52 .
3-§. YUSUF XOS HOJIB A) O‘gdo‘lmish
B) Oyto‘ldi
C) vazirning qarindoshi
D) vazirning o‘g‘li
99. «Qutadg‘u bilig» asarining «Kuntug‘di elig Oyto‘ldiga adl sifatlarini
aytadi» qismida eligning o‘ng tomonida nima bor edi?
A) urog‘un (dori)
B) shakar (sharbat)
C) pichoq
D) kursi
100. «Qutadg‘u bilig»da lashkarboshining shiddati nimaga o‘xshatiladi?
A) lochinga
B) ayiqqa
C) bo‘riga
D) qo‘tosga
101. Yusuf Xos Hojib qo‘llagan o‘xshatishlar yozma adabiyotda an’anaga
aylanib ketgan bo‘lib, adib bekni nimaga o‘xshatgan?
A) bo‘riga
B) yo‘lbarsga
C) qo‘ychivonga
D) dengizga
102. Yusuf Xos Hojib ijodida yilqi (hayvon) o‘xshatishi qanday obrazlarni
yoritishga xizmat qiladi?
1) nodon odam; 2) bilimsiz kishi; 3) zakovatsiz shaxs;
4) ochko‘z inson; 5) yomon xulqli kishi; 6) yaramas odatli kishi.
A) 1, 2, 3, 4
B) 1, 2, 3, 4, 5, 6
C) 2, 3, 5, 6
D) 1, 3, 5, 6
103. Yusuf Xos Hojib «Qutadg‘u bilig» asari uchun qanday lavozim bilan
taqdirlanadi?
A) lashkarboshilik lavozimi
B) xos hojiblik lavozimi
C) mirzalik lavozimi
D) miroblik lavozimi
104. «Qutadg‘u bilig» asarining «Kuntug‘di elig Oyto‘ldiga adl sifatlarini
aytadi» qismida elig Oyto‘ldiga urog‘unni kim ichishini aytadi?
A) o‘zi zo‘ravon-zolim va to‘g‘rilikdan qochadigan odam
B) o‘zi behayo va or-nomussiz odam
C) o‘zi baxil va hasadgo‘y odam
D) o‘zi takabbur va boshqalarni mensimaydigan odam
105. Quyidagi qaysi asarlarda arab alifbosidagi «yo» harfi qadimgi yozma
manbalardagi, shuningdek, xalq og‘zaki ijodidagi kamon bilan bog‘lanib
ketadi?
A) «Qutadg‘u bilig» va «Devonu lug‘ot at-turk» asarlarida
B) «Qutadg‘u bilig» va «Qisasi Rabg‘uziy» asarlarida
C) «Muhabbatnoma» va «Hibat ul-haqoyiq» asarlarida
D) «Muhabbatnoma» va «Devonu lug‘ot at-turk» asarlarida