28 .
2-§. MAHMUD KOSHG‘ARIY B) «Qish Bahorga qarab maqtanadi».
C) «Qish izg‘irini Bahorni savalay olmadi».
D) «Qish yomg‘irni sevmaydi».
30. «Devon»dagi to‘rtliklarda qanday badiiy tasvir vositalari tez-tez
qo‘llanadi?
A) o‘xshatish, mubolag‘a, ta’did, tazod, tanosub
B) iyhom, takrir, tazod, mubolag‘a, ta’did
C) takrir, mubolag‘a, iyhom, istifhom, tazod
D) istifhom, ta’did, ishtiqoq, tazod, iyhom
31. To‘nga Alp Er so‘zi qanday ma’no bildiradi?
A) turklarning eng kuchli bahodiri
B) yo‘lbars kabi kuchli bahodir
C) to‘qson alpning eng kuchlisi
D) burgut kabi kuchli bahodir
32. «Devon»dan olingan quyidagi parchada kim haqida gap ketgan?
«U Tahmuraspdan uch yuz yil keyin Marvni bino qilgan. Ba’zilar butun Movarounnahrni turklar o‘lkalaridan deb bilganlar. U Yankanddan boshlanadi. Uning bir oti Dizro‘yindir». A) Siyovush
B) Afrosiyob
C) Qaz
D) Barman
33. Marsiya nima?
A) Biror kishining vafoti munosabati bilan g‘am-alam, hasrat va qayg‘uni
ifodalagan lirik she’r yoki nasriy asar.
B) Biror kishining vafoti munosabati bilan g‘am-alam, hasrat va qayg‘uni
ifodalagan dramatik asar.
C) Biror kishining vafoti munosabati bilan g‘am-alam, hasrat va qayg‘uni
ifodalagan lirik she’r yoki qo‘shiq.
D) Biror kishining vafoti munosabati bilan g‘am-alam, hasrat va qayg‘uni
ifodalagan hikoya yoki qissa.
34. Quyidagi qadimgi maqollar ichidan badnafslik haqidagi maqolni toping.
A) «Qul savi qalmas, Qag‘il bag‘i yazilmas».
B) «Tulku o‘z iniga ursa, ujuz bo‘lur».
C) «Erik erni yag‘lig‘, ermagu bashi qanlig‘».
D) «O‘d kechar, kishi to‘ymas, yalinguq o‘g‘li mangu qalmas».
35. «Devon»da keltirilishicha, Qazvin so‘zining asli qanday ma’noni
anglatadi?
A) qaz o‘yini – oqqush o‘ynaydigan joy
B) qaz o‘yini – qiz o‘ynaydigan joy
C) qaz o‘yini – qor o‘ynaydigan joy
D) qaz o‘yini – g‘oz o‘ynaydigan joy