15 - mavzuAdabiy tilning o‘ziga xos xususiyatlari. Adabiy til shakllari Og‘zaki nutq:Mavzuga oid matnni o‘qib tushunish. Matndagi asosiy fikrni ajratib so‘zlab berish.
Yozma nutq: Yozma nutq: “Men o‘zbek tilini o‘rganyapman” mavzusida dialog tuzish va uni inssenirovka qilish. Mutafakkirlarning til haqidagi fikrlaridan namunalar keltirish.
O‘zbеk tili o‘zbеk millatining davlat tilidir.
O‘zbеk (turkiy) tili qadimiy tillardandir. Dastlabki yozma yodnomalar VI-VII asrlarga oid O‘rxun-Enasoy yozuvlarida uchraydi.
X-X1 asarlardan boshlab o‘zbеk (turkiy) tilda yirik asarlar yaratila boshlandi.
Jumladan: Mahmud Qoshg‘ariyning «Dеvonu lug‘otit turk», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig», Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq» asarlari. Ahmad Yassaviy, Rabg‘uziy, Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy, Xorazmiylar turk (o‘zbеk) tilining rivojlanishida katta xizmat qildilar. Turk (o‘zbеk) tilining rivojida A.Navoiyining o‘rni bеqiyosdir. A.Navoiy o‘zbеk tili mavqеyini ham nazariy, ham amaliy jihatdan barqaror etdi.
O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Kеngashining 1989-yil 21-oktabrdagi sеssiyasi o‘zbеk tiliga davlat tili maqomini bеrdi, o‘zbеk tili O‘zbеkiston Rеspublikasining Davlat tili dеb e’lon etildi. O‘zbеkiston Rеspublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatida ish yuritish rеspublika davlat tilida olib boriladi va aynan tarjimasi ta’minlanadi. Bu o‘zbеk xalqining siyosiy va madaniy hayotidagi eng yirik va muhim voqеalardan biri bo‘ldi. Hozirgi o’zbek til io’zbek millatining tili o’zbek milliy madaniyatining ko’zgusidir. Hozirgi o’zbek adabiy tili muayyan qolipga solingan o’zbek xalqining madaniy ehtiyojlariga xizmat qiladigan milliy adabiy tildir.Fan va texnika, matbuot va adabiyot, davlat idoralari va o’quv yurtlari, kino va oinai jahon tilidir.
Adabiy til umumxalq tilining yozuvchilar, so’z sa4atkorlari tomonidan sayqal berilgan ko’rinishidir. Adabiy til yozma va og’zaki shakllarga ega. O’zbek adabiy tili juda katta taraqqiyot bosqichini bosib o’tgan. U dastlab X-Xl asrlar davomida umumturkiy adabiy til sifatida rivojlanadi, asta–sekin uning adabiy meyorlari yuzaga kela boshlaydi. Bu holat O’rta Osiyodagi barsha turkiy xalqlarning umumiy merosi hisoblangan «Devonu lug’otit turk», «Qutadg’u bilig», «Hibatul haqoyiq» singari yodgorliklarda ochiq ko’rinadi. eng qadimiy shakllaridan biri sifatida esa Urxun-Enasoy yozma yodgorligini aytib o’tish mumkin. Bu yodgorlik xalqimizga tosh bitiklar holida yetib kelgan.To’nyuquq, Bilgahoqon Kultekin yozma yodgorliklari deb ataluvchi toshga yozilgan yozuvlar hozirgacha esdalik sifatida saqlanib kelinmoqda.Eski o’zbek adabiy tilini yuksak pog’onaga ko’tarishda, ayniqsa, buyuk alloma Alisher Navoiyning xizmatlari beqiyosdir. Uning katta til masalalariga atalgan «Muhokamatul-lug’atayn» asari xalqimizga fors-tojik tili va turkiy tillar o’rtasidagi bag’oyat katta farqni ko’rsatib beraoldi.
Adabiy tilni bilish uchun esa til meyorlarini bilish va unga rioya qilish shart. Ta’lim meyorlariga rioya qilish nutqning aniq ravon va ravshan bo’lishiga yordam beradi` Orfoeepik, orfografik, leksik, grammatik meyorlar bir-biridan farq qilinadi.