16 .
1-§. KIRISH. «GO‘RO‘G‘LINING TUG‘ILISHI» 90. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Qo‘ng‘irboy kimning farzandi?
A) To‘liboyning
B) Bibi Hilolning
C) Ravshanning
D) Rustamning
91. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘li izlab kelganda chechasi
Rayhon arabning o‘g‘irlab kelganiga qancha vaqt bo‘lganini, biroq shu
muddatda biror marta ham unga qo‘lidan bir kosa suv bermaganligini aytadi?
A) ikki yil
B) sakkiz yil
C) besh yil
D) uch yil
92. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘li Zaydinoyni olib qochgach,
uni qayerga olib boradi?
A) Yovmit shahriga
B) Shirvon yurtiga
C) Taka turkman yurtiga
D) Mari bekligiga
93. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi va xalq
manfaati yo‘lida qahramonlik ko‘rsatishida kimlar katta o‘rin tutadi?
A) Bibi Hilol va Ravshanbek
B) Gajdumbek va Rustambek
C) Xizr alayhissalom va chiltanlar
D) Bibi Hilol va Rustambek
94. Go‘ro‘g‘li ismining o‘zagi hisoblangan «kur» so‘zi qanday ma’nolarni
bildiradi?
A) «o‘t», «olov», «quyosh», «qir», «tog‘» «kir»
B) «olov», «qo‘ra», «qadah», «o‘t», «qir», «tog‘»
C) «quyosh», «o‘t», «olov», «qo‘r», «qir», «tog‘»
D) «qir», «tom», «quyosh», «o‘l», «olov», «qo‘r»
95. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida To‘liboy sinchi kimning o‘g‘li edi?
A) Qovishtixonning
B) Odilxonning
C) Ahmadbekning
D) Shohdorxonning
96. Sinchi kim?
A) otlarning zotini, naslini, yoshini yaxshi biladigan odam
B) odamning naslini, yaxshi-yomonini yaxshi biladigan odam
C) tarixni yaxshi biladigan odam
D) Ollohni tanigan odam
97. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Taka-Yovmit madrasalaridagi katta-
kichik mullavachchalar tog‘ga kim boshchiligida sayohatga chiqishadi?
A) To‘liboy
B) Holmon
C) Subyon
D) Ravshan
98. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida Shohdorxon mag‘lub bo‘lib,
mullavachchalarni qo‘yib yuborishga buyruq berganida, kim Ravshanbekni
o‘g‘il qilib saqlash maqsadida uni sandiqqa yashirib qo‘yadi?