18 .
1-§. KIRISH. «GO‘RO‘G‘LINING TUG‘ILISHI» 106. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida bolasi o‘lib, bolasining o‘lganiga ichi
kuyib, kishnab yurgan baytalni kim Go‘ro‘g‘lining oldiga olib keladi?
A) Rustambek
B) Xizr
C) chiltanlar
D) Odam ota
107. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonidan olingan quyidagi parcha qaysi
qahramon tilidan aytilgan?
Musofirman Shohdorxonning shahriga, Yovmitda Odilxon deydi bobomni, Aslim so‘rsang, yaxshi odam nasliman! A) Gajdumbek
B) Hiloloy
C) Ravshan
D) Jig‘alixon
108. Podshohi haqiqiy kim(lar)?
A) Olloh
B) podshohlar
C) vazirlar
D) noiblar
109. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi podsho achchig‘i kelib, to‘p-
to‘pxonasi bilan Mari yurtini tep-tekis qilib, Qovishtixon bekni to‘pga solib
ottirib yuboradi?
A) Shohdorxon
B) Odilxon
C) Ahmadbek
D) Urayxon
110. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida urush tugagach, Shohdorxon: «E
mehmonlar, mendan maqsad tila!» – deya kimga yasovul boshliq amalini
beradi?
A) Holmonga
B) Ravshanga
C) Rustamga
D) Gajdumga
111. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida «Haq saqlasa, balo yo‘q, Haq
qarg‘asa, davo yo‘q» maqoli kimlarning tilidan aytilgan?
A) Gajdumbekning amaldorlari
B) Shohdorxonning amaldorlari
C) Odilxonning amaldorlari
D) Qovishtixonning amaldorlari
112. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi qahramonning darvozasining
har chekkasida, o‘n yetti joyda qorovulxonasi borligi va shu xonalardan katta-
katta to‘plarni dalaga qaratib chiqarib qo‘yganligi tasvirlanadi?
A) Rayhon arabning
B) Gajdumbekning
C) Ravshanbekning
D) Odilxonning
113. «Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi» dostonida qaysi qahramonning maslahatga
quloq solmay, o‘ylamay qaror qabul qilishi, uzoqni ko‘ra bilmasligi, ko‘plab
insonlarning bevaqt o‘limiga, taqdirlarining o‘zgarib ketishiga sabab bo‘ladi?
A) Shohdorxonning
B) Odilxonning
C) Qovishtixonning
D) Ravshanning