5-SINF ADABIYOT
1. Quyidagi Oybekning "Fanorchi ota" hikoyasida
kim ariqqa yiqilib tushgan edi?
A) Fanorchi ota B) Tursunqul aka
C) Qosim cho'loq
D) Fanorchi otadan ham qari chol
2. Oybekning “Fanorchi ota” hikoyasida “U juda
kuchsiz edi” deya nima (kim) ta’riflangan?
A) Fanorchi ota B) fanar C) Ahmad D) bir chol
3. Oybekning dostonlarini aniqlang?
A) “Dilbar – davr qizi”, “Baxtigul va Sog’indiq”,“O’ch”
B) “Navoiy”, “Quyosh qoraymas”, “O’ch”
C) “Musicha”, “Singan umid”, “Qutlug’ qon”
D) “Fanorchi ota”, “Tillatopar”, “Dilbar – davr qizi”
4. "Bolaning ko'ngli podsho" hikoyasidagi bolaning
buvasi kim edi?
A) Mirahmad ota B) Dadaqo'zi ota
C) Musa baqqol D) Sobir baqqol
5. Oybekning "Bolaning ko'ngli podsho"
hikoyasidagi bola "meni aldamoq uchun
gavronday hassasini qo'ldan qo'lga chaqqon olib,
xirillagan ovoz bilan qandaydir qiziq ashula
aytib beradi", – deya kimni ko'zda tutgan?
6. A) Dadaqo'zi otani B) Musa baqqolni
C) Mirahmad otani D) Sobir baqqolni
7. Oybekning "Bolaning ko'ngli podsho"
hikoyasidagi "faqat sabzi, piyoz, un, kerosin
sotadi"gan baqqol kim?
A) Mirahmad ota B) Sobir baqqol
C) farang baqqol D) Musa baqqol
8. Oybekning "Bolaning ko'ngli podsho" asaridagi
"muloyim, shirin so'z, sersoqol keksa" obraz kim?
A) Dadaqo' zi ota B) Musulmonqul
C) Musa baqqol D) Sobir baqqol
9. Oybekning bolalik xotiralari asosida dunyoga
kelgan asarlarini aniqlang?
A) “Dilbar davr qizi”, “O’ch”, “Baxtigul va Sog’indiq”
B) “Navoiy”, “Quyosh qoraymas”, “O’ch”
C) “Musicha”, “Singan umid”, “Tillatopar”
D) “Fonarchi ota”, “Tillatopar”, “Dilbar – davr qizi”
10. Mirtemirning 2 qimdan iborat she’ri qaysi?
A) “Bulut” B) “Baliq ovi” C) “To‘rg‘ay” D) “Qishlog‘im
11. Mirtemir “Baliq ovi” she’rida yozishicha,
ulkanroq baliq ilinsa kimga eltib berishini aytib o‘tgan?
A) onasiga B) otasiga C) buvisiga D) buvasiga
12. Mirtemirning she’riy to’plamlarini toping?
A) “Tirik sayyoralar”, “Zafar”, “Qaynashlar”
B) “Izlaganim”, “Qaynashlar”, “Tong”
C) “Zafar”, “Qaynashlar”, “Tong”
D) “Zafar”, “Tingla hayot”, “Izlaganim”
13. Mirtemirning tabiat
hodisalarini kuzatish orqali
teran falsafiy xulosalar, go’zal qiyoslar, betakror
obrazlar yaratish mahorati qaysi she’rlarida
yaqqol seziladi?
A) “Baliq ovi”, “Qishlog’im” B) “Bulut”, “Shudring”
C) “Qishlog’im”, “Baliq ovi” D) “Bulut”, “Baliq ovi”
14. Hayot qozonida qaynagan, yozuvchi sifatida
hayotdan bir qadam ham ajramay qalam
tebratgan ijodkor kim?
A) A. Muxtor B) O'tkir Hoshimov
C) Mirtemir D) Mirmuhsi
15. Mirtemirning ilk she’riy to’plami?
A) “Shu’lalar qo’ynida” B) “Ko’klam”
C) “Tuyg’ular” D) “Tanburim ovozi”
16. Mirtemir o'zining hasbi hol shaklidagi bir
she'rida "Momo yur-ti, Bobo yurti,..." qayerim deydi?
A) Chambilbel B) Turkistonim C) Iqonim D) Jambulim
17. Mirtemirning birinchi she'ri qanday nomlangan?
A) "Shu'lalar qo'ynida B) "Tanburim ovozi"
C) "Zafar" D) "Tong"
18. Mirtemirning umri oxirida tayyorlagan to'plam nomi?
A) "Tingla, hayot!" B) "Izlaganim"
C) "Tog'day tayanchim" D) "Yodgorlik"
19. Onalar hatto vafotidan keyin ham onaligicha
qoladi. Ushbu parcha “Dunyoning ishlari”
qissasining qaysi hikoyasidan olingan
A) “Oq marmar, qora marmar” B) “Iltijo”
C) “Qarz” D) “Haqqush”
20. “Ona – tabiatning eng buyuk ixtirosi”
Ushbu parcha “Dunyoning ishlari” qissasidaga
qaysi hikoyada uchraydi?
A) “Alla” B) “Haqqush” C) “Gilam paypoq” D) “Iltijo”
21. O’tkir Hoshimovning “Qatag’on”, “Inson
sadoqatli”, “To’ylar muborak” asarlarining
janrini aniqlang?
A) roman B) qissa C) drama D) hikoya
22. O’. Hoshimov romanlarini aniqlang?
1. “Ikki eshik orasi” 2. “Ikki karra ikki besh”
3. “Nur borki soya bor” 4. “To’ylar muborak”
5. “Tushda kechgan umrlar” 6. “Cho’l havosi”
A) 1, 2, 3, 5, 6 B) 1, 3, 5 C) 2, 4, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5
23. ”O'tkir Hoshimovning qaysi asari haqida kim
"sof, samimiy, tabiiy, iliq, rohat qilib o'qiladigan
asar" deya ta'rif bergan?
A) Said Ahmad, "Muhabbat"
B) Abdulla Qahhor, "Urushning so'nggi qurboni"
C) Abdulla Qahhor, "Cho'l havosi"
D)
Erkin Vohidov, "Tushda kechgan umrlar"
24. O'.Hoshimovning hikoyalari to'g'ri ko'rsatilgan
qatorni toping?
A) "Urushning so'nggi qurboni", "Muhabbat"
B) "Ikki eshik orasi", "Tushda kechgan umrlar"
C) "Ikki karra ikki besh", "Bahor qaytmaydi"
D) "Shamol esaveradi, "Dunyoning ishlari"
25. O'tkir Hoshimovning romanlari to'g'ri berilgan
qator?
A) "Odamlar nima derkin", "Shamol esaveradi",
"Ikki karra ikki besh"
B) "Bahor qaytmaydi", "Dunyoning ishlari","Qatag'on"
C) "Nur borki, soya bor", "Ikki eshik orasi",
"Tushda kechgan umrlar"
D) "Inson sadoqati","Urushning so'nggi qurboni", "Muhabbat"
26. O'tkir Hoshimovning qissalari berilgan qatorni
toping?
A) "Odamlar nima derkin", "Shamol esaveradi",
"Ikki karra ikki besh"
B) "Bahor qaytmaydi", "Dunyoning ishlari",
"Ikki eshik orasi"
C) "Ikki eshik orasi", "Tushda kechgan umrlar"
D) "Odamlar nima derkin","Tushda kechgan umrlar"
27. Qaysi mashhur yozuvchi O'tkir Hoshimovning
"Dunyoning ishlari" asari to'g'risida
"...dostondek o'qiladi. Uni o'qib o'z onalarimizni
o'ylab ketamiz..." deb yozgan edi?
A) Said Ahmad B) Ozod Sharafiddinov
C) Abdulla Qahhor D) Mirtemir
28. “Hayrat ul-abror”ning rostgo’ylik, to’g’rilik
tushunchalariga bag’ishlangan maqolati
nеchanchi maqolat?
A) 10 B) 20 C) 12 D) 8
29. “Hayrat ul-abror” ning tarkibini aniqlang?
A) 69 bob, 45 ta maqolat
B) 29 ta maqolat, 12 bob
C) 36 bob, 18 ta maqolat
D) 63 bob, 20 ta maqolat
30. Bobur "Ey bodi sabo" deb boshlanuvchi
ruboiysida qayerdagi "yori parishong'a" xabar yuboradi?
A) Andijondagi B) Samarqanddagi
C) Xurosondagi D) Hindistondagi
31. Muqimiy Qo’qondagi qaysi madarasida tahsil
olgan?
A) Mеhtar anbar B) Hokim oyim
C) Hazrat D) Mir arab
32. “Sayohatnoma”da yozilishicha, qayerda itlar
tong
otguncha hurib, odamni uxlatmasdi?
A) Rafqon B) Nursux C) Isfara D) Yayfan
33. Muqimiyning "Sayohatnoma" asaridagi ushbu
parcha qaysi joy haqida?
Ozodadin to'pori ko'p,
Dukchisidin attori ko'p,
Choyxo'ridin ko'knori ko'p,
Bir rasta nosu bang ekan.
A) Chimyon B) Yayfan C) Rafqon D) Nursux
34. Muqumiy "Sayohatnoma"sida ”Birmuncha
echkilar ariq, Kelsa kishi yeyar tariq, Shom-u
sahar tayyor ekan” deya qayerni tavsiflaydi?
A) Beshariq B) Bo'rbaliq C) Oltiariq D) Rafqon
35. Muqimiyga zamondosh yana qaysi
A) Furqat, Tavallo, Mavlaviy
B) Zavqiy, Furqat, Tajalliy
C) Furqat, Zavqiy, Nisbat
D) Muhayyir, G'aribiy, Nasimiy
36. "Sayohatnoma"lar ichki tuzilishiga ko'ra necha
qismdan iborat bo'ladi?
A) ikki B) uch C) to'rt D) besh
37. Muqimiy “Sayyohatnoma” sida qayеrni “Dashti
qaroqchizor ekan” dеya ta'riflagan?
A) “Do’rmancha”ni B) “O’ltarma”ni
C) “Bo’rbaliq” ni D) “Rafqon”ni
38. Sa'diy Shеroziy “Guliston” asarida nimani “
chashmayi ravon (oqar chashma) va davlati
bеpoyondur...” dеya ta'riflaydi?
A) ilmni B) mеhr-muhabbatni C) hunarni D) kitobni
39. Sa'diy Sheroziy o’z hikoyatlaridan birida o’zi
haqida yozib, qaysi xalqqa asirlikda yurganini
yozgan?
A) juhudlarga B) farang xalqiga
C) arab xalqiga D) mulki ajamliklarga
40. "Arablarda bir so'z bordur yaxshi boq... Maqol
davomini keltiring?
A) "Odobsiz boladan yo'g'i yaxshiroq"
B) "Odobsiz do'stdan dushman yaxshiroq"
C) "Foydasiz ilmdan jahl afzalroq"
D) "Foydasiz suhbatdan uyqu afzalroq"
41. Quyidagi hikmat "Bo'ston"da kimning tilidan
aytilgan? Ko'plar ham bu chashma boshiga yetdi,
Suv ichdi, dunyodan ko'z yumib ketdi.
Qanchasi zulm ila ola mni oldi,
Go'rga o'zi ketdi, olgani qold.
A) Iskandar Zulqarnayn B)
Jamshid podshoh
C) Arastu hakim D) Suqrot hakim
42. Abdulla Avloniyning “Vatan” shе'ri qaysi
kitobiga kiritilgan?
A) “Adabiyot yoxud milliy shе'rlar”
B) “Maktab gulshani”
C) “Turkiston muallimi”
D) “Turkiy Guliston yoxud axloq”
43. Abdulla Avloniy nеchta yangi pеsa yozgan?
A) 2 ta B) 10 ta yaqin C) 3 ta D) 7 ta
44. Erkin Vohidovning “Nido” dostoni qanday
tasvirlar bilan boshlanadi?
A) Xalqaro urushlarda olib boriladigan g’oyalar
tasviri bilan B) Ota va o’g’ilning chuqur
iztiroblari bilan
C) yigirma yil avval urushda halok bo’lgan
otasini xotirlayotgan farzandning xayollari,
iztiroblari bilan
D) Ona yurtining go’zal tabiati tasviri bilan
45. Erkin Vohidovning ilk to’plamini aniqlang.
A) “Tong lavhasi” B) “Buloq”
C) “Tong nafasi” D) “Mеning yulduzim”
46. E.Vohidovning qaysi dostonida xalqlar,
millatlar, dinlar o'rtasidagi nizolar bashariyatga
naqadar katta falokatlar olib kelishi tasvirlangan?
A) "Ruhlar isyoni" B) "Istanbul fojiasi"
C) "Iztirob" D) "Nido"
47. Ezop qaysi masalida yaxshilikka yomonlik qilish
muqarrar jazo bilan yakunlanadi, deyish
barobarida insonlarni nafs balosidan ham
asranishga, hamma narsaga bir paytning o‘zida
erishaman deb, ochko‘zlik qilmaslikka da’vat
etadi?
A) «Yovvoyi echkilar va cho‘pon»
B) «Kiyik bilan tokzor»
C) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon»
D) «Eshak bilan baqalar»
48. «Og‘irning ostidan, yengilning ustidan o‘tma»
matali Ezopning qaysi masali mazmuniga mos
keladi?
A) «Eshak bilan baqalar»
B) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon»
C) «Yovvoyi echkilar va cho‘pon»
D) «Ustiga tuz yuklangan eshak»
49. «Kimki o‘ziga yaxshilik qilganlarga yomonlik
sog‘insa, u albatta jazoga yo‘liqqay», – degan
hikmatni Ezop qaysi masalida ilgari surgan?
A) «Yovvoyi echkilar va cho‘pon»
B) «Kiyik bilan tokzor»
C) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon»
D) «Eshak bilan baqalar»
50. «Ko‘rpangga qarab oyoq uzatgin» maqoli
Ezopning qaysi masali mazmuniga mos keladi?
A) «Yovvoyi echkilar va cho‘pon»
B) «Eshak bilan baqalar»
C) «Burgut, zag‘cha va cho‘pon»
D) «Kiyik bilan tokzor»
51. Ezop masallarini qayta ishlab, ijodiy boyitib, o‘z
davri xususiyatlariga ko‘ra to‘ldirib,
rivojlantirgan, o‘zlari ham ulardan ilhomlanib,
yangi masallar yaratgan fransuz va rus adiblari
kimlar?“AFROSIYOB” education Ziyodullo Polvonov
@ona_tili_adabiyot_AFROSIYOB
A) Lafonten, Krilov B) Fyodr, Babriy
C) Lessing, Gellert D) Fedr, Babriy
52. Ezop masallari
va ularning xulosalariga oid
o‘zaro mos javoblarni toping.
1) «Bo‘ri bilan laylak»; 2) «Kiyik bilan tokzor»;
3) «Eshak bilan baqalar»; 4) «Burgut, zag‘cha va
cho‘pon»; 5) «Ustiga tuz ortilgan eshak».
a) og‘irning ostidan, yengilning ustidan o‘tma;
b) behuda chiranish belni chiqaradi;
s) birni ko‘rib shukr qil, birni ko‘rib fikr qil;
d) yaxshilikni ham uning qadriga yetadigan
odamga qilish kerak;
e) qilmish – qidirmish.
A) 1-d, 2-b, 3-s, 4-e, 5-a B) 1-d, 2-e, 3-s, 4-b, 5-a
C) 1-b, 2-e, 3-s, 4-d, 5-a D) 1-d, 2-e, 3-s, 4-a, 5-b
53. «…men ham dengizni ichib yuborishim
mumkin», – deya mast holatda katta ketgan
Ezopning xo‘jayini kim edi?
A) Ksanf B) Likurg C) Krez D) Fedr
54. XVIII asr oxiri – XIX asr boshlarida masal
janrida katta asar yozgan o'zbek shoiri?
A) Muhammadsharif Gulxaniy, "Zarbulmasal"
B) Huvaydo, "Rohati dil".
C) So'fi Olloyor, "Sabot ul-ojiziyn
D) Mashrab, "Qissai Mashrab"
55. Alisher Navoiyning masal janriga yaqin shaklda,
majoz uslubida yozgan asarining nomi?
A) "Mahbub ul-qulub" B) "Lison ut-tayr"
C) "Hayrat ul-abror" D) "Layli va Majnun"
56. Ezop qaysi masali xulosasi bilan "Ko'rpangga
qarab oyoq uzatgin" deydi?
A) "Ustiga tuz yuklangan eshak"
B) "Eshak bilan baqalar"
C) "Yovvoyi echkilar va cho'pon"
D) "Burgut, zag'cha va cho'pon"
57. Har bir inson, avvalo yaxshilik nima-yu,
yomonlik nima farqiga borishi, o'z ongi, aql-u
farosati bilan anglab olishi kerak. Ushbu fikr
Ezopning qaysi masaliga nisbatan qo’llangan?
A) “Yovvoyi echkilar bilan cho‘pon”
B) “Kiyik bilan tokzor” C) “Bo‘ri bilan laylak”
D) “Ustiga tuz ortilgan eshak”
58. Yomon fe'lli, baxil odam, unga har qancha
yaxshilik qilmang, og'irini yengil qilaman,
yordam beraman deb o'ylamang baribir u
sizning yaxshiligingizni bilmaydi. Ushbu fikr
Ezopning qaysi masaliga nisbatan qo‘llangan?
A) “Yovvoyi echkilar bilan cho‘pon”
B) “Kiyik bilan tokzor”
C) “Bo‘ri bilan laylak”
D) “Ustiga tuz ortilgan eshak”
59. “Ustiga tuz ortilgan eshak” hamda “Burgut,
zag‘cha va cho‘pon” masallarida olg‘a
surilgan
g‘oyaga mos keluvchi hikmatni aniqlang.
A) “Behuda chiranish belni chiqaradi”
B) “Yetti o‘lchab bir kes”
C) “Osilsang ham baland dorga osil”
D) “Torga tor dunyo”
60. Al-Buxoriy hadislarida keltirilishicha, «Salom
berish islom amallaridandir» hadisida uchta
xislatni o‘zida mujassam qilgan kishining iymoni
mukammal bo‘lishi kimning tilidan aytiladi?
A) Ali B) Sahl ibn Sa’d
C) Ammor ibn Yosir D) Abu Hurayra
1. Intermediyalar adabiyotning qaysi turiga mansub?
A) she’riyat B) nasr
C) dramaturgiya D) maxsus tur
2. Quyida berilgan maqollarning qay biri ko‘chma
ma’noli so‘zlardan iborat emas?
A) «Qazisan, qartasan, axir aslingga tortasan»
B) «Yer haydasang, kuz hayda, kuz haydamasang,
yuz hayda»
C) «Olmaning tagiga olma tushadi»
D) «Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydi»
3.
«Ey volida, duolaring sharofatidan Alloh
O‘g‘lingga ko‘rish ne’matini qaytardi!» - deb
Oyshabibiga xitob qilgan payg‘ambar ismi qaysi
javobda berilgan?
A) Muso B) Muhammad (s.a.v) C) Ibrohim D) Yoqub
4.
«Og‘irning ostidan, yengilning ustidan о‘tmа»
Ushbu xulosa Ezopning qaysi masalidan kelib
chiqadi?
A) “Kiyik bilan tokzor” B) “Yovvoyi echkilar bilan cho‘pon”
C) “Ustiga tuz ortilgan eshak”
D) “Eshak bilan baqalar”
5.
“…podshoh degani it go‘shtidan ham qaytmaydi”.
Ushbu gap qaysi qahramon tilidan aytilgan?
A) to‘ng‘ich botir B) o‘rtancha botir
C) kenja botir D) vazir
6. “
Uzun umring bor bo‘lsin,
Bola, baxting yor bo‘lsin».
Ushbu jumla kimning tilidan olingan?
A) Baxtiyor B) Qul Tarlon C) Jurjon xoni D) baliqchi
7. “O‘riklar gullar” sheʼrida
“Donday yoyiq” deb
nima ta’riflangan?
A) yoshlik B) yillar C) o‘rik guli D) bahor
8. Oddiy odamlar taqdiriga befarq, bag‘ritosh,
oldidagi narsa nima ekanini oxirigacha surishtirmay,
bir sho‘rlik keksani oʻldirtirib yuborgan podshoh
obrazi qaysi asarda uchraydi?
A ) “Guliston bit-turkiy” B) “Oygul bilan Baxtiyor”
C) “Hisomiddin al-Yog‘iy” D) “Mening oʻgʻrigina bolam”
9. 1812-1822-yillarda Grimmlar yozgan qaysi asar
uch jildlik edi?
A) «Zolushka» B) «Yosh pahlavon»
C) «Bremen musiqachilari» D) «Bolalar va oilaviy ertaklar»
10. Qaysi ertak qahramoni hammadan turtki
yeydigan, so‘kish eshitadigan va eng qiyin
yumushlarni bajaradigan obraz bo‘lib, ertak
davomida o‘zining halol mehnati, yoqimli so‘z va
odoblari bilan baxtiyor bo‘ladi?
A) «Botir tikuvchi» B) «Qor qiz» C) «Yosh pahlavon»
D) «Bolalar va oilaviy ertaklar»
11. Qaysi ikki asar deyarli
bir vaqtda yozildi va ikkala
asar хalqimizning o‘zligini anglashida muhim rol
oʻynadi?
A) “Oʻzbekiston”, “Oʻzbegim”
B) “Xotiram siniqlari”, “Turkman binosi”
C) “Kamtarlik haqida”, “Sayding qoʻya ber,sayyod…”
D) “Tor koʻngullik beklar”, “Ajab ermas”
12. «Tingla, hayot!» asari kimning ijod namunasi
sanaladi?
A) Erkin Vohidov B) Anvar Obidjon
C) Mirtemir D) Maqsud Shayxzoda
13. «Karvоn yo'llarida» asari kimning ijod namunasi
sanaladi?
A) Mirkarim Osim B) Abdulla Avloniy
C) Asqad Muxtor D) Gʻafur Gʻulom
14. Abdulla Qahhorni suyuntirib yuborgan asar
nomini toping.
A) «Dunyoning sihlari» (Oʻ. Hoshimov)
B) «Jaloliddin Manguberdi» (M. Shayxzoda)
C) «Oʻzbegim» (E. Vohidov)
D) «Cho‘l havosi» (Oʻ. Hoshimov)
15.
“Oralarida bir-birlariga shunday muhabbat
paydo bo‘ldiki, bunga osmonning o‘zi ham hasad
qilardi”.
Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
A) “Kichkina shahzoda” B) “Bolaning ko‘ngli podsho”
C) “Hellados” D) “Hayrat ul-abror”
16. N.Dumbazdening qaysi asari asosida o‘zbek
san’atkorlari ko‘p qismli video film yaratishgan?
A) “Kukaracha” B) “Abadiyat qonuni”
C) “Hellados” D) “Oq bayroqlar”
17. A.Obidjonning ilk komediyasi qaysi qatorda
to‘g‘ri berilgan?
A) “Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi” B) “Meshpalvon”
C) “Topsang – hay -hay” C) “To‘tiqul”
18.
“Cho‘pday ozg‘in, yelkalari turtib chiqqan,
qirraburun, ko‘zlari charosdek qop-qora, qo‘llari
uzunligidan tizzasiga tushib turadigan”.
Ushbu parchada qaysi asar qahramoni
ta’riflanmoqda?
A) “Hellodos” da Yanguli
B) “Fonarchi ota” asarida Qosim
C) “Kichkina shahzoda”asarida Kichkina shahzoda
D) “Bolani ko‘ngli podsho” asarida bolakay
19. Muqumiydan keyin “Sayohatnoma” yaratgan
ijodkorlar qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
A) Furqat Nisbat, Zavqiy
B) Furqat, Zavqiy, Tajalliy
C) Zavqiy, Nisbat, Muhayyir
D) G‘aribiy, Nasimiy, Mavlaviy
20.
Bir kishi bir qo у ustiga yetti
Ki, bo‘ri ilikidin xalos etti.
Kecha so‘ymoqqa qo‘yni bo‘ldi ravon,
Qo‘у ko‘rib oni ayladi afg‘on:
Ki bo‘rini tutar edim dushman,
Emdi bildim, bo‘ri sen erkansan.
Sa’diy Sheroziyning “Guliston” asridan olingan
ushbu parcha qaysi janrda yozilgan?
A) muxammas B) qit’a
C) ruboiy D) masnaviy
21. M. Osimning tarjima asar(lar)i qaysi qatorda
to‘g‘ri berilgan?
A) Gyotening “Faust” asari, Yesenin she’rlarini
B) Dantening “Ilohiy komediya” asarini
C) Аntik dunyo shоiri Hоmеr, shuningdеk, Sh.
Rustаvеli, H. Haynе, R. Tаgоr, Mахtumquli, Bеrdаq,
N. Hikmаt shе’riy аsаrlаri, “Mаnаs” qirg‘iz хаlq
еpоsi, “Qirq qiz” qоrаqаlpоq хаlq dоstоni
D) M. Sholoxovning “Tinch oqar Don”, S.
Borodinning “Yeldirim Boyazid” romanlarini, L.
Batning “Hayot bo‘stoni” qissasini
22.
Bu yerda shoirga qo‘yildi haykal,
Inson zakovati, aqli, mehri bu!
Keksa tabiatga berilgan sayqal,
She’riyat qudrati, san’at sehri bu.
Ushbu satrlar kimga bag‘ishlov tarzida yozilgan?
A) U.Nosir B) Navoiy
C) Zulfiya D) H.Olimjon
23. Qaysi asarda
“jahon podshohlari oshiq bo‘lib
yig‘lab yurgan qizlar” tilga olinadi?
A) “Uch og‘a-ini botirlar” ertagi
B) “Botir tikuvchi” ertagi
C) “Zulmat ichra nur”asari
D) “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostoni
24. “Hayot bo‘stoni” janriga ko‘ra nima?
A) hikoya B) qissa
C) roman D) drama
25. “Zulmat ichra nur”da “tor va tanburni yaxshi
chaladi” deya asarda kim ta’rif etiladi?
A) Kobuliy B) G‘iyosiddin
Kichkina
C) G‘aribiy D) Ali Yazdiy
26. “Fonarchi ota” hikoyasida fonar kimning uyining
tepasiga o‘rnatilgan edi?
A) Qosimning B) Oybeklarning
C) Ahmadning D) Tursunqul akaning
27.
Supuriqsiz, qarovsiz qolgan keng hovlida juda
baland, beo‘xshov eski paxsa devorli xonaning
kichkina, shaloq darchasi bor bo‘lgan uyning egasi
kim? (“Bolaning ko‘ngli podsho”)
A) Dadaqo‘zi B) Mirahmad
C) Ahmad D) Musulmonqul
28. Oybek tarjima qilmagan asarni belgilang?
A) «Yevgeniy Onegin» B) «Sosunli Dovud»
C) «Dubrovskiy» D) «Maskarad»
29. 10 yil tergov qilinib 10 yilga qamalgan adib kim?
A) G‘afur G‘ulom B) Mirkarim Osim
C) Abdulla Qodiriy D) Maqsud Shayxzoda
30.
Dunyoning bu chetidan turib bir odam o‘z
seviklisiga aytgan dil rozini dunyoning narigi
chekkasidagi boshqa bir odam tushunmas”, - fikri
“Dunyoning ishlari” qissasining qaysi bobida
keltirilgan ?
A) “Iltijo” B) “Qarz” C) “Haqqush” D) “Alla”