62 .
4-§. NOSIRUDDIN RABG‘UZIY A) tulkining qoni bilan
B) to‘ng‘izning qoni bilan
C) sherning qoni bilan
D) ilonning qoni bilan
51. «Qisasi Rabg‘uziy»dan olingan quyidagi parchada qo‘llanilgan
«ma’siyat» so‘zining ma’nosini toping.
«... bu kitobni tuzgan, toat yo‘lida tizgan, ma’siyat yobonin kezgan, oz ozuqlug‘, ko‘p yozuqlug‘...» A) mas’uliyat, burch, vazifa
B) erkin, ozod, hur diyor
C) tasavvufning tariqat bosqichidan o‘tish
D) shariatga xilof tarzda ish tutish, gunoh
52. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da ari (oru)ga: «Ey
birodar, tilingni chiqorg‘il, man totib boqay», – deb qaysi jonzot aytadi va
uning tilini uzib oladi?
A) qaldirg‘och
B) mushuk
C) ilon
D) arslon
53. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani»
hikoyatida Sulaymon payg‘ambar: «Hammasini qochirib o‘zing na uchun
qochmading?» – deb kimga aytadi?
A) ilonga
B) arslonga
C) mo‘rchaga
D) qo‘ng‘izga
54. «Qisasi Rabg‘uziy»dan olingan quyidagi parchada kim ta’riflangan?
«Bir kecha andog‘ so‘zlayurda Mavlo taolo bir farishtani izdi (jo‘natdi) bir qurtqa (kampir) surati uza. Andin so‘radi: «Podshohingiz netak turur, ontasi (shunisi) bor, kishilar molin yeyur». A) Yusuf payg‘ambar
B) Dovud payg‘ambar
C) Nuh payg‘ambar
D) Sulaymon payg‘ambar
55. «Qisasi Rabg‘uziy»da: «Taxti bir yig‘och yer ichinda. Ul taxtni oltun,
kumush birla qilmish erdi», – deya kimning taxti ta’riflanadi?
A) Yusuf payg‘ambarning
B) Ya’qub payg‘ambarning
C) Nuh payg‘ambarning
D) Sulaymon payg‘ambarning
56. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi qissa va hikoyatlar orasida o‘nlab she’rlar ham
mavjud bo‘lib, bahor vasfiga bag‘ishlangan birinchi o‘zbek g‘azali ham
Rabg‘uziy qalamiga mansub va u quyidagi qaysi misralar bilan boshlanadi?
A) Tol yig‘ochlar minbarinda to‘ti qush majlis tutar,
Qumri, bulbul muqri bo‘lub un tuzar tun-kunduzi.
B) Ko‘kda o‘ynar, qo‘l solishur qug‘u, qoz, qil, qarlug‘och,
Erda yugrub juft olishur os, tiyin, kish, qunduzi.
C) Kun kelu ming ko‘rki ortib tirilur o‘lmish jahon,
Tong badizlab naqshi birla bezanur bu yer yuzi.