Fan : Operatsion tizimlar Fan o’qituvchisi : Xolmatov Javlon Yusupovich Sana



Yüklə 358,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix20.05.2023
ölçüsü358,18 Kb.
#118236
  1   2
Beyjanov Umidbek Shavkatovich [Operatsion tizimlar] fanidan



Fan : Operatsion tizimlar 
Fan o’qituvchisi : Xolmatov Javlon Yusupovich 
Sana : 08.05.2023-yil 
Talaba : Beyjanov Umidbek Shavkatovich 
Guruh : 110-20 
Fakultet : Amaliy matematika 
Yo’nalish : Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (KI va DT) 
Topshiriq : 2-modul 
Variant : 
4. “Планировщик заданий (Topshiriqlarni rejalashtiruvchi)”
 
yordamida kompyuterda operatsiyalar bajarishni ko`rsating.
 
Windows 10'da “Выполнить” oynasi uchun buyruqlar: 
Tizimning turli yordamchi va amaliy dasturlarini tezkor tarzda ishga tushirish uchun 
xizmat qiluvchi Выполнить oynasini biz WIN + R klavishlari birikmasi yordamida 
ekranga chaqiramiz. 
O‘QING: WIN (Windows) tugmasi qaysi? 
Win ya'ni Windows (Пуск deb ham nomlanadi) tugmasi ko'pincha Fn va Alt 
tugmalari orasida joylashadi va rasmi ham windows'ni eslatadi. 
Win bilan yana birorta tugmani bosish deganda, masalan, Win + R deyilsa bir 
vaqtning o'zida Win va R tugmasi bosilishi kerak. 


(Masalan, Редактор реестра (Reyestr muharriri)ni ishga tushirish uchun biz regedit, 
Сведения о системе (Tizim haqida ma’lumotlar)ni ishga tushirish uchun esa – 
msinfo32 buyrug‘idan foydalanamiz. 
Jami 3 qismdan iborat postlarimiz orqali Выполнить oynasi uchun asosiy 
buyruqlar ro‘yxati bilan yaqindan tanishamiz. 
1️⃣. Tizim yordamchi dasturlari va u bilan birga keluvchi ba’zi dasturlarni ishga 
tushirish uchun buyruqlar: 
Ushbu buyruqlarni .exe qo‘shimchasisiz ham kiritishingiz mumkin. 
• explorer.exe – bir qarashda ushbu buyruq foydalidek tuyulmaydi: u shunchaki 
Проводник oynasini ekranga chaqiradi, lekin bu muammosiz ishlayotgan tizim 
uchun shunday. Aytaylik, siz tizimni ishga tushirayotib, “qora ekran” va “sichqoncha 
ko‘rsatkichi” holatiga duch kelib qolsangiz, ushbu buyruq boshqacha tarzda ishlash 
ehtimolligi bor: u ishchi stoli, vazifalar paneli va Windows'ning odatiy boshqa 
elementlarini ishga tushiradi (bu payt CTRL + SHIFT + ESC klavishlari birikmasi 
yordamida Диспетчер задач oynasi ishga tushiriladi va unda Файл -> Новая задача 
(Выполнить...) bandlari orqali Выполнить oynasi chaqiriladi). 
• msconfig.exe – buyrug‘i yordamida biz har tomonlama foydali bo‘lgan 
Конфигурация системы oynasini ekranga chaqiramiz. Ushbu oyna yordamida biz: 
turli parametrlar bilan xavfsiz rejim (Безопасный режим)ni faollashtirishimiz yoki 
Windows 10'ning odatiy yuklanishini amalga oshirishimiz; yuklanishdan keraksiz 
operatsion tizimlarni olib tashlashimiz; Сервис varaqa (вкладка)sida tizim bilan 
birga keluvchi diagnostika dasturlarini ishga tushirishimiz mumkin. 
• control.exe – buyrug‘i Windows'ning Панель управления oynasini ekranga 
chaqiradi. 
• msinfo32.exe – buyrug‘i yordamida biz Сведения о системе oynasini ekranga 
chaqiramiz. Ushbu oynada kompyuteringizning apparat va dasturiy komponentlari 
haqida: asosiy plataning modeli, MAC-manzil, operativ (tezkor) xotira hajmi, 
protsessor yadrolari soni, Windows 10'ning versiyasi va razryadi (arxitekturasi) kabi 
ma’lumotlarni olishimiz mumkin. 
• cleanmgr.exe – buyrug‘i tizim bilan birga keluvchi Очистка диска Windows 
yordamchi dasturini ishga tushiradi. Ushbu dastur keraksiz vaqtinchalik fayllar, 
Очистить системные файлы tugmasi bosilganida esa — hajmi ba’zida 


gigabaytlardan ham oshuvchi, qo‘llanilmayotgan tizim fayllarini o‘chirish uchun 
mo‘ljallangan. 
• mstsc.exe – Подключение к удаленному рабочему столу oynasini ekranga 
chaqiradi. 
• sdclt.exe – buyrug‘i tizimni tiklash diskini yaratish, fayllarning tarixini sozlash, 
tizimning rezerv nusxasini yaratish imkonini beruvchi Windows 10'ni rezerv 
nusxalash va tiklash parametrlari oynasini ishga tushiradi. 
• mmc.exe – Консоль управления (MMC) oynasini ishga tushiradi — bu, birinchi 
navbatda tizim administratorlari uchun tizimning apparat va dasturiy komponentlari 
holatini boshqarish va monitoring qilishga mo‘ljallangan Microsoft'ga va boshqa 
ishlab chiqaruvchilarga tegishli ulanadigan platformalar bilan ishlash uchun vositadir. 
• resmon.exe – buyrug‘i tizim resurslarining samaradorligi va iste’molini tahlil qilish 
uchun qulay bo‘lishi mumkin bo‘lgan, tizim bilan birga keluvchi Монитор ресурсов 
yordamchi dasturini ekranga chaqirish uchun xizmat qiladi. 
• regedit.exe – juda ko‘p marotaba esga olinuvchi buyruq, Редактор реестра oynasini 
ishga tushiradi, u tizimning “juda nozik”, foydalanuvchidan o‘ta ehtiyotkorlikni talab 
etuvchi sozlamalarini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Uni boshqarishni yaxshi 
tushunib olish orqali tizimni o‘zingiz uchun qulay holda sozlash va uning ishlash 
tezligini ancha oshirishingiz mumkin. 
• perfmon.exe – tizim samaradorligini kuzatish vositalarini o‘z ichiga oluvchi 
Системный монитор yordamchi dasturini ishga tushiradi. Shuningdek u, tizim 
barqarorligi monitorini o‘z ichiga oladi. 
• mrt.exe – buyrug‘i tizim bilan birga keluvchi Средство удаления вредоносных 
программ Microsoft Windows yordamchi dasturini ishga tushiradi, uning tizimda 
mavjudligini ko‘pchilik bilmasligi ham mumkin (Защитник Windows bilan 
adashtirmang). U har oy yangilanadi va kompyuterga tahdid solishi mumkin bo‘lgan 
holatlarni tekshirish uchun birlamchi vosita sifatida xizmat qilishi mumkin. 
• winver.exe — o‘rnatilgan Windows'ning versiyasi, nashri va yig‘ilishi (сборка) 
haqida ma’lumot beruvchi oynani ekranga chaqiradi. 
• calc.exe — tizim bilan birga keluvchi Калькулятор dasturini ishga tushiradi. 
• charmap.exe — foydalanuvchiga klaviaturada uchramaydigan, qo‘shimcha belgi 
(simvol)lardan foydalanish imkonini beruvchi Таблица символов yordamchi 
dasturini ishga tushiradi. 
• osk.exe — sichqoncha yordamida boshqariluvchi ekran klaviaturasini ishga 
tushiradi. 


• taskmgr.exe — Windows'da ishlab turgan jarayonlar, xizmatlar, avtoyuklanishda 
turgan dasturlar, protsessor, operativ xotira, disklar, tarmoqning ishlash ko‘rsatkichini 
o‘zida aks ettiruvchi oynasi ishga tushiradi. 
• dxdiag.exe — tizim, kompyuterning grafik va ovoz komponentlari parametrlari va 
imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlarni o‘zida aks ettiruvchi, DirectX diagnostika 
uchun yordamchi dasturini ishga tushiradi. 
• shutdown.exe — kompyuterni o‘chirish, qayta yuklash va boshqa vazifalar uchun 
buyruq, masalan, shutdown buyrug‘i kompyuterni tiklash muhitida qayta yuklash 
uchun xizmat qiladi. 

Yüklə 358,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin