Davlat tili haqida



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə4/10
tarix16.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#181136
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Reja

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SH.M.MIRZIYOYEVNING “O‘ZBEK TILINING DAVLAT TILI SIFATIDAGI NUFUZI VA MAVQEYINI TUBDAN OSHIRISH CHORA –TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”GI FARMONIDA BELGILANGAN VAZIFALARNING AMALDA BAJARILISHI BO`YICHA TILSHUNOS VA ADABIYOTSHUNOS OLIMLARNING FIKR VA MULOHAZALARI BAYONETILGAN MAQOLALARI BILAN TANISHISH

Reja:

1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi

2. Farmonida belgilangan vazifalarning amalda bajarilishi bo`yicha tilshunos

3. O‘zbek tilining necha ming yillik tarixga ega ekanligi

O‘zbek tilining necha ming yillik tarixga ega ekanligini bilish uchun Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib asarlarini o‘qish lozim. Ana shundagina betakror tilimiz eng ko‘hna tillardan biri ekaniga amin bo‘lasiz. Hazrat Navoiy esa «Tilga e’tibor – elga e’tibor» iborasi bilan bizni ona tilimizdan faxrlanishga, g‘ururlanishga undadi, ana shu tilda «Xamsa»ni bitib, uni yuksaklarga ko‘tardi. Zamondosh tilshunoslarimizdan biri: «Navoiy ijodi tilimizni o‘rganish uchun cheksiz ummondir», degan edi. Alisher Navoiyning ulug‘ maqsadi turkiy tilning ifoda imkoniyatlarini va uning badiiy xususiyatlarini dunyoga ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan.

Ulug‘ ajdodimizning asarlarini o‘qiganimizda o‘zbek tilining ildizi qanchalik chuqur ekanligi, bu tilning imkoniyatlari naqadar kengligini anglaymiz. Navoiydan keyin tilimizni mumtoz adabiy tillar darajasiga ko‘tarishni Zahiriddin Muhammad Bobur o‘z zimmasiga oldi. Shoh va shoir Bobur Mirzo turkiy tilning boy ohang va tovushlarini to‘liq ifoda etishga imkon beradigan yangi alifbo yaratish zarurligini anglagan holda «Xatti Boburiy»ni yaratdi. Boborahim Mashrab, Muhammad Rizo Ogahiy, Muqimiy, Furqat, Cho‘lpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy, G‘afur G‘ulom, Abdulla Kahhor, Oybek, O‘lmas Umarbekov, O‘tkir Hoshimov, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Rauf Parpi kabi bir qator o‘zbek adabiyotining namoyandalari o‘z ijodi ila tilimiz va millatimiz mavqeini ko‘klarga ko‘tardi.


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin