58 .
4-§. NOSIRUDDIN RABG‘UZIY 24. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi qaysi hikoyatda asosiy qahramon Shayton –
«shaytoni mal’un (haydalgan, la’natlangan)» hisoblanadi?
A) «Luqmon va uning xojasi» hikoyatida
B) «Uzum hikoyati»da
C) «Yilon va qarlug‘och» hikoyatida
D) «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatida
25. «Qisasi Rabg‘uziy»da qaysi payg‘ambar bilan bog‘liq hikoyatda
halollikka, o‘z mehnati bilan kun ko‘rishga, boshqalarga zulm qilmaslikka
undash asosiy maqsaddir?
A) Yusuf payg‘ambar
B) Nuh payg‘ambar
C) Dovud payg‘ambar
D) Sulaymon payg‘ambar
26. «Qisasi Rabg‘uziy»dan olingan quyidagi parchada kim ta’riflangan?
«Aytmishlar, ... yalavoch tunla o‘zin belgusiz qilib ra’iyatlardin so‘rar erdikim, podshoh sizing birla netag muomala qilur? Aytur erdilar: yavloq (juda) odil turur». A) Yusuf payg‘ambar
B) Dovud payg‘ambar
C) Nuh payg‘ambar
D) Sulaymon payg‘ambar
27. «Qisasi Rabg‘uziy» asaridagi qissalar ichida uchraydigan boshqa janr
namunalari asarda olg‘a surilgan asosiy g‘oyaviy-badiiy maqsad bilan
yaxlitlikni tashkil etadi. Misol sifatida «Dovud haqida»gi qissani oladigan
bo‘lsak, u qanday tashkil topganligini ketma-ketlikda ko‘rsating.
1) Dovud payg‘ambar haqidagi umumiy tasavvurlar bayon etiladi;
2) Dovud payg‘ambarning she’riy tavsifi beriladi;
3) Dovud payg‘ambar haqida uchta hikoyat keltiriladi;
4) Dovud payg‘ambarning ta’rifi beriladi.
A) 2, 4, 3
B) 4, 2, 1
C) 1, 3, 4
D) 3, 1, 2
28. Turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan, payg‘ambarlar haqidagi
qissalardan iborat asarni toping.
A) Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘ot at-turk» asari
B)
I
mom Buxoriyning «Al-jome as-sahih» asari
C) Rabg‘uziyning «Qisasi Rabg‘uziy» asari
D) Zamaxshariyning «Nozik iboralar» asari
29. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani»
hikoyatida Manzara: «Shuncha tilag‘oningizcha nima berdi?» – deb
so‘raganida Sulaymon qanday javob beradi?
1) «Shamolni musaxxar qilib berdi. Muncha hashamat va saltanat
lashkarimni taxt-baxtlarim birla ko‘tarib yurur»;
2) «Bu kitobni berdi. Hamma olamning ilmi shu kitobdadur».
3) «Bu uzukni berdi. Hamma olamning bandi shu uzukdadur».
4) «Bu hassani berdi. Hamma olamning bandi shu hassadadir».