26 .
2-§. MAHMUD KOSHG‘ARIY 17. «Devon»da qo‘shiqning qanday turlari uchraydi?
1) mehnat va marosim qo‘shiqlari;
2) hunarmandchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar;
3) dehqonchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar;
4) mavsum qo‘shiqlari;
5) chorvachilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar.
A) 1, 2, 3, 4
B) 1, 3, 5
C) 2, 3, 4, 5
D) 1, 2, 3, 4, 5
18. «Devon»da keltirilgan «Erdi ashin taturg‘an» she’rida kimning boshqa
kishilar bilan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan xislatlari ta’kidlanadi?
A) jasur qabila boshlig‘ining
B) oshiqning
C) marhumning
D) ma’shuqaning
19. «Devon»da muallif adabiyotshunoslikka doir qanday adabiy parchalar
haqida gapirib o‘tgan?
1) hikmatli so‘z; 2) saj’; 3) topishmoq; 4) rajaz;
5) nasr; 6) matal; 7) maqol.
A) 1, 2, 3, 4, 6
B) 2, 3, 5, 6, 7
C) 1, 3, 4, 5, 7
D) 1, 2, 4, 5, 7
20. «Devonu lug‘ot at-turk» asari qachon yozib tugatilgan?
A) hijriy 461-yil jumod ul-avval boshlarida
B) hijriy 463-yil jumod ul-oxirning 10-kuni
C) hijriy 464-yil jumod ul-avval boshlarida
D) hijriy 466-yil jumod ul-oxirning 12-kuni
21. «Devonu lug‘ot at-turk» asaridan olingan quyidagi parchada qo‘llanilgan
nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘ying.
«Men bu kitobni maxsus alifbo tartibida ... , ... , ... , ... va ... deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim... Bu ishda misol tariqasida turklarning tilida qo‘llanib kelgan sh«e’rlaridan, shodlik va motam kunlarida qo‘llanadigan hikmatli so‘zlardan, maqollardan keltirdim». 1) hikmatli so‘zlar; 2) saj; 3) maqollar; 4) rajaz; 5) nasr; 6) matal; 7) nazm.
A) 2, 3, 5, 6
B) 1, 2, 3, 4, 5
C) 1, 2, 4, 7
D) 1, 3, 4, 5, 6
22. Mahmud Koshg‘ariyning to‘liq ismini toping.
A) Husayn ibn Mahmud Koshg‘ariy
B) Muhammad ibn Mahmud Koshg‘ariy
C) Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad
D) Husayn ibn Mahmud ibn Muhammad