Davlat tili haqida



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə1/10
tarix16.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#181136
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING "DAVLAT TILI HAQIDA"GI QONUNLARI HAMDA "KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI" KABI DAVLAT HUJJATLARIDA O'ZBEK TILINI DAVLAT TILI SIFATIDA O'QITISH MASALALARI BO'YICHA MA'LUMOT TO'PLASH

Reja: 1. O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonunlar haqida 2. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” haqida. 3. “Ta’lim to’g’risida”gi qonun haqida

1. Davlat tili – har qanday davlatning tarixiy taraqqiyoti negizida vujudga kelgan, o’zini anglash, milliy ong va tafakkurning in’ikosi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy – ma’naviy bog’liqlik vositasi, mamlakatda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlar yakdilligini ifoda etadigan, davlat doirasida va davlatlararo munosabatlarda o’zaro muloqot vositasi hisoblangan, qonuniy maqomga ega bo’lgan hamda qonun bilan himoyalangan rasmiy til.

Davlat tili odatda uch yo’l bilan belgilanadi: 1. Tarixiy an’ana asosida muayyan davlat hududida istiqomat qiluvchi barcha xalqlar mavjud tillaridan birini umum til deb tan oladi.U, ko’pincha, shu davlatdagi eng ko’psonli millatning tili bo’ladi. 2. Hukumat,president, parlament yoki rahbar organlar tomonidan xalqaro yoki jahon tillaridan biri davlatning rasmiy tili deb e’lon qilinadi.Davlat organlari,hukumat idoralari va rasmiy tashkilotlarda yozishmalar faqat shu tilda qabul qilinadi yoki jo’natiladi, shuningdek, barcha muzokara, muhokama, majlis, sessiya, konferensiya, congress va shu kabi yig’inlar ana shu rasmiy tilda o’tkaziladi.

3. Davlatning qonun chiqaruvchi organi yoki mamlakat prezidenti tomonidan jamiyat hayotining barcha sohalarida qollanilishi shart deb e’lon qilingan til. Angliya , Kanada, Yaponiya, Xitoy,AQSh, Shetsiya, Norvegiya davlatlarida hech qaysi til davlat tili deb e’lon qilinmagan bo’lsada, lekin ularda azaldan mamlakat aholisining ko’p qismini tashkil qilgan xalqning tili davlat tili, rasmiy til sifatida tan olingan.Gvineya,Gana, Kongo kabi sobiq mustamlaka davlatlarida rasmiy til sifatida sobiq mustamlakachilar tili, masalan, ingliz yoki fransuz tili qabul qilingan.


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin