14 .
1-§. KIRISH. «GO‘RO‘G‘LINING TUG‘ILISHI» 76. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida kimning xotinining esli ekani,
G‘oro‘g‘lini «to‘shiga bosib, ostiga yetti qavat to‘shak» tashlagani aytiladi?
A) Yusufbekning
B) Ravshanbekning
C) Gajdumbekning
D) Rustambekning
77. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi obraz: «Har nima bo‘lsa
o‘ljangni birovga berma, mard ekansan, sen ham o‘g‘il ekansan, haloling
bo‘lsin!» – deya Go‘ro‘g‘liga taslim bo‘ladi?
A) Rustambek
B) Rayhon arab
C) Gajdumbek
D) Ahmadbek
78. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi obrazlar hali hayot tajribasiga
ega bo‘lmagan qahramonga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish bilan uni tarbiyalab
boradi va qahramonni elga xizmat qilishga o‘rgatadi?
A) chiltanlar va Xizr alayhissalom B) Gajdumbek va Rustambek
C) Bibi Hilol va Ravshanbek
D) Bibi Hilol va Rustambek
79. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi qahramon Xoljuvonga yetisha
olmasa-da, har yili Ahmadbekning yo‘qligini poylab, pana yerlardan turib uni
ko‘rib ketar, ko‘rmasa kasal bo‘lib qolar va uni har doim olib qochish payida
bo‘lar edi?
A) Shohdorxon
B) Rayhon arab
C) Go‘ro‘g‘li
D) Odilxon
80. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qahramonlarning portretiga alohida
e’tibor berilgan bo‘lib, quyidagi Go‘ro‘g‘lining portretida qanday tasvir
vositalaridan foydalanilgan?
«Rustambek shunday qarasa, Go‘ro‘g‘li o‘n besh kunlik oyday, qaddi- qomati, shoni-shavkati, har kishining bo‘lar ekan o‘ziga yarasha hurmati». A) o‘xshatish, sa’j, ta’did
B) tazod, o‘xshatish, sa’j
C) iyhom, sa’j, ta’did
D) o‘xshatish, tanosib, ta’did
81. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida quyidagi so‘zlarni kim kimga qarata
aytadi?
«Yosh boshing bor, senga savob darkor emasmi? Suv bergan savobga botar emish, dilozor tip-tikka imonsiz qotar emish». A) Go‘ro‘g‘li Zaydinoyga
B) Xoljuvon Zaydinoyga
C) Xoljuvon Go‘ro‘g‘liga
D) Zaydinoy Xoljuvonga
82. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida keltirilgan ko‘l nomini toping.
A) Oydin
B) Oyna
C) Ko‘kbuloq
D) Qorabuloq
83. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parcha kim
tomonidan va kimga qarata aytilganligini toping.