Sana: Fan: Ona tili va o’qish savodxonligi Mavzu: Ijobiy va salbiy qahramon Maqsadlar: a Ta’limiy



Yüklə 118,53 Kb.
tarix24.10.2023
ölçüsü118,53 Kb.
#160044
Xumora


Sana:
Fan: Ona tili va o’qish savodxonligi
Mavzu: Ijobiy va salbiy qahramon
Maqsadlar:
a)Ta’limiy: O`quvchilarga yangi “Ijobiy va salbiy qahramon” mavzu bo`yicha yangi bilimlar berish ona tilidagi qoidalar va to`g`ri yozish ko`nikmalarini shakllantirish va ularning nutq ravonligi haqida ma`lumotlar berish
b) tarbiyaviy: oʻquvchilarda berilgan rasmlar hamda savollar ustida ishlash orqali vatanga muhabbat hissini uygʻotish;
d) rivojlantiruvchi: oʻquvchilarning ogʻzaki nutq koʻnikmalarini rivojlantirish, mavzu doirasida lugʻat boyligi hamda yozma savodxonligini oshirish.
Milliy oʻquv dasturidagi malaka talablari bilan mosligi:
Ogʻzaki nutq : atrofdagilar bilan muloqotga kirisha olish, muloqot odobiga rioya qila oladi; rasmlar, odamlar, narsalar va voqealarni ogʻzaki tasvirlay oladi; oʻquv dasturida berilgan mavzular yuzasidan fikr bildira oladi;
Yozma nutq :boʻgʻin koʻchirish, bosh harflar imlosigа rioya qiladi
Tinglab tushunish: tinglangan monologik nutq va suhbatdan soʻzlovchining nutq ohangini belgilay oladi ; berilgan savolni tushunadi va mantiqli javob bera oladi jonli nutq, audiomatn shaklidagi matnlarning xulosasi va gʻoyasini ayta oladi
Lingvistik kompetensiya: boʻgʻin koʻchirish va bosh harflar imlosiga rioya qiladi; soʻzlarga soʻroq berish orqali ularni turkumlarga ajratadi va nutqda toʻgʻri qoʻllay oladi.
Dars turi: an'anaviy
Darsning metodi: ogʻzaki (suhbat, savol-javob)
Darsning vositalari: oʻquv dasturi, dars rejasi, darslik, mashq daftari, “Oʻqituvchi kitobi”, xattaxta, texnik jihozlar.
Shakl: jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.
Nazorat: O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi.
Baholash: Oquvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,dars oxiridao elon qilinadi.
Darsning borishi:


I.Tashkiliy qism:Salomlashish, yoqlamaqilish, oquvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish.
II. O`tgan mavzuni mustahkamlash.Oquvchilarni bilim va konikmalari tekshiriladi savollar orqali uyga berilgan vazifa soralib oquvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni:
Bir necha so’z bir xil ma'noni anglatishi mumkinmi? Shunday so’zlardan ayting.
Namuna: Yuz,bet aft, bashara,husn,oraz,chehra.
Quyidagi so’zlarni lug’atdan qidirib toping.Ma'nosi o’xshash so’zlarni xattaxtaga namunadagi kabi yozing.




Xasis- birovga narsa yoki pul bermaslikka ,sarflamaslikka intiladigan kishi.
Saxovatli-saxovatini ayamaydigan, saxiy kishi
Esli-aql-hushi joyida, aqli butun.
Ziqna-o’ta ketgan xasis,qizg’onchiq.
Aldoqchi-kishini aldashga,laqqillatishga usta kishi.
Baxil- birovga hech narsasini ravo ko’rmaydigan sarf -xarajatni yoqtirmaydigan kishi.
Himmatli-o’zgalardan yordamini,ish mehnatini ayamaydigan kishi.
Yolg’onchi- yolg’on gapiradigan kishi.
Oqil- o’tkir aql egasi.
Tanti- o’zgalardan yordamini ayamaydigan kishi.
Kazzob-yolg’on so’zlovchi kishi.
Saxiy-hech kimdan narsasini ayamaydigan kishi.
Farosatli- fahmli,aqlli odam
Aqlli- fahmli ziyrak kishi.

M
a'nosi bir -biriga o’xshaydigan so’zlar ma'nodosh so’zlar deyiladi.


IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma beriladi: Doskada va mustaqil bajariladi. Mavzu yuzasidan oquvchilarga tarqatmalar berilib savol javoblar otkaziladi.
V.O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`bat kartochkalari bilan rag`batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa.


Yüklə 118,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin