25 2-§. MAHMUD KOSHG‘ARIY 12. Quyidagilar ichidan noto‘g‘ri ma’lumotni toping.
A) Alp Er To‘nga haqidagi marsiya marsiya janrining bizgacha yetib
kelgan eng qadimiy namunalaridan biridir.
B) Marsiya, odatda, jamiyat tarixida muayyan iz qoldirgan kishilarga
bag‘ishlab yoziladi yoki to‘qiladi.
C) Alp Er To‘nga haqidagi marsiya – og‘zaki ijod mahsuli hisoblanadi.
D) Alp Er To‘nga haqidagi marsiyada Siyovushning faqat bek emas, balki
«beklar begi» ekanligi aytiladi.
13. Quyidagi izohlar qaysi maqolga tegishli ekanligini toping.
«Mehnat va mashaqqatni ko‘rdi-yu, o‘tovini orqasiga yuklab oldi». Maqol mazmunan ikki qismga ajraladi. Bunda bir ishning amalga oshirilishi uchun boshqa bir ishning sabab va bahona bo‘layotgani e’tiborga olinadi. Ayni mana shu holat inson tabiatidagi bir noloyiq xususiyatning kishi ko‘z o‘ngida aniq gavdalanishi uchun imkon beradi». A) «Tag‘ig‘ uqruqin egmas, tengizni qayg‘iqin bukmas».
B) «Kur o‘g‘li kuvaz bo‘lur».
C) «Anuq o‘tru tutsa, yo‘qqa sanmas».
D) «Ko‘k ko‘rdi, keragu yazti».
14. «Devonu lug‘ot at-turk»da Vatan himoyasi, yurt taqdiri, xalq birligi va
chegaralarning daxlsizligi uchun kurash g‘oyalari kuylangan she’riy va nasriy
parchalar, qahramonlik qo‘shiqlarining jamlangani ham alohida e’tiborga
molik bo‘lib, quyidagilardan qaysilar shular jumlasidandir?
A) «Bulnar meni ulas ko‘z...», «Yaboqular bilan jang», «Alp Er To‘nga»
marsiyasi
B) «Qaqlar qamug‘ ko‘lardi...», «Tangutlar bilan jang», «Yaboqular bilan
jang»
C) «Tangutlar bilan jang», «Yaboqular bilan jang», «Alp Er To‘nga»
marsiyasi
D) «Tangutlar bilan jang», «Qaqlar qamug‘ ko‘lardi...», «Bulnar meni ulas
ko‘z...»
15. «Devon»dagi xalq qo‘shiqlarining tasvir usullari nihoyatda xilma-xil bo‘lib,
qaysilari tez-tez ko‘zga tashlanadi?
1) o‘xshatish; 2) talmeh; 3) qiyoslash; 4) qarshilantirish;
5) jonlantirish; 6) ishtiqoq; 7) sifatlash.
A) 1, 3, 4, 5, 6
B) 1, 3, 4, 5, 7
C) 2, 4, 5, 6, 7
D) 1, 2, 3, 6, 7
16. O‘zaro to‘qnashish, bir-biriga qing‘ir ko‘z bilan qarash, kabi insoniy
tuyg‘ular tabiatga nisbat berilsa, adabiyotshunoslikda bu hodisaning nomi
nima deyiladi?
A) o‘xshatish
B) sifatlash
C) jonlashtirish
D) epitet