60 .
4-§. NOSIRUDDIN RABG‘UZIY 37. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da ari (oru):
«Odamning go‘shtidan totlig‘ go‘sht yo‘q ekan», – deb kelayotganida qaysi
jonzotga duch keladi?
A) baqaga
B) qaldirg‘ochga
C) mushukka
D) ilonga
38. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani»
hikoyatida Sulaymon payg‘ambar bilan gaplashgan chumolilar podshohining
ismini toping.
A) Chumoli
B) Mo‘rcha
C) Qarinchg‘a
D) Manzara
39. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani»
hikoyatida quyidagi fikrlarni aytib tavba qilgan kim?
« I lohi, man o‘zumni dono bilib yurur erdim. Maning bilganim bu qarinchg‘aning oldida hech nimarsa ekan». A) Sulaymon
B) Manzara
C) Nuh
D) Dovud
40. «Qisasi Rabg‘uziy»da qaysi payg‘ambarning taqachilik (temirchilik)
hunarini o‘rganganligi va uning qo‘lida temirning xamir kabi yumshaganligi
aytiladi?
A) Yusuf payg‘ambarning
B) Dovud payg‘ambarning
C) Nuh payg‘ambarning
D) Sulaymon payg‘ambarning
41. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani»
hikoyatida qaysi podshoh dono, tadbirkor, xalq g‘amini yeydigan hukmdor,
ma’rifatparvar, olim, orif sifatida ko‘zga tashlanadi?
A) Sulaymon payg‘ambar
B) chumolilar podshosi
C) Ya’qub payg‘ambar
D) Nuh payg‘ambar
42. Rabg‘uziyning bahor haqidagi g‘azalidan olingan quyidagi baytda
qo‘llanilgan «qug‘u», «qil», «os», «tiyin», «kish» so‘zlarining ma’nolarini
toping.
Ko‘kda o‘ynar, qo‘l solishur qug‘u, qoz, qil, qarlug‘och, Erda yugrub juft olishur os, tiyin, kish, qunduzi. A) «qug‘u» – oqqush, «qil» – qilquyruq, «os» – oq suvsar, «tiyin» –
olmaxon, «kish» – olmaxonning bir turi
B) «qug‘u» – qarg‘a, «qil» – qilquyruq, «os» – oq suvsar, «tiyin» – bo‘rsiq,
«kish» – suvsarning bir turi
C) «qug‘u» – oqqush, «qil» – qilquyruq, «os» – oq suvsar, «tiyin» –
qarg‘a, «kish» – suvsarning bir turi
D) «qug‘u» – qarg‘a, «qil» – qilquyruq, «os» – oqqush, «tiyin» – olmaxon,
«kish» – olmaxonning bir turi