Mavzu: O'qituvchilarning darslarini kuzatish va dars fragmentini yaratish. Reja: Dars kuzatish va tahlil qilish orqali o‘quvchilarning umumiy tayyorgarligi bilish



Yüklə 34,44 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü34,44 Kb.
#190806
MAVZU O\'QITUVCH-WPS Officejdjjdjd


MAVZU:O'QITUVCHILARNING DARSLARINI KUZATISH VA DARS FRAGMENTINI YARATISH.
Reja:
1.Dars kuzatish va tahlil qilish orqali o‘quvchilarning umumiy tayyorgarligi bilish.
2.O‘qituvchinig darsini bir necha marta kuzatish va tahlil qilish uning pedagogik mahorati, ish tizimi, o‘quvchilarining o‘zlashtirishi.
3. Dars tahlili o‘quv mashg‘ulotini kuzatish, o‘rganish shaklida olib boriladi.

Dars kuzatish va tahlil qilish orqali o‘quvchilarning umumiy tayyorgarligi, bilim olishdagi faoliyati, o‘quv fanga bo‘lgan qiziqishi, diqqat bilan ishlashi, matn, xarita, jadval, asboblar bilan mustaqil ishlay bilishi, o‘qituvchiga bo‘lgan munosabati aniqlanadi. Shu bilan birga o‘qituvchining faoliyati ham tahlil qilinadi. Chunonchi, o‘qituvchining o‘quv dasturi materiallarini bilish darajasi, yangi mavzuni tushuntirish jarayonida asosiy fikrni ajratib olishi, ilmiylik va soddalik, ko‘rgazmalilik tamoyillariga rioya qilishi, dars maqsadini to‘g‘ri qo‘yishi, dars jarayonni to‘g‘ri rejalashtirishi, darsda hamkorlikka erisha olishi, bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni nazorat etish, o‘quvchilar bilan yakka va jamoada ishlashni tashkil eta bilishi, dars mobaynida vaqtdan unumli foydalanishi va pedagogik muamala madaniyatini egallaganlik darajasi, kabi jihatlar inobatga olinadi.


O‘qituvchinig darsini bir necha marta kuzatish va tahlil qilish uning pedagogik mahorati, ish tizimi, o‘quvchilarining o‘zlashtirishi, bilim darajasi kabi sohaviy va kasbiy layoqati yuzasidan xulosa chiqarish imkonini beradi.
Ta’kidlash joizki, umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchilarining darslarini tahlil qilishda ko‘pincha kuzatuvchilar darsga yaxlit tizim sifatida qaramay ko‘proq tashqi jihatlariga baho beradilar, darsning mazmun-mohiyati xususida yuzaki muloxaza yuritadilar. Shuningdek, dars tahlilida o‘qituvchining ko‘rsatmali quroldan foydalanishi, didaktik kartochkalar bilan ishlashi va hokazolar aytiladi-yu, ammo ulardan nima maqsadda, qaysi vaziyatda foydalanilgani, qanchalik samara berganligi, vaqt taqsimotiga to‘g‘ri amal qilinganligi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan olmaganligi kabi masalalar to‘g‘risida fikr yuritilmaydi. Bundan tashqari yana bir jiddiy kamchilik o‘qituvchining o‘zini o‘zi tahlil qilishga e’tibor qaratmaslikdir. O‘zini-o‘zi tahlil qilish tamoyili o‘qituvchining o‘z faoliyatidagi yutuq va kamchiliklarini aniqlash va bartaraf etishga oid maqsadli yo‘lni belgilab olishiga asos bo‘ladi. O‘qituvchilar aksariyat hollarda dars jarayonida quyidagi xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yadilar. Jumladan:
Dars maqsadi bilan o‘quvchilarni tanishtirmaslik;
Interfaol metodlardan samarasiz foydalanish;
Dars jarayonida barcha o‘quvchilarning ishtirokini ta’minlay olmaslik;
O‘quvchilar bilan yakka va jamoa tartibda ishlashga erisha olmaslik;
O‘quvchilarning mustaqil ishlashini ta’minlamaslik.
O‘quvchilar bajargan ishlarini vaqtida baholamaslik;
O‘kituvchi nutqining ravon ta’sirchan emasligi;
Mavzuni amaliyot bilan bog‘lab tushuntirmaslik;
Mavzuni ilmiy va amaliy nuqtai nazardan tushuntirishga e’tibor bermaslik;
Sinf doskasi, darslik, o‘quvchi daftari, qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanishning tizimli yo‘lga quyilmaganligi;
O‘quvchilarga beriladigan savollarning muammoli tarzda tuzilmaganligi kabilar.
Darslar aniq maqsad asosida kuzatilishi va tahlil qilish lozim. Shundagina natijasi samarali bo‘ladi va o‘quv jarayoni yuzasidan aniq xulosa chiqarishga yordam beradi. Dars tahlilida tizimsizlik, aniq bir maqsadning yo‘qligi, darsga tasodifan qatnashish, darsni chuqur tahlil qila olmaslik, o‘kituvchiga amaliy yordam ko‘rsata olmaslik esa darslar sifatining va saviyasining pasayib ketishiga olib keladi.
Darslarni tahlil qilish faqatgina metodik ahamiyatga ega bo‘lmay, balki maktabda o‘quv-tarbiya jarayoniga rahbarlik va nazoratning muhim shakllaridan biridir. O‘qituvchi darsini kuzatish va tahlil qilish amaliyotining tizimli amalga oshirilishi darslarni qiyoslash va yo‘l qo‘yilgan xatolarning bartaraf etilganligini aniqlash imkoniyatini beradi. O‘qituvchilarning o‘zaro dars kuzatishi tajriba almashinuv jarayoni bo‘lib, dars o‘tayotgan o‘qituvchi bor mahoratini ishga solib, yuqori ishchanlik bilan faoliyat ko‘rsatsa, tahlil qiluvchi o‘qituvchi esa taklif va mulohazalar berish orqali tajribasini boyitadi, metodik malakasini oshiradi.
Dars tahlili o‘quv mashg‘ulotini kuzatish, o‘rganish shaklida olib boriladi. Щu o‘rinda savol tug‘iladi. O‘qituvchining darsi kim tomonidan kuzatilishi lozim? Qanday maqsad Bilan kuzatiladi va tahlil qilinadi? O‘qituvchining darsi viloyat XTB, tuman, xalq ta’limi bo‘limi, ta’lim muassasalari rahbarlari, xodimlari, metodistlar va o‘qituvchilar tomonida kuzatiladi va tahlil qilinadi.ta’lim va tarbiya jarayoni sifatini aniqlash;
o‘qituvchining pedagogik mahoratini oshirishga yordam berish;.
ilg‘or ish usullari va metodlarini o‘rganish va ommalashtirish;.
o‘qituvchilarning o‘zaro tajriba almashishi;
o‘quvchilarning bilimi va tarbiyalanganlik darajasini aniqlash;
ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
o‘quvchilarning bilish faoliyatini o‘rganish;
dars jarayonida yuzaga kelashi mumkin bo‘lgan xato va kamchiliklarning oldini olish o‘qituvchiga amaliy va metodik yordam ko‘rsatish;
ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar psixologik xususiyatlarinng
tomonlarida o‘ziga xosligini e’tiborga oliish;
darsda o‘quvchilarni faollashtirish va mavzuni o‘zlashtirishlari e’tiborga olinganligi.
Dars o‘quv jarayonining juda ko‘p ta’lim-tarbiya qirralarini hal qiluvchi asos hisoblanadi. Shunga ko‘ra darsga kuzatuvchi va tahlil qiliuvchilardan maxsus tayyorgarlik ko‘rish talab etiladi.

Darsni tahlil qilish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi.


Darsni kuzatishga tayyorgarlik
Darsning borishini kuzatish
O‘z-o‘zini tahlil qilishni ta’minlash
Dars tahlili va takliflar berish
Darsni tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor qaratishni tavsiya etamiz.
1. Darsni kuzatishdan oldingi tayyorgarlik.
dars kuzatishdan ko‘zlanayotgan maqsad va vazifalarni shakllantirish;
kuzatiladigan darsni aniq belgilab olish;
dars kuzatish tuzilmasini tayyorlash;
kerakli materiallarni tayyorlash; o‘qituvchi bilan suhbatlashish.. Dars tuzilmasi va darsning tashkil qilinishini tahlil qilishda:
dars tuzilmasining dars maqsadlariga mosligi;.
darsning turi, strukturasining puxta o‘ylanganligi;
darsning bosqichlarining mantiqiy ketma- ketliligi va bir- biri bilan bog‘liqligi;
dars bosqichlari uchun vaqtning to‘g‘ri taqsimlanganligi;
o‘qitish shakllarining to‘g‘ri tanlanganligi;
dars rejasining mavjudligi va uning o‘qituvchi tomonidan bajarilishini tashkil qilish;
dars jihozlari. O‘qituvchi va o‘quvchilarning mehnatini unumli tashkil qilish.
4. Dars mazmunini taxlil qilishda.
dars mazmunining Davlat ta’lim standarti talablariga mosligi;
materiallarning ishonchliligi, to‘liqligi, tushunarliligi;
bayon qilinayotgan materiallning ilmiy darajasi;
darsning tarbiyaviy yo‘nalishi, ta’limiy ta’sir darajasi;
darsni hayot, mehnat tarbiyasi va kasbga yo‘naltirish bilan bog‘lash;
o‘quvchilar tomonidan yangi bilimlarni qabul qilishdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish;
yangi materiallning asosiy g‘oyasini ajratish. Yangi tushunchalarni shakllantirish. Tayanch bilimlarning muhimligini ko‘rsatish.
5. O‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilish.

Mashq va topshiriqlarning xususiyatlari, mustaqil ishlarning turlari, murakkablik darajasi, o‘quvchilar tayyorgarlik darajasining hisobga olinganligi;


o‘qituvchi tomonidan tushuntirish ishlarining olib borilishi;
o‘qituvchining yordami. Yangi materialning o‘zlashtirilganlik darajasi;
yangi mavzuning oldingi mavzular bilan bog‘langanligi. Takrorlash (tashkil qilish, shakllari, usullari, hajmi).
6. Dasr o‘tish metodikasini tahlil qilish.

O‘qitishning metod, vosita va usullarini tanlashda o‘quv materialining mazmuniga, dars maqsadlariga, sinfning imkoniyatlariga mos tanlanganligi va asoslanganligi. O‘qituvchi tomonidan darsning har bir bosqichida metod, usullarni to‘g‘ri qo‘llaganligi, ishlatilayotgan metod va usullarning xilma- xilligi. Ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, texnika vositalaridan samarali foydalanilganligi. O‘qituvchining metodik qurollanganligini va pedagogik texnikasini baholash 7. O‘quvchilarning darsdagi intizomi va ish faoliyatini tahlil qilish. Sinfga umumiy baho berish. Sinfning diqqati va faolligi. Fanga bo‘lgan qiziqishi. O‘quvchilarning dars bosqichlaridagi layoqati O‘quvchilarning mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil qilish. O‘quv faoliyati shakllaridan foydalanishning samaradorligi va maqsadga muvofiqligini baholash. Umumta’lim va maxsus ko‘nikma va malakalarni shakllantirish. Yagona talablarning bajarilishi. Iqtidorli va qoloq o‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlash. Umumiy va yakka ishlash faoliyatni birgalikda olib borish. Sinfning intizomi va intizomni saqlash usullari.Dars kuzatish va tahlil qilish orqali o’quvchilarning umumiy tayyorgarligi, bilim olishdagi faoliyati, o’quv faniga bo’lgan qiziqishi, diqqat bilan ishlashi, matn, xarita, jadval, asboblar bilan mustaqil ishlay bilishi, o’qituvchiga bo’lgan munosabati aniqlanadi. Shu bilan birga o’qituvchining faoliyati ham tahlil qilinadi. Chunonchi, o’qituvchining o’quv dasturi materiallarini bilish darajasi, yangi mavzuni tushuntirish jarayonida asosiy fikrni ajratib olishi, ilmiylik va soddalik, ko’rgazmalilik tamoyillariga rioya qilishi, dars maqsadini to’g`ri qo’yishi, dars jarayonini to’g`ri rejalashtirishi, darsda hamkorlikka erisha olishi, bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishni nazorat etishi, o’quvchilar bilan yakka va jamoada ishlashni tashkil eta bilishi, dars mobaynida vaqtdan unumli foydalanishi va pedagogik muomala madaniyatini egallaganlik darajasi kabi jihatlar inobatga olinadi.


O’qituvchining darsini bir necha marta kuzatish va tahlil qilish, uning pedagogik mahorati, ish tizimi, o’quvchilarining o’zlashtirishi, bilim darajasi kabi sohaviy va kasbiy layoqati yuzasidan xulosa chiqarish imkonini beradi.


Ta’kidlash joizki, umumiy o’rta ta’lim maktab o’qituvchilarining darslarini tahlil qilishda ko’pincha kuzatuvchilar darsga yaxlit tizim sifatida qaramay ko’proq tashqi jihatlariga baho beradilar, darsning mazmun-mohiyati xususida yuzaki mulohaza yuritadilar. Shuningdek, dars tahlilida o’qituvchining ko’rsatmali qo’llanmadan foydalanishi, didaktik kartochkalar bilan ishlashi va hokazolar aytiladi-yu, ammo ulardan nima maqsadda, qaysi vaziyatda foydalanilgani, qanchalik samara berganligi, vaqt taqsimotiga to’g`ri amal qilinganligi, o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan-olmaganligi kabi masalalar to’g`risida fikr yuritilmaydi. Bundan tashqari yana bir jiddiy kamchilik o’qituvchining o’zini o’zi tahlil qilishiga e’tibor qaratmaslikdir. O’zini-o’zi tahlil qilish tamoyili o’qituvchining o’z faoliyatidagi yutuq va kamchiliklarini aniqlash va bartaraf etishga oid maqsadli yo’lni belgilab olishiga asos bo’ladi. O’qituvchilar aksariyat hollarda dars jarayonida quyidagi xato va kamchiliklarga yo’l qo’yadilarDarslar aniq maqsad asosida kuzatilishi va tahlil qilinishi lozim. Shundagina natijasi samarali bo’ladi va o’quv jarayoni yuzasidan aniq xulosa chiqarish imkonini beradi. Dars tahlilida tizimsizlik, aniq bir maqsadning yo’qligi, darsga tasodifan qatnashish, darsni chuqur tahlil qila olmaslik, o’qituvchiga amaliy yordam ko’rsata olmaslik esa darslar sifatining va saviyasining pasayib ketishiga olib keladi.
Darslarni tahlil qilish faqatgina metodik ahamiyatga ega bo’lmay, balki maktabda o’quv-tarbiya jarayoniga rahbarlik va nazoratning muhim shakllaridan biridir. O’qituvchi darsini kuzatish va tahlil qilish amaliyotining tizimli amalga oshirilishi darslarni qiyoslash va yo’l qo’yilgan xatolarning bartaraf etilganligini aniqlash imkoniyatini beradi. O’qituvchilarning o’zaro dars kuzatishi tajriba almashinuv jarayoni bo’lib, dars o’tayotgan o’qituvchi bor mahoratini ishga solib, yuqori ishchanlik bilan faoliyat ko’rsatsa, tahlil qiluvchi o’qituvchi esa taklif va mulohazalar berish orqali tajribasini boyitadi, metodik malakasini oshiradi.
Dars tahlili o’quv mashg`ulotini kuzatish, o’rganish shaklida olib boriladi. Shu o’rinda savol tug`iladi. O’qituvchining darsi kim tomonidan kuzatilishi lozim? Qanday maqsad bilan kuzatiladi va tahlil qilinadi? O’qituvchining darsi viloyat XTB, tuman, xalq ta’limi bo’limi, ta’lim muassasalari rahbarlari, xodimlari, metodistlar va o’qituvchilar tomonida kuzatiladi va tahlil qilinadi.
Buning uchun, eng avvalo, darsga kirishdan maqsad nimadan iborat ekanligini aniqlab olish zarur. Dars quyidagi maqsadda kuzatiladi va tahlil qilinadi:
Sinfga umumiy baho berish. Sinfning diqqati va faolligi. Fanga bo’lgan qiziqishi. O’quvchilarning dars bosqichlaridagi layoqati.
O’quvchilarning mustaqil o’quv faoliyatini tashkil qilish. O’quv faoliyati shakllaridan foydalanishning samaradorligi va maqsadga muvofiqligini baholash. Umumta’lim va maxsus ko’nikma hamda malakalarni shakllantirish. Yagona talablarning bajarilishi. Iqtidorli va qoloq o’quvchilar bilan yakka tartibda ishlash. Umumiy va yakka ishlash faoliyatni birgalikda olib borish. Sinfning intizomi va intizomni saqlash usullari.
8. O’qituvchining o’quvchilar bilan muloqati.
Pedagogik etikasi, nutqi, ahloqiy va psixolagik iqlimning tashkil etilishi.
9. O’quvchilar bilimini baholash
O’kuvchilarga berilgan bilim, ko’nikma va malakaning sifati. Mustahkam va chuqur bilim berilishi.Ғoya va materiallarning asosiy tomonlarini ko’rsata olishi, amaliy ko’nikmalarning egallaganlik darajasi.
Tekshirish turlari. Baholarning jamlanganligi.
Geografiyning ribojlanishiga juda katta hissa qo`shgan allomalardan biri – sayyoh, geografik tadqiqotlar tashkilotchisi, buyk rus olimi Petr Petrovich Semyonov – Tyanshanskiydir (1827 – 1914). U geografiyaning predmeti va vazifalari masalalri bilan ham bevosita shug`ullangan. U K.Ritterning “Osiyo Yer bilimi” asarining rus tilidagi nashriga yozgan so`zboshida keng va tor ma`nodagi geografiyani farqlaydi. Keng ma`nodagi geografiya Yer sharini qattiq, suyuq va gaz qobiqlari bilan birgaliqda, uning boshqa sayyoralarga va unda yashaydigan organizmlarga munosabati qonunlarini to`liq tadqiq qiladi.Uning firicha keng ma`nodagi geografiya tadqiqot predmetining o`zshashligi bilan o`zaro bog`liq bo`lgan fanlarning butun tabiiy guruhidir. Fanlarning bu guruhiga matematik geografiyani, Yerni vauning tuzilishi qonunlarini o`rganadigan tabiiy geografiyani, etnografiyani va statistikani kiritadi.
Tor ma`nodagi geografiya Yer yuzasining fiziografiyasi, ya`ni uning doimiy, asrlar davomida tabiatning o`zi tomonidan belgilangan o`chmaydigan tuzulishiniham, inson qo`li bilan yaratilgan o`zgaruvchan, o`chadigan tuzilishini ham tasvirlashdir. L.S. Berg P.P.Semyonov – Tyanshanskiyning tor ma`nodagi geografiyasini mamlakatshunoslik deb hisoblagan edi. A.G. Isachenko esa (1971) yadrosini tabiiy geografiya tashkil etadigan tabiiy fan deb hisoblaydi.
XIX asrning so`ngi choragida geografiya Yer yuzasi haqidagi fan ekanligi to`g`risida tushuncha vujudga keldi. Bu tushuncha nemis geografi va geologi Ferdinand fon Rihtgofen (1833 – 1905) tomonidan rivojlantirildi. F.Rixtgofen geografiya o`simlikni Yer yuzasiga bo`lgan munosabatda, insonni esa butun tabiatga bo`lgan munosabatda o`rganish lozimligini ta`kidlagan edi. Geografiyaning eng asosiy maqsadi F.Rihtgofenga ko`ra, jonli tabiatning jonsiz tabiat bilan bilan bog`lik ekanligini hisobga olgan holda insonning jonli va jonsiz tabiat bilan aloqalari va munosabatlarini ochib berishdan iborat. U geografiyaning o`rganish predmetini quruqlik, dengiz va atmosferaning o`zaro ta`sirdagi Yer yuzasi (Erdoberfläche) deb hisoblagan; geografiyaning o`ziga xos maqsadi Yer yuzasida mujassam o`zaro ta`sirda namoyon bo`ladigan turli hodisalarga e`tiborni qaratilishi lozim, deb hisoblaydi. Ratzel geografik determinizmni sotsial darvinizm bilan to`ldirdi, ya`ni biologik qonunlarni ijtimoiy munosabatlarni o`rganishga ko`chirishga harakat qildi. U kengayishga intiladigan davlatning organizm sifatidagi g`oyaning ham asoschisidir.
Pol Vidal de la Blash (1845 – 1918) – geografiyaning rivojlanishiga salmoqli hissa qo`shgan fransuz olimidir.Uning fikricha geografik tadqiqotlarda asosiy e`tibor uncha katta bo`lmagan bir xil hududlarni bevosita o`rganish yo`li bilan inson va uning bevosita atrof muhiti (milieu) orasidagi mujassam o`zaro aloqalarga qaratilmog`i lozim. Fransiyada bunday hududlarni “peylar (pays)” deb atash qabul qilingan. Vidal geografik tadqiqot metodri to`g`risida bir qator g`oyalarni ishlab chiqqan. U xorologiya (yun. choros joy; logos fan, ta`limot) konsepsiyasini hududning o`zaro ta`sirda bo`lgan Yer yuzasining muayyan joylarini ifodalaydigan birligi orqali bog`langan ob`yektlar va hodisalarni o`rganish metodi sifatida qo`llab – quvvatlagan. Uning fikricha “…geografiya …bilimlarning umumiy xazinasiga o`zining tabiat qo`shgan narsalarni qismlarga bo`laklamaslik, umuman butun Yer yuzasida ham, ularning joylashuvining ayrim rayonlari doirasida ham narsalarning nisbati va aloqasini tushunish qobiliyatini kiritadi” deb yozgan edi (Jeyms, Martin, 1988). Vidal de la Blash asos solgan fransuz geografiya maktabi geografiyaning tabiiy va ijtimoiy komponentlariga baravar e`tibor bergan. Shu maktabning yorqin namoyondalaridan biri E. de Martonne asosan tabiiy geografiya bilan shug`ullangan. U geografiyadagi an`anaviy bilimni geologiya, geofizika va biologik bilimlarning ishonchli asoslari bilan qo`sha bilgan.
Geografiya darslarini rejalashtirish geografiya ta'limidagi muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Ma'lumki, umumiy o'rta ta'lim maktablarida geografiyani o'qitishning asosiy shakli dars sanaladi. Darsda o'quv fani yuzasidan asosiy o'quv materiali o'rganiladi, lekin dars o'qitishning boshqa shakllari bo'lgan darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg'ulotlar va ekskursiyalar bilan uzviy bog'liq. Chunki darsda darsdan tashqari ishlar masalan, geografiya maydonchasida olib borilgan o'lchov ma'lumotlari, tayyorlangan ko'rgazmali qurollar, ekskursiyada tayyorlangan gerbariylar va kollektsiyalardan foydalaniladi. Sinfdan tashqari mashg'ulotlar o'quvchilarning geografiya o'quv fanlaridan o'zlashtirgan bilim va ko'nikmalarini mustahkamlashga, kengaytirishga, rivojlantirishga, kasbga ongli ravishda yo'llashga xizmat qiladi. Demak, geografiyani o'qitishda dars, darsdan tashqari va sinfdan tashqari mashg'ulotlar, ekskursiyalardan o'z o'rnida rejali va samarali tashkil etilishi, ya'ni o'qitishga tizimli yondoshuvni amalga oshirish lozim.
Yüklə 34,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin