64 .
4-§. NOSIRUDDIN RABG‘UZIY 4) Hikoyatlarda og‘zaki ijodning kuchli ta’siri seziladi, xatto latifa janriga
xos tasvir usullari ham ko‘zga tashlanadi;
5) Hikoyatlarda hikoyatchilikning keyingi davrlarida ko‘zga tashlanadigan
batafsil tasvir kurtak holidagina uchraydi.
A) 1, 2, 4, 5
B) 1, 3, 4
C) 2, 3, 4, 5
D) 1, 2, 3
63. Ramal vaznining rukni foilotun ohanglariga tayanadi va bir baytda bu
rukn sakkiz marta qo‘llangani uchun qaysi nomni oladi?
A) muashshar
B) musabba
C) musaddas
D) musamman
64. «Qisasi Rabg‘uziy»da qo‘llanilgan «yalavoch» so‘zining ma’nosini toping.
A) payg‘ambar
B) yalang‘och
C) kambag‘al
D) bayroq
65. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da ilon (yilon)
xizmati uchun nimani so‘raydi?
A) qurbaqa go‘shtini
B) hamma undan qo‘rqishini
C) go‘shti shirin bo‘lgan jonzotni
D) odamlar unga egilishini
66. «Qisasi Rabg‘uziy»da kimga bag‘ishlangan she’riy madhiyada uning
«ortug‘ yaroqlig‘ siyrati», «arslon mengizlik savlati», «ko‘rklug sifatlig‘ surati»,
«tuz so‘zlayur so‘zni uqa» singari sifatlari keltiriladi?
A) Nosiriddin To‘qbo‘g‘aga
B) Tabg‘ach Bug‘raxonga
C) Muhammad Xo‘jabekka
D) Burhoniddinga
67. Rabg‘uziy yirik shoir va adib bo‘lishiga qaramasdan, uning «Qisasi
Rabg‘uziy»dan boshqa asarlari haqida ma’lumotlar mavjud emas, ushbu
asarning kimning topshirig‘i asosida yozilganligi ma’lum?
A) Dod
I
spahsalarning
B) Tabg‘ach Bug‘raxonning
C) Nosiruddin To‘qbo‘g‘aning
D) Muhammad Xo‘jabekning
68. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da qaysi jonzot
kemani teshib qo‘yadi va suv kira boshlaydi?
A) to‘ng‘iz
B) turna
C) sichqon
D) yo‘lbars
69. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da mushuk
qayerdan paydo bo‘ladi?
A) Yo‘lbarsning peshonasidan silaganda, qulog‘idan tushadi.
B) Yo‘lbarsning peshonasidan silaganda, og‘zidan tushadi.
C) Yo‘lbarsning peshonasidan silaganda, tuklaridan paydo bo‘ladi.
D) Yo‘lbarsning peshonasidan silaganda, burnidan tushadi.