1 Nazokat kamilova, Farrux abdumalikov



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/85
tarix13.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#175696
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   85
11-sinf adabiyot testlar

25
2-§. MAHMUD KOSHG‘ARIY 
12. Quyidagilar ichidan noto‘g‘ri ma’lumotni toping. 
A) Alp Er To‘nga haqidagi marsiya marsiya janrining bizgacha yetib 
kelgan eng qadimiy namunalaridan biridir. 
B) Marsiya, odatda, jamiyat tarixida muayyan iz qoldirgan kishilarga 
bag‘ishlab yoziladi yoki to‘qiladi. 
C) Alp Er To‘nga haqidagi marsiya – og‘zaki ijod mahsuli hisoblanadi. 
D) Alp Er To‘nga haqidagi marsiyada Siyovushning faqat bek emas, balki 
«beklar begi» ekanligi aytiladi.
13. Quyidagi izohlar qaysi maqolga tegishli ekanligini toping. 
«Mehnat va mashaqqatni ko‘rdi-yu, o‘tovini orqasiga yuklab oldi». 
Maqol mazmunan ikki qismga ajraladi. Bunda bir ishning amalga 
oshirilishi uchun boshqa bir ishning sabab va bahona bo‘layotgani 
e’tiborga olinadi. Ayni mana shu holat inson tabiatidagi bir noloyiq 
xususiyatning kishi ko‘z o‘ngida aniq gavdalanishi uchun imkon beradi». 
A) «Tag‘ig‘ uqruqin egmas, tengizni qayg‘iqin bukmas». 
B) «Kur o‘g‘li kuvaz bo‘lur». 
C) «Anuq o‘tru tutsa, yo‘qqa sanmas». 
D) «Ko‘k ko‘rdi, keragu yazti».
14. «Devonu lug‘ot at-turk»da Vatan himoyasi, yurt taqdiri, xalq birligi va 
chegaralarning daxlsizligi uchun kurash g‘oyalari kuylangan she’riy va nasriy 
parchalar, qahramonlik qo‘shiqlarining jamlangani ham alohida e’tiborga 
molik bo‘lib, quyidagilardan qaysilar shular jumlasidandir? 
A) «Bulnar meni ulas ko‘z...», «Yaboqular bilan jang», «Alp Er To‘nga» 
marsiyasi 
B) «Qaqlar qamug‘ ko‘lardi...», «Tangutlar bilan jang», «Yaboqular bilan 
jang» 
C) «Tangutlar bilan jang», «Yaboqular bilan jang», «Alp Er To‘nga» 
marsiyasi
D) «Tangutlar bilan jang», «Qaqlar qamug‘ ko‘lardi...», «Bulnar meni ulas 
ko‘z...» 
15. «Devon»dagi xalq qo‘shiqlarining tasvir usullari nihoyatda xilma-xil bo‘lib, 
qaysilari tez-tez ko‘zga tashlanadi?
1) o‘xshatish; 2) talmeh; 3) qiyoslash; 4) qarshilantirish;
5) jonlantirish; 6) ishtiqoq; 7) sifatlash. 
A) 1, 3, 4, 5, 6 
B) 1, 3, 4, 5, 7
C) 2, 4, 5, 6, 7 
D) 1, 2, 3, 6, 7 
16. O‘zaro to‘qnashish, bir-biriga qing‘ir ko‘z bilan qarash, kabi insoniy 
tuyg‘ular tabiatga nisbat berilsa, adabiyotshunoslikda bu hodisaning nomi 
nima deyiladi? 
A) o‘xshatish 
B) sifatlash 
C) jonlashtirish
D) epitet 



Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin