76 .
5-§. ALISHER NAVOIY 51. «Saddi
I
skandariy» dostonidan olingan quyidagi baytlar ikkilanib qolgan
va xalq bilan maslahat qilgan qaysi qahramon tilidan aytilgan?
Bu ishga keraktur tavono kishi, Emas men kibi notavono ishi. Erur tortmoq sher chekkonni mo‘r, Yukin pilning aylamak pashsha zo‘r. Ne bor shahlik aylarga niyat manga, Ne aylay desam qobiliyat manga. A) Feruz
B) Faylaqus
C) Mallu
D)
I
skandar
52. «Saddi
I
skandariy» dostonida
I
skandar Doro elchilari orqali berib
yuborgan qaysi narsaga quyidagicha izoh beradi?
«Olimlar yer yuzining go‘yo koptok singari yumaloq ekanini aniqlashgan. Demak, Doro menga yer yuzini in’om etibdi». A) oshiqqa
B) chavgonga
C) to‘pga
D) kunjutga
53. «Saddi
I
skandariy» dostonida
I
skandarni Amudaryo, Sirdaryo va
Zarafshon behad maftun etadi va u bu yerda qaysi shaharlarni bunyod
qiladi?
A) Samarqand va Buxoro shaharlarini
B) Hirot va Samarqand shaharlarini
C) Xiva va Kashmir shaharlarini
D) Urganch va Samarqand shaharlarini
54. Alisher Navoiy qaysi asarning tugatilishida: «Manga davlat ilgi rahnamun
bo‘ldi», – deb ta’kidlaydi?
A) «Xamsa»ning tugatilishida
B) «Xazoyin ul-maoniy»ning tugatilishida
C) «Majolis un-nafois»ning tugatilishida
D) «Holoti Sayyid Hasan Ardasher»ning tugatilishida
55. «Layli va Majnun» dostoni necha bob va necha baytdan iborat?
A) 38 bob, 3624 bayt
B) 39 bob, 5009 bayt
C) 38 bob, 3623 bayt
D) 39 bob, 7215 bayt
56. «Xamsa» dostonlarining afoyillarini toping.
1) «Hayrat ul-abror»; 2) «Farhod va Shirin»; 3) «Layli va Majnun»;
4) «Sab’ai sayyor»; 5) «Saddi
I
skandariy».
a) maf’uvlu mafoilun fauvlun;
b) mafoiylun mafoiylun fauvlun;
s) foilotun mafoilun failun;
d) fauvlun fauvlun fauvlun faal;
e) muftailun muftailun foilun.