Termiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Amaliy psixologiya ta’lim yo’nalishi 3-bosqich 311-guruh talabasi Damirova Sitoraning Davlat tilida ish yuritish fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Davlat tilida ish yuritish kursining maqsad, vazifalari, obyekti va predmeti
Mavzu: Davlat tilida ish yuritish kursining maqsad, vazifalari, obyekti va predmeti
Reja:
1. Davlat tilida ish yuritish fanining maqsad va vazifalari.
2. Davlat tilida ish yuritish fanining obyekti va predmeti.
3. Davlat tilida ish yuritish faning hozirgi zamon dolzarbligi va ahamiyati.
Davlat tilida ish yuritish fani o’tilishidan ko’zda tutilgan maqsad universitetning tegishli fakultetini tugatib, oliy ma’lumotga ega bo’ladigan bo’lg’usi o’qituvchilar va murabbiylarimizga o’zlari tanlagan mutaxassisliklari hamda ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalar bo’yicha ona tilimizga oid, shuningdek, o’zlashma terminlar haqida tasavvur berish, ularning to’g’ri qo’llanilishi yuzasidan yo’llanma berish, amalda qo’llanilayotgan ish qog’ozlarining turlari, ularning namunalari, yozilishi, ularning o’ziga xos jihatlarini o’rgatish, ularning yetuk muataxassislar bo’lib yetishishlariga yaqindan yordam berishdir.
Davlat tilida ish yuritish fani leksikologiya, morfologiya, sintaksis, uslubshunoslik kabi filologik fanlar, universitetda o’tiladigan barcha mutaxassislik fanlari bilan bevosita bog’liqdir. Chunki bugungi talaba ertangi pedagog-murabbiydir. U yosh avlodga o’zi mutaxassis bo’lgan fandan ta’lim beradi. Shuning uchun pedagog- mutaxassislarning nutqi ravon, tushunarli, ta’sirli bo’lishi talab etiladi. Talabalar bu fan orqali o’zbek tilining boy leksik imkoniyatlaridan kengroq foydalanish, terminlarni yaratish, o’zbek xalqining davlatchilik, hujjatchilik borasidagi an’analarini o’rganib, boy tarixi, madaniyatidan xabardor bo’libgina qolmasdan, ulardan unumli foydalanishni ham o’rganadilar.
O’zbek hujjatchiligi tarixi uzoq davrlarni o’z ichiga oladi. Lekin mustabid tuzum siyosatining ta’siri ostida 30-yillardan keyin hujjatlarning asosiy qismi rus tiliga ko’chdi. O’zbek tilida esa barmoq bilan sanarli hujjatlar yuritilgan bo’lib, ularning ham ko’pchiligi rus tilidan aynan andoza qilib olingandi. Ayrimlarining esa normalari rus tilida qanday bo’lsa, o’zbek tilining xususiyatlari hisobga olinmay, xuddi shunday qo’llangan edi. Masalan: spravka, akt, raport, xarakteristika va boshqalar.