Fonetik me'yor. Fonetik me'yor deganda nutq tovushlarining qo‘llanishi bilan bog‘liq qonun-qoidalar majmui tushuniladi. Ma'lumki, hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun 6 ta unli, 25 ta undosh tovushning qo‘llanishi me'yor hisoblanadi.
Aksentologik me'yor. Aksentologik me'yor urg‘uni to‘g‘ri qo‘llash bilan bog‘liq me'yordir. Adabiy tilning aksentologik me'yorida har bir so‘zda urg‘uning qo‘llanish o‘rni qat'iy tarzda belgilab beriladi.
Ma'lumki, so‘zdagi urg‘u ma'no farqlash xususiyatiga ega. Urg‘u yordamida yozuvda farqlanmaydigan so‘zlar o‘zaro farqlanadi. Buni quyidagi so‘zlar misolida ham kuzatish mumkin: atlas-atlas, fizik-fizik, bosma-bosma, hozir-hozir.
Anglashiladiki, urg‘uning o‘zgarishi so‘z ma'nosining o‘zgarishiga olib keladi. Shu sababli har bir so‘zdagi urg‘uni o‘z o‘rnida qo‘llash maqsadga muvofiq.
SOHANI FAOL VA NOFAOL TERMINLARI
REJA:
1.TERMIN O’ZI NIMA VA U HAQIDA ASOSIY TUSHUNCHALAR
TERMIN (lot.terminus – chegara, had) – bilim yoki faoliyatning maxsus sohasiga doir tushunchani ifodlovchi so’z yoki so’z birikmasi. So’z bilan terminning umumiy va xususiy tomonlari yetarli darajada ochib berilgan emas; kundalik turmushda keng iste’molda bo’lgan so’zlar ayni paytda turli sohalarga doir terminlar hamdir.Masalan: quloq, burun, tomoq – anatomiya va tibbiyot; gilam, sholcha, palos – gilamdo’zlik; kitob, ruchka, daftar – pedagogik soha terminlari bo’lish bilan birga umumxalq tilida faol qo’llaniladi. Hozirgi kunda “termin” so’zi bilan bir qatorda “atama “, “istiloh”, so’zlar ham ayni ma’noda qo’llanilmoqda. Lekin ular “termin” so’zining hozirgi ma’nosini to’liq ifoda eta olmaydi. “Atama” so’zi keng ma’noda bo’lib, geografik obyektlar, atoqli nomlarga nisbatan qo’llaniladi. “Istiloh” so’zini esa termin ma’nosida tarixiy mavzulardagi matnlarda bemalol qo’llash mumkin.
Nofaol so’zlar. Adabiy tilga o’xshab shevalar ham rivojlanib, yangi so’zlar hisobiga boyib, o’zgarib boradi. Bunday o’zgarish, ko’pincha shevalar lug’at tarkibida ro’y beradi. Bu ijtimoiy hayotda sodir bo’lgan o’zgarishlar bilan bog’liqdir. Ayniqsa, jamiyatda ro’y beradigan har xil o’zgarish sababli zamon talablariga javob bermagan so’zlar iste’moldan chiqadi, ularning o’rniga boshqalari kirib keladi. Demak, til, jumladan, uning shevalarida ham yangilanishlar, eskirishlar sodir bo’lib turadi. Ba’zi doirasining va aksincha, ayrimlarining passiv qatlamga o’tishi bu jarayonni yanada tezlashtirishi mumkin.