2 LABARATORIYA ISHI Ro’yhatlar bilan ishlash. List, Tuple. Ishdan maqsad: Python dasturlash tilida ro’yxatlar va ular bilan ishlovchi funksiyalar bilan tanishtirish ro’yxatlar ustida turli amallar bajarish ko’nikmalarini shakllantirish. List, Tuple bilan ishlashga doir masalalar uchun dastur yozish malakalarni paydo qilish. Masalaning qo’yilishi: Talaba variant bo’yicha bеrilgan masalani Python dasturlash tilida dasturini tuzishi va kеrakli natija olishi lozim.
Ishni bajarish uchun namuna List konstruktori yordamida ham ro’yxat yaratish mumkin, bunda ikkitalik kichik qavslardan foydalaniladi:
mevalar = list(("olma", "gilos", "shaftoli", "bexi"))
print(mevalar)
Natija: ['olma', 'gilos', 'shaftoli', 'bexi']
Kortej (tuple) tartiblangan, o’zgartirilmaydigan ketma-ketlik bo’lib kichik qavslar yordamida yoziladi.
Kortejni yaratish:
mevalar = ("olma", "gilos", "shaftoli", "bexi")
print(mevalar)
Natija: ('olma', 'gilos', 'shaftoli', 'bexi')