54
.
4-§. NOSIRUDDIN RABG‘UZIY
III BOB. O‘ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI
4-§. NOSIRUDDIN RABG‘UZIY
«QISASI RABG‘UZIY». «QISASI RABG‘UZIY» ASARI HAQIDA.
«KUN HAMALGA KIRDI...». RABG‘UZIY SHE’RLARI HAQIDA
(Darslikda 100–116-betlar)
1. Rabg‘uziyning asl ismini toping.
A) Rabg‘uziy
B) Burhoniddin
C) Nosiruddin
D) Shamsiddin
2. Rabg‘uziy qayerda tug‘ilgan?
A) Xorazmning Raboti O‘g‘uz degan joyida
B) Turkmanistonning Raboti O‘g‘uz degan joyida
C) Farg‘onaning Raboti O‘g‘uz degan joyida
D) Samarqandning Raboti O‘g‘uz degan joyida
3. «Qisasi Rabg‘uziy» qachon yozilgan?
A) hijriy 710, milodiy 1309–1310-yillarda
B) hijriy 610, milodiy 1209–1210-yillarda
C) hijriy 710, milodiy 1319–1320-yillarda
D) hijriy 610, milodiy 1219–1220-yillarda
4. «Qisasi Rabg‘uziy» asarida adibning otasi haqida qanday ma’lumot bor?
A) Otasi Burhoniddinning O‘g‘uz Rabotining qozisi bo‘lganligi
aytib
o‘tiladi.
B) Otasi Nosiruddinning O‘g‘uz Rabotining hokimi bo‘lganligi aytib o‘tiladi.
C) Otasi Nosiruddinning O‘g‘uz Rabotining qozisi bo‘lganligi aytib o‘tiladi.
D) Otasi Burhoniddinning O‘g‘uz Rabotining hokimi bo‘lganligi aytib
o‘tiladi.
5. «Qisasi Rabg‘uziy» asarining qaysi qismida
adibning otasi haqida
ma’lumot keltiriladi?
A) she’riy madhiyada
B) hikoyat ichida
C) xotimada
D) muqaddimada
6. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Uzum hikoyati»da: «Uzumg‘a
uch marta suv
quymoqni manga bersangiz topib beray», – deb kim aytadi?
A) tulki
B) shayton
C) sher
D) to‘ng‘iz