Mavzu: 5-7 sinflarda dars o‘tkazish uslubiyati. Reja: kirish


Jismoniy tarbiya tadbirlari



Yüklə 38,86 Kb.
səhifə2/6
tarix22.05.2023
ölçüsü38,86 Kb.
#119558
1   2   3   4   5   6
5-7 SINFLARDA DARS O‘TKAZISH USLUBIYATI.

Jismoniy tarbiya tadbirlari. O‘quvchi va talabalarni jismoniy tarbiyalash bo‘yicha ish shakllari quyidagilar: Jismoniy tarbiya darslari; o‘quv kuni tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlari: ertalabki badan tarbiya, darsda jismoniy madaniyat daqiqalari, tanaffusdagi harakatli o‘yinlar; jismoniy tayyorgarlik va sport to‘garaklari, mashg‘ulotlari, sport musobaqalari va bayr jismoniy tarbiya tadbirlari bilan shug‘ullanish.
O‘quvchi va talabalarni jismoniy tarbiyalashda o‘quv kuni tartibidagi jismoniy madaniyat tadbirlari muhim rol o‘ynaydi. Ulardan asosiylari quyidagilar: ertalabki badan tarbiya, dars vaqtida o‘quvchilarni toliqishdan saqlash uchun o‘tkaziladigan jismoniy madaniyat daqiqalari va tanaffuslardagi harakatli o‘yinlar bilan uyushgan holda o‘tkazish. Yuqoridagi tadbirlarning barchasi o‘quv kuni davomida jismoniy tarbiyaning muayyan vazifalarini hal etishga, o‘quvchilarni o‘quv mashg‘ulotlari jarayonidagi aqliy faoliyatiga tayyorlashga qaratilgandir.
O‘quv kun tartibi davomida o‘tkaziladigan jismoniy tarbiyani tashkil etish shakllari bilan bir qatorda, darsdan tashqari ishlar ham muhim o‘rin tutadi. Jismoniy tarbiyaga oid darsdan tashqari ishlar maktablardagi jismoniy tarbiya o‘quv ishlarini chuqurlashtirish va kengaytirishga yordam beradi. Bu ish jismoniy tayyorgarlik va sport to‘garaklarida, bolalar guruhlarida ekskursiya va sayyohlik yurishlar, o‘yinlar, sayrlar shaklida sport ko‘ngil ochishlari, musobaqalar, jismoniy madaniyat tadbirlari va bayramlarini uyushtirish yo‘li bilan o‘tkaziladi. O‘quvchi va talabalarning yashash joylari va oilada jismoniy tayyorgarlikni ta’minlash uchun ota-ona va kattalar rahbarligida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini, o‘yin va musobaqalar bellashuvlar, hamda foydali mehnat bilan shug‘ullanishini tashkil etiladi.
Jismoniy tarbiya tamoyillari. Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotida bir qator tamoyillar mavjud. Ulardan jismoniy tarbiyaning umumiy tamoyillari, uslubiy tamoyillari, sport turlarining xususiy tamoyillarini keltirib o‘tish mumkin. Jismoniy tarbiya tizimining umumiy tamoyillariga quyidagilar kiradi:
1.Jismoniy tarbiyaning mehnat va amaliyot bilan aloqasi.
2.Shaxsni xar tamonlama kamol toptirish.
3.Jismoniy tarbiyaning sog‘lomlashtirish vazifasi.
Jismoniy tarbiyaning mehnat va xarbiy jismoniy tayyorgarlik bilan aloqasi: Bu tamoyil jismoniy tarbiyaning asosiy qonuniyatini, odamlarni faoliyatga, hayotga tayyorlashdan iboratligini ifodalaydi. Jismoniy tarbiyaning barcha sistemalarida bu qonuniyat o‘ziga xos ifodasini topadi. Jismoniy tarbiyaning bu tamoyilini amalga oshirishda jismoniy tarbiya va sport bilan qaerda, qanday sharoitda shug‘ullanganda ham shug‘ullanuvchilarni mehnatga va mudofaaga tayyorlashni ta’minlanish kerak. Bizga ma’lumki, jismonan yaxshi rivojlangan insongina samarali mehnat qila oladi shu bilan birga u o‘zini, oilasini, yashash joyini qolaversa Vatanini ximoya qilishga tayyor bo‘ladi. Jismonan rivojlangan o‘smirlar qanday sharoitga moslasha oladi. Xarbiy xizmatda yoki favqulodda xodisalarda jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lgan, jismoniy fazilatlari rivojlangan inson o‘ziga va o‘zgalarga ham yordam bera oladi. Kuchli, chidamli va chaqqon hamda harakat malaka va ko‘nikmalari etarli darajada shakllangan kishilar esa boshqalarga qaraganda yangi mehnatni harakatlarni tez o‘zlashtiradilar. Xozirgi davr xarbiy tayyorgarligi yuqori jismoniy tayyorgarlikni talab etadi. Bu talablar yoshlarni maxsus xarbiy amaliy tayyorgarlik mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishni bosh omili deb belgilaydi. Jis-moniy tarbiyaning mehnat faoliyatiga tayyorlash tamoyili jismoniy tarbiyani yangi va xilma-xil amaliy mehnat bilan uzviy bog‘liq ravishda takomillashayotganini ko‘rsatadi. Ishlab chiqarishni va qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnika bilan ta’minlanishi ishchilarni og‘ir mehnatdan xalos etib ularni o‘zlarini sog‘lomlashtirish ustida ko‘proq shug‘ullanishga imkoniyat yaratdi. Mehnat qanday shaklda bo‘lishidan qat’iy nazar u jismoniy harakatni va jismoniy tayyorgarlikni talab etadi. Bundan xulosa qilish mumkinki, to‘g‘ri tashkil etilgan mehnat ham insonni jismoniy barkamolligi omilidir. Jismoniy tarbiya va sportning amaliy ahamiyati hayotda bevosita qo‘llaniladigan harakat ko‘nikmalarini xosil etishdan iborat. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish natijasida ko‘nikma amaliy bo‘lsa, ya’ni sport yoki gimnastika mashg‘ulotlari sharoitlaridan mehnat va xarbiy vaziyatga ko‘chiriladigan bo‘lsa, unday jismoniy tarbiya amaliy tarbiya bilan bog‘langandir. Xozirgi kunda zamonaviy xarbiy texnika taraqqiyoti inson aralashuvisiz ham juda katta imkoniyatlarga ega edi. Xozirgi davrda xar bir inson o‘zini, oilasini qolaversa jamiyatini o‘z kuchi va matonati bilan ximoya qilishga qodir bo‘lishi kerak. Shuning uchun maxsus xizmat qismlarida sport tayyorgarlik mashg‘ulotlariga katta e’tibor beriladi. Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari yakka kurashlar, xar qanday sharoitda yashab qolish hamda xar qanday joylarda harakatlanish qobiliyatlarini shakllantirish va takomillashtirishga qaratilgan bo‘ladi.

Yüklə 38,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin