Davlat tili haqida



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə5/10
tarix16.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#181136
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Prezidentimizning 2019-yil 21-oktabrdagi «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida ona tilimizning mavqeini yanada oshirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berildi. Farmonda davlat tilini rivojlantirish borasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha dastur va «Yo‘l xaritalari»ni ishlab chiqish, «O‘zbek tili bayrami kuni»ni nishonlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish, ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni muomalaga kiritish kabi bir qancha vazifalarni amalga oshirish belgilandi. Bu hujjat yurtimizda tilimiz rivoji, uni saqlash va rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Va, guvohi bo‘lib turganimizdek, mamlakatimizda ushbu hujjatda ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga tatbiq etish borasida sezilarli ishlar olib borilyapti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 50 milliondan ziyod aholi o‘zbek tilida so‘zlashadi. Bu ona tilimizning dunyodagi yirik tillardan biri ekanidan dalolat. Bugungi kunda ona tilimiz siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda faol qo‘llanilib, jahon minbarlarida baralla yangramoqda. Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida o‘zbek tilida nutq so‘zlashi esa tilimizning jahon miqyosidagi nufuzini yana bir bor mustahkamladi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunida belgilab qo‘yilgan muhim vazifalar o‘zini shu mamlakat fuqarosiman deb bilgan inson uchun o‘zbek tilini bilishi qanchalar zarur ekanligini yaqqol ko‘rsatib turibdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 21 oktyabrdagi Farmoni 31 yil oldin qabul qilingan Qonunda ta’kidlanganlarni unutganlar yoki bu qoidalarga xohlab-xohlamay, bilib-bilmay amal qilmayotganlarning uyg‘onishi uchun yana bir turtki bo‘ldi, deyish mumkin.

O‘tgan 31 yil o‘zbek tilini davlat, umumjamiyat, mamlakat hududida yashovchi ko‘pmillatli aholining o‘zaro muloqot tiliga aylantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilganligiga ko‘z yumib bo‘lmaydi. Biroq 2020 yil o‘zbek tilining nufuzini oshirish, uning mavqeini yanada yuksaltirish, mamlakat hududida faoliyat yurituvchi vazirlik va idoralarda, korxona va tashkilotlarda ish yuritishning asosiy vositasi darajasiga ko‘tarish yo‘lida qo‘yilgan katta qadam bo‘ldi. Zero, biz aynan til vositasida insonlar bilan muomalaga kirishamiz, turli ijtimoiy-madaniy va boshqa munosabatlarimizni tartibga solamiz. Bir so‘z bilan aytganda til muomala vositasi sifatida hayotimizning har bir onida, uyda, maktabda, ko‘chada, bozorda, ishxonada va hamma joyda biz bilan birga.


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin