MAVZU: TILLARNING O'ZARO MUNOSABATLARI VA RIVOJLANISHI
Reja:
Tillarning geneologik (qarindoshligiga) ko’ra tasnifi
Tillarning o'zaro munosabatlari
Tillarning o'zaro munosabatlari va rivojlanish
Jahon tillarini tarixini o’rganish hech qachon tamom bo’lmaydi. Chunki hali tarihi o’rganilmagan tillar juda ko’p. Tillarning tarixini o’rganishda asosan ikki turli mitodlar qo’llanadi. Birinchisi, mutlaq xronologiya deb atalib, bunday o’zgarish qachon, qaysi asrda va qanday amalga oshirilganligi ancha aniq bo’ladi.
|
Lotin 1
|
grek
|
Uels
|
Ingliz
|
Island
|
Dat
|
Olmoq
|
ünus
|
oine
|
Un
|
one
|
einn
|
Een
|
Ikki
|
duo
|
duo
|
Dau
|
two
|
tveir
|
Twee
|
Uch
|
tres
|
treis
|
Tri
|
three
|
prir
|
Drie
|
Tillarda ustivor elementlar va doimiy o’zgarishlarga uchrab turuvchi elementlar mavjud. Xususan, shahs va kelishik qo’shimchalari ancha ustuvor, biroq “bilan” bog’lovchisi o’zgaruvchan hisoblanadi: bilan – ila-la kabi. Tillardagi “oyoq”, “suv”, “ikki”, “quyosh”, “bermoq”, “yemoq” so’zlarining o’zagi juda ustivor, aksincha, “yahshi”, “yomon”, “gapirmoq”, “yashin” so’zlarining o’zagi – ancha o’zgaruvchan. Bunday farqlanish bu so’zlarning ko’p qo’llanishi yoki zaruriy tushunchalar ekani bilan izohlanmaydi.
Insonning his-hayajoni so’zlarning ifoda kuchini belgilaydi. Tilda ko’p qo’llanuvchi “yaxshi” va “yomon” so’zlarining noustivorligi bunga misoldir. Ba’zan semantic jihatdan yaqin bo’lgan so’zlar ham turlicha qo’llanadi. Masalan, “o’ng” so’zi “chap” so’ziga qaraganda ustuvorroq, chunki “chap” so’zi yomon xodisa va odatlar bilan bog’liq. Bu so’zlarning ma’nolari aslida “qo’l” ma’nosi bilan bog’liq: qadimiy fors, dasta “qo’l”, avesto zasta “qo’l”, qadimiy hindi daksina-, qadimiy slavyan desnitsa “o’ng qo’l”, got taihswa “o’ng”, irland dess “o’ng”, nemis shevalarida tenk “chap”, ingliz left “chap”, qadimiy ingliz lof “qo’l kafti”, right o’ng rink, ruscha ruka. Bu sozlarda ramziy ma’no insonning kelajagini uning qo’liga qarab bashorat qila bilish mumkinligi bilan bog’liqdir.2 Yuqoridagi misollar bir til oilasi bo’lgan hind – ovrupo tillari doirasidagi qarindoshlikni izohlaydi. Lekin bu o’rinda ramziy ma’no qarindosh bo’lmagan tillarda ham o’xshash bo’lishi mumkin. O’zbek tilida ham “o’ng” va “chap” so’zlari “qo’l” so’zi bilan bog’lanib, yahshi va yomon, baxt va falokat ma’nolarini ifodalaydi. Turli tillardagi so’zlar va qo’shimchalarni qiyoslash yordamida ulardagi tovushlarning o’xshashligi va ba’zi farqlarini aniqlash mumkin. Yuqoridagi misolda buni sezish mumkin. Lekin so’zlaning ma’nolari o’rtasida farqlarni aniqlash ancha qiyin bo’lib, bu o’rinda qiyoslanayotgan so’zlarning kelib chiqishidagi asl ma’no va undan keyingi rivojlanishida yana qanday ma’no kashf etganini etimologik jihatdan aniqlash lozim bo’ladi.
Tillar bir-biriga tashqi ta’sir o’tkazadi. Bu ta’sir ularning qarindoshligiga bog’liq emas. Tillarning ginetik qarindoshligini aniqlash uchun ulardagi barcha o’zlashgan elementlarni hisobga olmaslik zarur. Boshqa tillardan o’zlashgan so’z o’zgartiruvchi affikslar juda kam yoki umuman qo’llanmaydigan sohalar mavjud. Bir-biriga juda yaqin bo’lgan tillar va shevalardan grammatik elementlar osonroq o’zlashadi. Shuningdek, moddiy va madaniy sohalarga tegishli so’zlar ham osonroq o’zlashadi.
Turli metodlar yordamida tillarning qarindoshligini aniqlashga harakat qilinadi. Qirg’iz Qozoq bilan, Rus Ukrain yoki Belorus bilan, Frantsuz Ispan bilan muloqot qilsa, ularning tili bir-biriga ancha o’xshash va binobarin qardosh ekanini yaxshi sezish mumkin. Muloqotda birorta so’zining talaffuzi ham yaqin kela olmasligi mumkin, binobarin, bu tillar qarindosh emasligi sezilarlidir. Tarixiy jihatdan qarindosh tillar bir davomiy lisoniy an’anaga asoslangan tillarning turli zamon va makondagi variantlaridir.3 Bunday qarash falsafiy jihatdan ontologik izohlash hisoblanadi. Til inson faoliyatining mahsulidir. Inson faoliyatidagi barcha moddiy va madaniy xususiyatlar, ijobiy va salbiy xususiyatlar tilda o’z ifodasini topadi. Eng qadimiy til hisoblanuvchi “proto-hind-ovrupo tili” yoki “proto-turkiy tili” o’z nomidan qanday tillar guruhini o’z ichiga olishi mumkin ekanligi ma’lum. Bu tillarni ba’zan “bobo til”, “eng qadimiy til” iboralari bilan ataymiz. Proto– hind- ovrupo tilidan proto-german, proto-slavyan, proto-eron tillari hosil bo’lgan deb faraz qilinadi. Masalan, proto-german tilidagi p yuqori nemis tilida pf yoki unlilardan keyin ff (pepper-pfeffer “гармдори, мурч”) shaklida; proto-german tilidagi t ts (yozuvda z) yoki unlilardan keyin ss shaklida (tongue,zunge “til”, Water-wasser “suv”); proto-german tilidagi k unlilardan keyin ch shaklida (break-brechen); proto-german tilidagi d esa t bo’lib (dance-tanzen, slavyan, rus tilida “танцы” ham shundan kelib chiqqan) qo’llanadi.
So’zlarning hozirgi tovush tarkibi va ma’nosini qiyoslash yordamida ularning qadimiy holati, yani “proto til”dagi ko’rinishi tiklanadi. Bu tillarning ichki tiklanishi yoki rekonstruktsiyasi deyiladi. Bunday metod ancha eski hisoblanadi, lekin u hozir ham qiyosiy-tarihiy metod yoki komparativistika (grekcha comparative-qiyoslash; tika- fan) nomi bilan mashhurdir. Qiyosiy-tarihiy metod qarindosh tillarning tarihi bilan bog’liq bo’lib, ularni har tomonlama chuqur ilmiy tadqiq qilish bilan shug’ullanadi. Bu metod yordamida qarindosh tillarning tovush tarkibi va semantic structurasi o’rganiladi. Masalan, quyidagi so’zlarda undoshlar tarkibiga e’tibor bering: qadimiy yuqori nemis tili Finf , hozirgi nemis tilida Fünf , qadimiy ingliz tilida Fif , hozirgi ingliz tilida five “besh”. Bunday tahlilda boshqa tillardan o’zlashgan so’zlardan foydalanish yahshi natija bermaydi.
Qiyosiy-tarihiy metod yordamida tillarning qarindoshligi aniqlanadi va eng qadimiy tildagi, yani protil (bobo til)dagi tovushlar tarkibi va so’zlarning ma’nolari tiklanadi. Demak, shunday eng qadimiy til mavjudki, hozirgi tillarning ba’zilari undan hosil bo’lgan va rivojlangan. Bunday ba’zi tillar mavjudligi ma’lum. Jumladan, hozirgi sharqiy slavyon tillari uchun “bobo til” (yoki protil) qadimiy rus tilidir. Hindiy tillari uchun pratil – Sanskrit tili hisoblanadi. Hozirgi turkiy tillari uchun qadimiy proturkiy til ikki guruhga bo’linadi: g’arbiy, turkiy tillar. O’zbek tili sharqiy turkiy tillar guruhidagi qarluq kichik guruhiga kiradi. Ana shunday jahon tillari o’rtasidagi qarindoshlik aloqalarini o’rganish orqali tillarni genetik tasnif qilinadi. Qarindosh tillarning eng katta guruhi til oilasiga birlashadi, bu o’z navbatida til guruhlarini til kichik guruhlarini tashkil etadi. Eng kichik guruh yoki alohida guruhga kirmovchi til yoki sheva o’zi ham yakka bir til oilasini tashkil etishi mumkin. Masalan, Yenisey daryosi bo’ylarida 700 kishi so’zlashadigan ket tili; Sahalinning sharqida Amur daryosi bo’ylarida 1,3 million kishi so’zlashadigan nivx tili.
Tillarning geniologik tasnifidagi oila-guruh, kichik guruh va nihoyat til shaklida berish shartli hisoblanadi. Chunki tillar o’rtasidagi genetic aloqalarni chuqurroq o’rganish asosida yangicha guruhlash mumkin bo’ladi. Hozirgi jahon tillari taxminan ikki yuzta til oilalaridan iborat bo’lsa, ulardan 22 tasi Yevraziyaga (Ovrupo va Osiyoga), tahminan 20 tasi Afrikada, qolganlari Amerika, Avstraliya, Yangi Gvineyaga to’gori keladi.
Tilshunoslik fanining rivojlanishi borasida til oilalari ham qisqaradi, o’zgarishlar ro’y beradi. Birnecha til oilalarini birlashtirib makrooila deb ataladi. Bunday makrooilaga bir-biri bilan qarindoshligi hali aniqlanmagan tillar ham birlashadi.1 Ana shunday til makrooilasiga hind-ovrupo, afra-osiyo, o’rol, oltoy, kartvel, dravid tillarini birlashtirib, nostratik tahmin yoki tilshunoslik nomi bilan mashhur bo’lgan qiziqarli soha ham mavjud. Bunday nostratik tilshunoslikda daniyalik olim X.Pedersen (1867-1953) va rus olimi V.M.Illich – Svitich (1934-1966) nom qozonganlar. Tillarning nostratik makrooilasiga kirganlari ichida yuzlab o’xshashliklar aniqlangan: tatar. min, mordvan mon “men”; zan. munes, rus. мне; mariy. тый, mo’g’ul. ēi (>x ti), rus. ты; udmurd. mu, telugu mēmu, xausa mu, rus. мы, komi тайо, mo’g’ul tere, rus. тот; o’zbek kim, Fin ken, somali kuma, rus кто. Ko’pgina leksik o’zaklarda ham o’xshashliklar bilinadi: turk. quloq, gruzin guri, fin kuule, grek. kluō “eshitmoq”; turk. qaryn “qorin”, arab, qurb, tamil, karuppai, lotin corpus “badan”, rus. чрево.2 Nostratik nazariyaga asosan qadim zamonlardan boshlab hind-ovrupo, afroosiyo, o’rol, oltoy, kartvel va dravid4 tillari o’zaro qarindosh bo’lgan deb taxmin qilinadi. Nostratik nazariya tarafdorlari bu tasnifda kirgan so’zlarning lug’atini tuzganlar.
Dostları ilə paylaş: |