23
2-§. MAHMUD KOSHG‘ARIY
II BOB. QADIMGI TURKIY ADABIYOT
2-§. MAHMUD KOSHG‘ARIY
«DEVONU LUG‘OT AT-TURK».
«DEVONU LUG‘OT AT-TURK» ASARI HAQIDA.
«ALP ER TO‘NGA MARSIYASI».
«ALP ER TO‘NGA MARSIYASI» HAQIDA.
MARSIYA HAQIDA TUSHUNCHA.
QADIMGI MAQOLLAR. QADIMGI MAQOLLAR HAQIDA.
(Darslikda 52–69-betlar)
1. Mahmud Koshg‘ariy qaysi shaharda dunyoga kelgan?
A) Koshg‘ar
B) Bolasog‘un
C) Sayram
D) Taroz
2. Mahmud qayerdagi maktab va madrasalarda ilmini oshirgan?
A) Buxoro, Marv, Nishopur, Hirot, Bag‘dod
B) Samarqand, Buxoro, Marv, Hirot
C) Buxoro, Marv, Nishopur, Bag‘dod, Samarqand
D) Xiva, Buxoro, Marv, Nishopur, Samarqand
3. M. Koshg‘ariy «Devonu lug‘ot at-turk» asarida qaysi xalqlar haqida:
«...shaharlari,
qishloq va yaylovlarini, ko‘p
yillar kezib chiqdim, lug‘otlarini
to‘pladim», – deydi?
A) o‘g‘uzlar, qipchoqlar, boshqirdlar, turkmanlar, chigillar, qozoqlar
B) turklar, turkmanlar, o‘g‘uzlar, uyg‘urlar, qozoqlar, qirg‘izlar
C) turklar, turkmanlar, o‘g‘uzlar, chigillar, yag‘molar, qirg‘izlar
D) qipchoqlar, qarluqlar, qirg‘izlar, turklar, turkmanlar, o‘g‘uzlar
4. «Devonu lug‘ot at-turk»dan olingan quyidagi
misralarning mazmunini
toping.
Aqtirur ko‘zum yo‘laq,
Tushlanur o‘rdak, yug‘aq.
A) Ko‘zim yoshlari dengizday oqadi,
Hatto unda o‘rdak, turna kabi qushlar yig‘iladi, sho‘ng‘ishadi.
B) Ko‘zim yoshlari buloqday oqadi,
Sho‘rligidan hatto unga o‘rdak, g‘oz kabi qushlar sho‘ng‘imaydilar.
C) Ko‘zim yo‘lingga zor, buloqqa yetolmagan,
Tusholmagan o‘rdak, oqqushday.
D) Ko‘zim yoshlari buloqday oqadi,
Hatto unda o‘rdak, oqqush kabi qushlar yig‘iladi, sho‘ng‘ishadi.