11 1-§. KIRISH. «GO‘RO‘G‘LINING TUG‘ILISHI» 54. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidagi Xumoroyning laqabini toping.
A) Zaydinoy
B) Barchinoy
C) Zulxumoroy
D) Gulshanoy
55. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida: «Peshonamda bir qiz bor, buning
ham qo‘lini qabartirib kir yuvdiraymi», – deb turgan Rayhon arab nega qizini
Xoljuvonga qo‘shib yuborishga rozi bo‘ladi?
A) Xoljuvon qo‘rqadi deb
B) Xoljuvonga rahmi kelib
C) qizi ham kir yuvishni o‘rgansin deb
D) Xoljuvonni o‘g‘irlatib, uyatga qolmayin deb
56. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi ot yuz quloch Tajan daryosiga
duch kelganda, «mening otim toy» deya xavotirga tushib, ko‘zlarini yumib
olgan egasini narigi tomonga o‘tkazib qo‘yadi?
A) Boychibor
B) G‘irot
C) Jiyronqush
D) Rayhon arabning oti
57. Darslikdagi «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostoni qaysi baxshining varianti
hisoblanadi?
A) Muhammad Jomurot o‘g‘li Po‘lkan shoirning
B) Ergash Jumanbulbul o‘g‘lining
C) Fozil Yo‘ldosh o‘g‘lining
D) Saidmurod Panoh o‘g‘lining
58. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘lining ota-onasini toping.
A) Xoljuvon va Ravshanbek
B) Xoljuvon va Gajdumbek
C) Bibi Hilol va Ravshanbek
D) Bibi Hilol va Rustambek
59. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Rayhon arabning Xoljuvonni olib
qochishida kim o‘zini aybdor his qiladi?
A) Ahmadbek
B) Go‘ro‘g‘li
C) Xoljuvon
D) Urayhon
60. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida quyidagi she’r qaysi qahramon tilidan
aytilgan?
Ko‘zlaring – tongning yulduzi, Qoshlaring – daryo qunduzi, O‘zing Shirvonning azizi, Suv bergin, arabning qizi. A) Ravshanbek
B) Gajdumbek
C) Go‘ro‘g‘libek
D) Rustambek