Javlon Yusupovich Umarbekov
(1946.17.6, Toshkent) — rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston
Badiiyot akadimyasi akademik (1997), Oʻzbekiston xalq rassomi (1989), Oʻzbekistonda xizmat
kursatgan sanʼat arbobi (1982). P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1966) va
Butunittifoq davlat kinematografiya instituti (1972) ni tugatgan.
Navoiy nomidagi Adabiyot
muzeyida bosh rassom (1972 — 73), Toshkent sanʼat institutida pedagog (1974—76), 1976-
yildan Oʻzbekiston rassomlar uyushmasi boshqaruvi aʼzosi, raisi (1984—87). U. ijodi serqirra,
mavzuga boyligi, uslubiy rang-barangligi bilan diqqatga sazovor: ilk ijodi realistik sanʼat
anʼanalari asosida ijtimoiy fikrlarni ifodalashdan asta Sharq, eng avvalo Oʻrta Osiyo miniatyura
sanʼati anʼana va uslubini Yevropa realistik sanʼat anʼanalari bilan uygʻunlashtirishga, hissiy
kechinmalarini erkin ifodalashga oʻta bordi. Jahon tasviriy sanʼatidagi
uslub va izlanishlar
hamda oʻzbek tasviriy sanʼatida sodir boʻlgan plastik izlanishlar U.ning asarlarida oʻziga xos
yechimni belgilashda sezilarli oʻrin egallaydi: "Bolalik" (1968), "Qoʻshiq" (1969), "Mening
doʻstim" (1971), "Tafakkurli inson" diptixi (1979—80), "Men insonman" (1981—83), "Hovuz
boʻyida" (1988), "Kelinchak" (1995), "Sohibqiron Amir Temur" (1995), "Yetti iqlim sultoni"
(1995), "Uchrashuv" (1996), "Zaqiriddin Muhammad Bobur" (1996). U., shuningdek,
natyurmortlar ("Oy natyurmorti", "Kushon natyurmorti"
va boshqa,), manzaralar ("Boʻzsuv",
"Karvon", "Ipak yoʻli xarobalari" va boshqalar) hamda turkumli asarlar ("Jazoir boʻylab", 1978;
"Surxondaryo", "Toshkentning 30 koʻrinishi", 1983 va boshqalar) muallifi.
U Germaniya (1980, 1986, 1991), Yaponiya (1982, 1995), Kuvayt (1989, 1990), Turkiya
(1993), AQSH (19972004) va boshqa mamlakatlarda ijodiy safarlarda boʻlgan;
asarlari bilan
respublika va xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etadi, asarlaridan na’munalar
respublika va
xorijdagi muzey va toʻplamlarda saqlanadi.
Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi Oltin medali bilan mukofotlangan (2002).