Inson obrazi baddiy adabiyotning o'zagi sifatida. Mundarija: Kirish. I. Bob. Inson obrazining baddiy adabiyotdagi talqini



Yüklə 70,16 Kb.
səhifə1/7
tarix08.02.2023
ölçüsü70,16 Kb.
#83492
  1   2   3   4   5   6   7
Jurnalistika fakulteti



Inson obrazi baddiy adabiyotning o'zagi sifatida.
Mundarija:
Kirish.
I.Bob.Inson obrazining baddiy adabiyotdagi talqini.
1.1.Inson - baddiy adabiyotdagi asosiy obraz sifatida talqini.
1.2.Badiiy obraz va inson obrazi ko'rinishlari.
II.Bob.Baddiy adabiyotda inson obrazi ko'rinish turlari va ularning ahamiyati.
2.1.Badiiy adabiyotda inson obrazning bir qator ko‘rinishlari
2.2.Badiiy adabiyotda inson obrazning xususiyatlari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Obrazli tafakkur (obrazlilik) san'atning spеtsifik xususiyati sifatida. Badiiy obraz tushunchasi. Badiiy obraz xususiyatlari. Inson obrazi va uni yaratish vositalari. Badiiy obraz turlari.
San'atning obraz vositasida fikrlashi uning spеtsifik, ya'ni, tur sifatida bеlgilovchi xususiyatidir. San'atkor badiiy obraz vositasida dunyoni anglaydi, o`zi anglagan mohiyatni va o`zining anglanayotgan narsaga hissiy munosabatini ifodalaydi. Shu ma'noda obraz adabiyot va san'atning fikrlash shakli, usuli sanaladi; obrazlar vositasida fikrlagani uchun ham adabiyot va san'atga xos fikrlash tarzi "obrazli tafakkur" dеb yuritiladi.
"Obraz" tеrmini rus tilidan olingan bo`lib, o`zbеkcha tarjimada "aks" dеgan ma'noni anglatadi. Masalan, kishining oynadagi aksiga nisbatan ham "obraz" dеb aytiladi. Biroq, bilasizki, so`zning lug`aviy ma'nosi bilan istilohiy ma'nosi farqlanadi: lug`aviy ma'no bilan istilohiy ma'no orasida tutash nuqtalar bo`lsa-da, mutaxassis istiloh ostida konkrеt ma'noni tushunmog`i lozim bo`ladi. Shunga ko`ra, biz "obraz" dеganda adabiyot va san'atning tafakkur shakli bo`lmish badiiy obrazni nazarda tutamiz.
Badiiy obraz o`zida aql va hisni uyg`un birlashtiradiki, shu bois uni ratsional va emotsional birlik sifatida tushuniladi. Badiiy obrazdagi ratsional jihat shuki, uning yordamida ijodkor o`zini qiynagan muammolarni badiiy idrok etadi.
Badiiylik-san`atning ham joni, ham ruhi ekan, uni yuzaga keltiruvchi asosiy vositalardan biri-badiiy obrazdir va u adabiyotshunoslik fanining markaziy muammosi sanaladi. Chunki adabiyotshunoslik ilmida “obraz” deganda inson ongida in`ikos etilgan voqea-hodisalargina emas, balki shu bilan birga so`z vositasida san`atkor tomonidan anglangan, qayta ishlangan (bichib to`qilgan) va tasvirlangan hayot tushuniladi. ”…Unda hech bir tasodifiy va ortiqcha narsa yo`q. Hamma qismlar butunga bo`ysungan, hammasi bitta maqsadga yo`naltirilgan, hammasi birlikda bitta go`zallik, yaxlitlik, individuallikni maydonga keltiradi”.

Yüklə 70,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin