Reja: KIRISH 1. Jismoniy tarbiya va sportning asosiy tushunchalari hamda tamoyillari
2. Jismoniy tarbiya va sportning maqsad va vazifalari.
3. Jismoniy tarbiyaning va sportning amaliy va nazariy vositalari
XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Kirish Davlatimiz tomonidan qabul qilingan «Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish to‘g‘risida»gi qarori, «Sog‘lom avlod uchun» nodavlat dasturi, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidentining 2002 yil 24 oktyabrdagi “O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida” gi va 2004 yil 29 avgustdagi “O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017 yil 3 iyun PQ-3031 “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlanirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2018 yil 5 mart PF-5368 “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qaror va Farmonlari sport harakatini rivojlantirishga keng yo‘l ochmoqda. Amalga oshirilgan ishlar, ta’lim-tarbiya, kadrlar tayyorlash soxasidagi ijobiy o‘zgarishlar, kadrlar tayyorlashning yangi-o‘rta maxsus va kasb-xunar ta’limi tizimining yo‘lga qo‘yilganligi istiqlolimizni mustahkamlashga xizmat qildi. O‘quvchi-talabalarning bo‘sh vaqtdan unumli foydalanishda, ularning sog‘lom bo‘lib etishishlarida o‘quv yurtlarida olib borilayotgan ommaviy sport ishlari ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish va jaxon standartlariga muvofiq bo‘lgan kadrlarni tayorlash bo‘yicha ta’limning milliy dasturi ishlab chiqilgan. Milliy dasturning ta’lim bosqichlariga maktabgacha ta’lim, umumta’lim muassasalari, akademik listeylar, kasb–xunar kollejlari, bakalavr tayorlash oliy o‘quv yurtlari va magistratura hamda aspiranturalarni kiritish mumkin. Xozirgi kunda ta’lim muassasalarida yoshlarni xar tomonlama ilm, fan, sa’nat, madaniyat va sport ishlari bilan shug‘ullanish uchun juda muxim imkoniyatlar yaratilmoqda. Ta’limning milliy dasturini maqsadi yosh avlodni zamonaviy bilim va malakalar bilan tarbiyalash ilmiy va manaviy saloxiyatga ega bo‘lgan, davlatimizning ijtimoiy iqtisodiy soxalarida keng qamrovli faoliyat olib bora oladigan aqlan va jismonan etuk kadrlar tayyolashdir. Bilimli va iqtidorli yoshlarni tarbiyalash uchun maxsus ta’lim muassasalari o‘quv kurslari va ta’lim markazlari o‘z faoliyatini olib bormoqda. Bu bilim maskanlarida yosh avlod fanning barcha soxalarida kompyuter texnologiyalari bilimlariga ega bo‘lib xorijiy mamlakat tillarini mukammal egallab o‘z malaka va ko‘nikmalarini takomillashtirib bormoqdalar. Shu bilan bir qatorda yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun davlatimiz raxbarlari tomonidan ko‘plab zamon talablariga mos bo‘lgan o‘quv binolari va sport maydonlari qurilib foydalanishga topshirilmoqda. Har bir ta’lim muassasalarida kasb-xunar kolleji va oliy o‘quv yurtilarida zamonaviy sport inshootlari va sport maydonlari barpo etilmoqda. Jismoniy tarbiya va sportda sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari uchun zarur bo‘lgan sport anjomlari va jixozlari bilan taminlanmoqda. Bu isloxotlar zamirida mamlakatimiz yoshlarini jismonan barkamol va ma’naviy etuk qilib tarbiyalash vazifalari o‘z ifodasini topadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Davlat ta’lim standartlari ” asosida ta’lim soxasida tub o‘zgarishlar yaratilmoqda. Bularning natijasida respublikamizda ta’limning uzluksiz tizimi yaratildi. Ta’lim muassasalarida bolalarni sog‘lom, jismoniy rivojlangan qilib tarbiyalash mamlakatimiz rahbariyati nazoratida rivojlantirib kelmoqda. Mamlakatimizda yoshlarni jismonan sog‘lom va aqlan etuk bo‘lib tarbiyalashda xar bir viloyat yoshlari o‘rtasida do‘stlik, xamkorlik va o‘zaro birdamlik rishtalarini bo g‘lash maqsadida uch bosqichli sport musobaqalri va bayramlari tashkil etilgan. Maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi musobaqalar “Umid nixollari”, kasb-xunar kollejlari talabalari o‘rtasida sport musobaqalar “Barkamol avlod” sport o‘yinlari hamda oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida “Universiada” sport musobaqalari tashkil etildi va doimiy ravishda navbat bilan xar bir viloyatlarda o‘tkazilib kelinmoqda. Bu musobaqalar zamirida asosan o‘quvchi yoshlarining jismoniy barkamolligini oshirish, mehnat va mudofaa ishlariga layoqatli qilib tarbiyalash, eng muximi sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakillantirishda jismoniy tarbiya va sportdan maqsadli foydalanish mujassamlashtirilgan. O‘quvchi yoshlarini umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini tarbiyalashda, iqtidorli yoshlarni sport maxoratini oshirishda Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari hamda sport turlari bo‘yicha murabbiylarining amaliy ijodiy faoliyatlari ancha ustuvor turadi. Ularning ibratli hizmatlaridan biri shundaki, o‘quvchi yoshlarining kasb-xunarga yo‘naltirish, (pedagogik tarbiya, tibbiyot, madaniyat, sanoat qurilish va xokazolar) aloxida ularning amaliy maxsus jismoniy tayyorgarliklari bilan qurollantirishida ma’lum daraja xizmat qiladi. Ko‘rinib turibdiki mamlakatimizda yoshlarni xar tomonlama etuk shaxs qilib tarbiyalash bo‘yicha kerakli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xozirgi kunda ta’lim muassasalarining oldiga qo‘yilgan muhim vazifalardan biri o‘quvchi va talabalarni jismoniy sog‘lom bo‘lib o‘sishga va o‘z sog‘lig‘ini saqlashga o‘rgatishdir. Sog‘liqni saqlash degan ibora xozirda juda keng ma’no kasb etmoqda, uning zamonaviy ma’nosini faqat salomatlik ma’nosidagina tushunib qolmay, balki har tomonlama etuk rivojlangan va yuksak amaliy hamda jismoniy ishlash qobiliyatiga, o‘zgaruvchan iqlimga tezda moslashishga o‘rganishdan iborat deb talqin qilish mumkin. Ayni texnik yuksalish asri insondan harakatni tezkorlik bilan moxirona boshqara olishni, puxta jismoniy tayyorgarlikni talab etmoqda. Bu narsalarning barchasiga asos esa kichik yoshdan boshlab qo‘yiladi. O‘quvchi va talabalarni jismoniy tarbiyalashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Sog‘liqni mustaxkamlashga, chiniqtirishga xar tomonlama garmonik va jismoniy rivojlanishiga, aqliy hamda jismoniy ish qobiliyatini oshirishga yordamlashish. Sog‘lomlashtirish jismoniy rivojlantirish hamda harakat malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish vazifalari jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilar yoshi, jinsi hamda shaxsiy xususiyatlariga qarab turli shakllarda bo‘ladi. O‘quvchi va talabalarning jismoniy tarbiyasi ularni uyg‘un jismoniy rivojlanishi va organizmini chiniqtirishga qaratilgan bo‘lsa, sport bilan shug‘ullanishda sport turi bo‘yicha mutaxassislikka erishi va sportda yuksak natijalar ko‘rsatishga yunaltirilgan bo‘ladi. Jismoniy tarbiyaning yuqorida qayd etilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda bosh omil murabbiylar hamda tashkilotchilar hisoblanadi. Shuningdek, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanuvchilarning yoshi, jinsi, jismoniy tayyorgarliklari, sog‘lig‘i hamda qiziqishlari ham jismoniy tarbiyani amalga oshirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Mashg‘ulotlarni tashkil qilishda jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifasini amalga oshirish ko‘zlanmasa, tarbiyada ijobiy natijalarga erishish mumkin emas.