1 Nazokat kamilova, Farrux abdumalikov



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/85
tarix13.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#175696
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   85
11-sinf adabiyot testlar

(Darslikda 70–99-betlar) 
1. «Qutadg‘u bilig» dostonida Yusuf Xos Hojib o‘zi tug‘ilgan joyni nima deb 
ko‘rsatgan? 
A) Yettisuv 
B) Bolosog‘un 
C) Quz O‘rdu
D) Toqmoq 
2. Yusuf Xos Hojib qachon: «...(qora) quzg‘un tusiteg boshim (sochlarim) 
qug‘u (oqqush) bo‘ldi», – deb yozadi? 
A) «Qutadg‘u bilig» dostonini yoza boshlaganida 
B) «Qutadg‘u bilig» dostonini yozib tugallaganida
C) Qashqardan Bolosog‘unga ko‘chganida 
D) Qashqardan Yorkentga ko‘chganida 
3. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asari uchun mukofotlangani 
haqidagi ma’lumotlar asarning qaysi qismida keltiriladi?
A) nasriy muqaddimasida
B) she’riy muqaddimasida 
C) nasriy xotimasida 
D) she’riy xotimasida 
4. «Qutadg‘u bilig» asaridan olingan quyidagi parcha kim tomonidan kimga 
qarata aytilgan? 
To‘p (koptok) (bir barqaror) o‘rinsiz dumalab yurgani kabi, 
Men ham uning kabi (o‘rinsiz) kezaman. 
I
ltifot bilan boqqaningda ko‘zimni yumganim (sababi), 
Senga o‘zimning qandayligimni ko‘rsatmoqchi edim. 
Bu kunlarda men ham bir ko‘r kishi kabiman, 
Kim menga ilashib qolsa, unga qattiq yopishib olaman. 
A) elig tomonidan O‘gdulmishga qarata 
B) Oyto‘ldi tomonidan eligga qarata
C) elig tomonidan Oyto‘ldiga qarata 
D) Oyto‘ldi tomonidan O‘gdulmishga qarata 
5. «Qutadg‘u bilig» asarida eligga qaysi qahramon: «Mening barcha 
qilmishlarim jafo, menga ishonma... Oqar suv, ravon til, baxt-davlat bir yerda 
turmaydi», – deydi? 
A) O‘gdulmish 
B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi
D) O‘zg‘urmish 


39
3-§. YUSUF XOS HOJIB 
6. «Qutadg‘u bilig» asarining «Kuntug‘di elig Oyto‘ldiga adl sifatlarini aytadi» 
qismida Oyto‘ldi eligdan nega bunday kursida o‘tirganligini so‘rasa, elig 
qanday javob beradi?
A) «Barcha to‘rt oyoqli narsa siljimas bo‘ladi». 
B) «Barcha uch oyoqli narsa siljimas bo‘ladi».
C) «Agar uch (poyali) bo‘lsa, ko‘rgin, biri egri bo‘ladi». 
D) «Agar ikki (poyali) bo‘lsa, ko‘rgin, biri egri bo‘ladi». 
7. «Qutadg‘u bilig» asarida O‘zg‘urmish eligdan nechta hojatini ravo qilishini 
so‘raydi va ular qaysilar?
A) 3 ta: dard-u kasalsiz hayot, nuqsonsiz tiriklik, qariliksiz yigitlik 
B) 4 ta: kambag‘allik ko‘rmaydigan boylik, nihoyasiz ilm, qariliksiz yigitlik, 
dard-u kasalsiz hayot 
C) 3 ta: nihoyasiz ilm, nuqsonsiz tiriklik, kambag‘allik ko‘rmaydigan boylik 
D) 4 ta: nuqsonsiz tiriklik, qariliksiz yigitlik, dard-u kasalsiz hayot
kambag‘allik ko‘rmaydigan boylik
8. «Qutadg‘u bilig» asarida qaysi donishmand yigit eligning ovozalarini 
eshitib, elig huzuriga xizmat uchun keladi va ular birgalikda mamlakatni 
boshqarib, budun – xalqni idora qila boshlashadi? 
A) O‘gdulmish 
B) Kuntug‘di
C) Oyto‘ldi
D) O‘zg‘urmish 
9. «Qutadg‘u bilig» asari qahramoni O‘gdulmish kim va nimaning ramzi? 
A) elig – adolat ramzi
B) elig – davlat ramzi 
C) vazirning o‘g‘li – aql ramzi 
 
D) vazirning uzoq qarindoshi – qanoat (ofiyat) ramzi 
10. «Qutadg‘u bilig» asarida ramziylik uchun asos vazifasini bajargan 
detallarni toping.
1) to‘p; 2) kiyik; 3) Mirrix;
4) zahar solingan idish; 5) shakar; 6) Oy;
7) Quyosh; 8) qilich; 9) asal. 
A) 2, 5, 6, 8, 9
B) 1, 3, 4, 5, 7, 8
C) 1, 2, 4, 5, 6, 7, 8
D) 1, 2, 3, 4, 6, 7, 9
11. «Qutadg‘u bilig» asarida qaysi qahramon dunyoviy ishlarning barchasi 
hayotiy zarurat ekanligini tinmay uqtiradi va shu maqsadda dehqon, 
savdogar, chorvador, hunarmand, kambag‘allar, oila, bola-chaqa, ularning 
tarbiyasi haqida ham gapiradi, tushuntiradi? 
A) O‘gdulmish
B) Kuntug‘di 
C) Oyto‘ldi 
D) O‘zg‘urmish 



Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin