61 4-§. NOSIRUDDIN RABG‘UZIY 43. Rabg‘uziyning «Kun hamalg‘a kirdi...» g‘azalining ruknlar tartibi qanday?
A) faulun-faulun-faulun-faul
B) maf’uvlu-mafoiylu-mafoiylu-faulun
C) foilotun-foilotun-foilotun-foilun
D) mafoiylun-mafoiylun-faulun
44. Rabg‘uziyning «Kun hamalg‘a kirdi...» g‘azalining nechanchi baytida
bahorga nisbatan olam navro‘zi ifodasi qo‘llansa, qishga nisbatan bahman
(ayoz, qahraton, izg‘irin) zamharir (qirovli, qahraton, qattiq sovuq)
sifatlashlari tanlangan?
A) birinchi baytida
B) ikkinchi baytida
C) uchinchi baytida
D) to‘rtinchi baytida
45. «Qisasi Rabg‘uziy» necha qissadan iborat?
A) 73 qissadan
B) 72 qissadan
C) 74 qissadan
D) 75 qissadan
46. Quyidagi parcha «Qisasi Rabg‘uziy»ning qaysi hikoyatidan olingan?
«Qo‘yda tildan, yurakdin yaxshiroq yo‘q. Agar yovuz ersa tildin, yurakdin yovuzroq yo‘q». A) «Luqmon va uning xojasi» hikoyatidan
B) «Uzum hikoyati»dan
C) «Yilon va qarlug‘och» hikoyatidan
D) «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani» hikoyatidan
47. «Qisasi Rabg‘uziy» asaridagi qaysi qissada bir necha hikoyat, latifa,
bayt, g‘azal va boshqa janr namunalari uchraydi?
A) Yusuf qissasida
B) Dovud qissasida
C) Nuh qissasida
D) Muso qissasida
48. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Sulaymonning qarinchg‘a bilan so‘zlashgani»
hikoyatida Manzara: «Haq taolodan nima talab qildingiz?» – deganida
Sulaymon payg‘ambar qanday javob beradi?
A) «Bir baxt tiladimki, andog‘ baxt hech kimga berilmish yo‘q».
B) «Bir ilm tiladimki, andog‘ ilm hech kimga berilmish yo‘q».
C) «Bir qalb tiladimki, andog‘ qalb hech kimga berilmish yo‘q».
D) «Bir mulk tiladimki, andog‘ mulk hech kimga berilmish yo‘q».
49. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Yilon va qarlug‘och hikoyati»da Nuh
alayhissalom qaysi jonzotga eng shirin go‘shtni aniqlab kelishni buyuradi?
A) ariga
B) chivinga
C) qaldirg‘ochga
D) mushukka
50. «Qisasi Rabg‘uziy»dagi «Uzum hikoyati»da shayton uzumni uchinchi
marta nimaning qoni bilan sug‘oradi?