosini qaysi tilda izohlab bergan?
A) fors tilida
B) arab tilida
C) turk tilida
D) hind tilida
45. Mahmud Koshg‘ariy turk tilining nozik bilimdoni va tolmas targ‘ibotchisi
sifatida qaysi til bilan «... ikki uloqchi ot singari teng poyga qilib, o‘zib
borayotgan turk tilini» ko‘klarga ko‘taradi?
A) arab tili bilan
B) so‘g‘d tili bilan
C) hind tili bilan
D) fors tili bilan
46. Adabiyotda to‘rtlik shakliga tayanadigan she’riy janrlar qaysilar?
A) ruboiy, tuyuq, to‘rtlik, fard
B) to‘rtlik, ruboiy, tuyuq, murabba
C) qit’a, to‘rtlik, ruboiy, tuyuq
D) tuyuq, musamman, ruboiy
47. Munozara janri haqidagi to‘g‘ri izohlarni toping.
1) Munozara biror insonning vafoti munosabati bilan yoziladi;
2) Munozara asar qahramonlarining o‘zaro tortishuvi, bahsi asosiga
quriladi;
3) Munozara she’riy yoki nasriy tarzda yaratilishi mumkin;
4) Munozara asar qahramonlarining ta’rif va tavsifi asosiga quriladi;
5) Munozarada ishtirokchilar, asosan, ramziy (kinoyaviy) xususiyatga ega
bo‘ladi;
6) Munozara faqat she’riy shaklda yaratiladi.
A) 2, 3, 5
B) 2, 5, 6
C) 2, 3, 4, 5
D) 1, 2, 4, 6
48. Mahmud Koshg‘ariy to‘rtliklaridan birida ko‘z yoshlarini nimaga
o‘xshatadi?
A) dengizga
B) daryoga
C) yomg‘irga
D) buloqqa
49. «Devonu lug‘ot at-turk»da qaysi buyuk tarixiy shaxsning o‘limi achchiq
qismat, dahshatli fojia, o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan yo‘qotish sifatida
baholanadi?
A) Siyovushning
B) Afrosiyobning
C) Qazning
D) Barmanning