1 Nazokat kamilova, Farrux abdumalikov



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/85
tarix13.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#175696
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   85
11-sinf adabiyot testlar

75
5-§. ALISHER NAVOIY 
44. «Saddi 
I
skandariy» dostonidan olingan quyidagi bayt kim tomonidan 
kimga va nima maqsadda aytilgan? 
Senikim bu mulk uzra shoh ayladim,
Bu kishvarda kishvarpanoh ayladim. 
A) Arastu tomonidan 
I
skandarga, adolatli bo‘lsin deb 
B) 
I
skandar tomonidan Chin xoqoniga, taxtga o‘tirsin deb 
C) Fayloqus tomonidan 
I
skandarga, taxtga o‘tirsin deb 
D) 
I
skandar tomonidan Feruzga, adolatli bo‘lsin deb
45. «Makorim ul-axloq» asarida keltirilgan «Hikoyat»da hijriy 905-yili (milodiy 
1500-yil) qaysi shahzodaning mamlakatning ayrim ehtiyojlari uchun 
Sabzavor qal’asiga ma’lum miqdorda g‘alla zaxira qilishga qaror qilganligi 
yoziladi? 
A) Kepak Mirzoning 
B) Muhammad Muhsin Mirzoning
C) Badiuzzamon Mirzoning 
D) Mo‘min Mirzoning 
46. «Saddi 
I
skandariy» dostonining nechanchi bobida «yoshlikning shunday 
go‘zal damlarida quyoshdek yostiqdan bosh ko‘tarib, ochiq chehrani 
ko‘rsatmoq va bu faslda binafshadek belni bukib, mehnat va toatga bo‘yin 
qo‘ymoq zarurligi haqida» gapiriladi? 
A) XL bobida
B) XXXIX bobida
C) XXL bobida 
D) XXIX bobida 
47. «Panj ganj» («Besh xazina») dostonining muallifi kim? 
A) Jomiy 
B) Lutfiy
C) Nizomiy
D) Sakkokiy 
48. «Makorim ul-axloq» asaridan olingan quyidagi misra kim haqida 
ekanligini toping. 
«Ko‘ngil ahli uning chehrasida rahmat ma’nosini ko‘rmishlar».
Forschadagi asli: Ahli dil dar suvratash ma’niyi rahmat didaand. 
A) Alisher Navoiy
B) Zahiriddin Muhammad Bobur 
C) Mirzo Muhammad Sulton 
D) Husayn Boyqaro 
49. «Saddi 
I
skandariy» dostonida «Hayotining har bir holatidan voqif bo‘lgan 
tajribali keksa nasihatining qadrini bilmagan, fursat o‘tgandan so‘ng esa 
behuda pushaymon bo‘lgan g‘ofil yigit haqida»gi hikoyatda «xoh qish va xoh 
bahorda bo‘lsin, bir lahza umrini maysiz, musiqasiz» o‘tkazmaydigan yigitga 
maslahat bergan dili pok inson unga kim bo‘lar edi? 
A) amakisi 
B) otasi 
C) akasi 
D) qo‘shnisi
50. «Saddi 
I
skandariy» dostoni necha bobdan iborat? 
A) 83 bobdan 
B) 89 bobdan
C) 87 bobdan
D) 80 bobdan



Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin