Adabiy tilning o‘ziga xos xususiyatlari. Adabiy til shakllari



Yüklə 26,88 Kb.
səhifə2/5
tarix19.12.2022
ölçüsü26,88 Kb.
#76238
1   2   3   4   5
Adabiy tilning o‘ziga xos xususiyatlari. Adabiy til shakllari

1992-yil 2-sеntabrda O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Kеngashining o‘n uchinchi sеssiyasida «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbеk alifbosini joriy qilish to‘g‘risida» O‘zbеkiston Rеspublikasining qonuni qabul qilindi.
1995-yil 21-dеkabrda «Davlat tili haqidagi» qonun qayta ko‘rib chiqilib, uning yangi tahrirdagi shakli qabul qilindi. Yangi tahrirdagi qonun 24 moddadan tashkil topgan:
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir.
2-modda. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va ellatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi.
3-modda. O‘zbek tilining O‘zbekiston Respublikasi hududida davlat tili sifatida amal qilishining huquqiy asoslari ushbu Qonun va boshqa qonunlar bilan belgilab beriladi.
Tilning Qoraqalpog‘iston Respublikasida amal qilishiga bog‘liq masalalar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonuni hujjatlari bilan belgilanadi.
Ushbu Qonun tillarning turmushda, shaxslararo muomalada hamda diniy va ibodat bilan bog‘liq udumlarni ado etishda qo‘llanishini tartibga solmaydi.
Fuqarolar millatlararo muomala tilini o‘z xohishlariga ko‘ra tanlash huquqiga egadirlar.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasida davlat tilini o‘iganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit hamda uning hududida yashovchi millatlar va ellatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bo‘lish ta’minlanadi, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiladi.
Fuqarolarga davlat tilini o‘qitish bepul amalga oshiriladi.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasida davlat tilida faoliyat ko‘rsatadigan, milliy guruhlar zich yashaydigan joylarda esa ularning tillarida faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarini tashkil etish ta’minlanadi.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslarga ta’lim olish tilini erkin tanlash huquqi beriladi. O‘zbekiston Respublikasida davlat tilida, shuningdek, boshqa tillarda ham umumiy, o‘rta maxsus va oliy ma’lumot olishni ta’minlaydi.

Yüklə 26,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin