University of business and science nodavlat oliy ta



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix26.06.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#135111
  1   2
Abdurauf Fitratning “Oila” asari



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY 
TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR
VAZIRLIGI 
 
UNIVERSITY OF 
BUSINESS AND SCIENCE 
NODAVLAT OLIY TA’LIM 
MUASSASASI 
“Falsafa” fanidan
 
Mavzu : Abdurauf Fitratning “Oila” asari.
Topshirdi: 
22-24 guruh talabasi
Koʻpaysinova Marhamatxon 
Namangan 2023
Abdurauf Fitratning “Oila” asari haqida 


Reja: 
1.
Abdurauf Fitratning hayoti
2.
Oila asari haqida
3.
Oila asaridan oila qurish tartibi
 
 
 
 
 


Abdurauf Fitratning hayoti 
Fitrat O‘rta Osiyo jadidchilik harakatining mashhur 
vakillaridan, yangi o‘zbek adabiyotining asoschilaridan, usuli 
jadid maktablarining nazariyotchisi va amaliyotchisi, dramaturg, 
nosir, shoir va olim. U madaniyatimiz tarixida shoir va nosir, 
dramaturg va publisist, tilshunos va adabiyotshunos, tarixchi va 
faylasuf, san'atshunos va jamoat arbobi sifatida qolgan. 1996 
yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko‘ra 
Navoiy mukofoti va Mustaqillik ordeni bilan taqdirlandi. 
Abdurauf Abdurahmon o‘g‘li Fitrat 1886 yil Buxoroda 
ziyoli oilada tug‘ilgan. Buxoro, Istambul madrasalari va 
dorilfununlarida o‘qigan. Fitrat arab, fors, turk tillarini 
mukammal bilganligi tufayli Sharqning buyuk allomalari ijodini 
yaxshi o‘zlashtirgan. 
Adibning otasi savdo ishlari bilan shug‘ullangan bo‘lib, 
1918 yilgacha Qashqarda turib qolgan. U asosan, onasi Mustafo 
bibi (Bibijon) tarbiyasida bo‘lgan. Mustafo bibi Sharq 
adabiyotini yaxshi bilgani tufayli Bedil, Navoiy, Fuzuliy, 
Zebuniso, Uvaysiy kabi ulkan shoirlarning g‘azallaridan 
xabardor bo‘lgan. Fitrat 1909 yili Turkiyaga o‘qishga borib, 
1913 yilgacha Istambul dorilfununida tahsil ko‘rgan. 


Turkiyada tashkil topgan «Buxoro ta'limi maorifi» 
uyushmasida faollik ko‘rsatgan. Uning ilk she'riy to‘plami 1911 
yilda «Sayha» («Chorlov») nomi bilan shu yerda chop etilgan. 
«Sayyohi hindi», «Munozara» kabi asarlari ham shu yillarda 
Turkiyada bosilgan. 1909-1913 yillarda Turkiya dorilfununida 
o‘qiyotganida jadidchilik g‘oyalari bilan tanishib, shu g‘oyalar 
bilan sug‘orilgan qator asarlar yozgan. U Turkiyadagi tahsili 
davrida o‘ziga Fitrat (zukko, dono, bilimdon) deb taxallus olgan. 
Fitrat ijodining boshlanishi Turkistonda inqilobiy harakatlar 
kuchaygan, Sharq uyg‘ongan davrlarga to‘g‘ri keladi. U 1913 
yili fors-tojik tilida yaratgan «Munozara» asarida Buxoro 
amirligining diniy jaholat va xurofot orqasida boshqa 
mamlakatlardan orqada qolgani sabablarini ochib tashlaydi. Bu 
davrda Ovro‘po fani va madaniyatini targ‘ib qilish ham Fitrat 
ma'rifatparvarligining muhim yo‘nalishini tashkil etgan. 
Fitrat 1917 yili Fevral' inqilobidan keyin «Hurriyat» 
gazetasini tashkil etib, unda xalqni istiqlol uchun kurashga da'vat 
etuvchi she'r va maqolalarini e'lon qilgan. Uning «Hurriyat» 
gazetasida bosilgan «Yurt qayg‘usi» nomli she'r va sochmalarida 
Turkistonning hurligi uchun kurashga bel bog‘lagan lirik 
qahramonning «Men sen uchun tug‘ildim, sen uchun yasharman, 
sening uchun o‘larman, ey turkning muqaddas o‘chog‘i!» degan 
da'vati baralla eshitiladi. 


Fitrat faqat yetuk shoir, publisist va hikoyanavisgina emas, 
balki yetuk dramaturg sifatida ham adabiyotimiz va 
madaniyatimiz tarixidan mustahkam o‘rin egallaydi. Uning 
«Qon», «Begijon», «Temur sag‘anasi», «O‘g‘izxon», «Abo 
Muslim», «Hind ixtilochilari», «Chin sevish» kabi dramalarida 
milliy mustaqillik uchun kurash g‘oyasi yorqin ifodasini topgan. 
1922 yili nashr etilgan «O‘zbek yosh shoirlari» to‘plamida 
Cho‘lpon, Elbek she'rlari bilan birga, Fitratning bir qator she'riy 
asarlari ham ilk bor o‘zbek o‘quvchisiga havola etilgan. U 
mazkur to‘plamga kirgan «Mirrix yulduziga», «Behbudiyning 
sag‘anasini izlab», «Sharq», «Shoir» kabi she'rlarida 
millatparvar va vatanparvarlik pozisiyasida qat'iy turganini yana 
bir bor namoyish etib, Oktyabrdan keyingi voqealarning 
g‘ayriinsoniy mohiyatini fosh etadi. Shoir ijodi va 
dunyoqarashidagi ana shu hol keyin ham susaymay, 
«Abulfayzxon», 
«Arslon» 
va 
«Vose' 
qo‘zg‘oloni», 
«Shaytonning tangriga isyoni» kabi dramalarida yanada chuqur 
o‘z ifodasini topdi. Uning «Qiyomat» kabi hikoyalarida diniy 
fanatizm ijtimoiy taraqqiyotga to‘siq bo‘lgan kuch sifatida fosh 
etiladi. 
Fitrat yirik adabiyotshunos olim sifatida ham bir qancha 
asarlar yaratgan. Jumladan, «Adabiyot qoidalari», «Aruz 
haqida» kabi ilmiy risolalari «Eski o‘zbek adabiyoti namunalari» 


singari tazkiralari o‘zbek adabiyotshunosligi 
fanining 
shakllanishida muhim rol' o‘ynadi. Shuningdek, uning Umar 
Xayyom, Firdavsiy, Navoiy, Bedil haqidagi tadqiqotlari 
adabiyotimiz tarixini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat 
qiladi. Fitrat Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy kabi 
o‘ndan ortiq mumtoz adabiyot vakillari haqida ham maqolalar 
yozgan. Shu tarzda ularning adabiyotimiz tarixida o‘rni va 
ahamiyatini belgilab ham bergan. 
Fitrat, ayni paytda, davlat va jamoat arbobi sifatida ham faol 
xizmat qilgan. Jumladan, 1921-1923 yillarda Buxoro Xalq 
Jumhuriyatida maorif xalq noziri bo‘lib xizmat qilgan. 1923-
1924 yillarda esa frunzechilar tomonidan quvg‘in qilingan shoir 
Moskvadagi Sharq tillari institutida ilmiy faoliyat bilan 
shug‘ullangan, ma'ruzalar o‘qigan. Fitratning o‘zbek tili 
grammatikasiga oid darsliklari 1925-1930 yillarda besh marta 
chop etilgan. Tilshunoslik va adabiyotshunoslik bo‘yicha olib 
borgan tadqiqotlari uchun Fitratga o‘zbek olimlari orasida 
birinchilardan bo‘lib professor unvoni berilgan. 
Fitrat ham mustabid tuzum tazyiqi ostida 1937 yilda hibsga 
olinib, 1938 yil 4 oktyabrda Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon singari 
yozuvchilar bilan birga otib tashlangan. Fitrat garchi 60-yillarda 
oqlangan bo‘lsa ham, faqat istiqlol davriga kelib ro‘shnolik 
yuzini ko‘rdi. Bu davrga kelib uning «Chin sevish» to‘plami 


nashr etildi. Shuningdek, so‘nggi yillarda uning ko‘p jildlik 
«Tanlangan 
asarlar»i 
chop 
etilmoqda. 
Eng 
muhimi, 
fitratshunoslik ilmi avj olib, o‘nlab dissertasiyalar, yuzlab ilmiy 
maqola va risolalar yaratildi. 
1991 yil 25 sentyabrda Fitratga vafotidan keyin o‘zbek 
adabiyotini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun Alisher Navoiy 
nomidagi Respublika Davlat mukofoti berildi. 
Fitrat nomida Toshkent va Buxoroda ko‘chalar, maktablar 
bor. Tug‘ilgan shahrida yodgorlik muzeyi ochilgan, xiyobon 
barpo etilgan, 1996 yili tavalludining 110 yilligi mamlakat 
miqyosida nishonlandi. Fitrat O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti farmoniga ko‘ra Navoiy mukofoti va Mustaqillik 
ordeni bilan takdirlandi. 
Asarlari: 
«Sayxa» («Faryod» 1912, ilk she'riy to‘plami), «Uchqun», 
«She'rlar, Doston», «Mening tunim», «Sharq», «Yigit», «Bir oz 
kul», «Mirrix yulduziga» (1922, «Go‘zal yulduz, yerimizning 
eng kadrli tuvg‘oni» misrasi bilan boshlanadi. Bu she'r istiqlol 
ruxi bilan sug‘orilgan, salkam 70 yil davomida millatchilik 
ruhidagi asar sifatida baxolangan bo‘lib, unda sotqin
ikkiyuzlamachi, zolim odamlar qoralangan), «Munozara» (S. 
Ayniy «bu asar davr taraqqiyotiga g‘oyat kuchli va samarali ta'sir 


ko‘rsatdi», deb baholagan asar), «Yurt kayg‘usi», «Qiyomat» 
(Xikoya 
qaxramoni 
Pochamir 
«Nima 
qilgan bo‘lsam 
yaratganning irodasi bilan qilganman. Yaratgan mening barcha 
qilmishlarimdan voqif-ku, bu yerda hisob-kitob kilib o‘tirishning 
nima keragi bor» — degan), «Begijon» (1916), «Abo Muslim» 
(1916) «Temur sag‘anasi» (1918), «O‘g‘uzxon» (1919), «Chin 
sevish», «Arslon» (1925), «Abulfayzxon», «Hind ixtilolchilari» 
(1923, Berlin, Rusiya istibdodiga qarshi kurashga chorlovchi 
asar) kabi dramatik asarlari, «Adabiyot qoidalari» (1926, 
Adabiyot muallimlari va adabiyot havaslilari uchun ko‘llanma), 
«XVI asrdan so‘nggi o‘zbek adabiyotiga bir qarash», «Firdavsiy 
zamoni va muxiti», «Ahmad Yassaviy», «Navoiyning forsiy 
shoirligi va uning forsiy devoni to‘g‘risida», «Bedil» (ilk 
tadqiqot), «Mashrab», «Fors shoiri Umar Xayyom», «O‘zbek 
shoiri Turdi», «Hibatul xaqoyik» kabi tadqiqot va maqolalari, 
«O‘zbek adabiyoti namunalari» (1928), «Aruz xaqida» (1935), 
«Hind sayohi qissasi» (1912), «Tilimiz» (1919) kabi asarlari, 
«Yopishmagan gajaklar» (1929, «Boybo‘latovga ochiq xat». 
Unda Fitrat Boybo‘latovga qarata «Azizim, O‘rta Osiyoning 
olamga ma'lum bir madaniyati bo‘lg‘on, bu madaniyatning 
turkiy asarlari qolgan. Bu asarlarning hammasiga birdan «axlat» 
lar deyish sizning muhokamangizning kirligidan chiqqan yangi 
bir istilox bo‘lsa kerak» degan fikrlarni bayon etgan. U Fitratning 


o‘ziga nisbatan panislomist, panturkist, o‘tmishni qo‘msovchi va 
uning merosini targ‘ib qiluvchi komfirka va sosializmning 
dushmani, millatchi degan tuhmatni yopishtiruvchilarga qarshi 
raddiya, ochiq xat sifatida e'lon kilingan maqolasidir), «Ittifok 
etaylik» (1917, unda Fitrat «…Qo‘lni — qo‘lga beraylik, haq 
yo‘linda, din yo‘linda, millat yo‘linda jadidimiz, qadimimiz, 
mullamiz, boyimiz va avomimiz bir yerga to‘planaylik, bir-
birimizga ko‘makchi va madadkor bo‘laylik» degan edi), 
«Siyosiy hollar», «Muxtoriyat», «Turkistonda ruslar», «Angliz 
va Turkiston», «Shark siyosati» kabi publisistik makolalari, 
«Me'roj» (xikoya), «Oq mozor», «Qiyshiq eshon», «Hind 
sayyohi bayonoti» (fors-tojikcha, 1912), «Rahbari najot» (1915), 
«Oila» (1916), «Vayron bo‘lgan qabrlar», «Amir Olimxon» 
risolasi. 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin