Referat ona suti mohiyati reja: Ona va bola o’rtasidagi uzviylik Ona suti afzalliklari



Yüklə 71,5 Kb.
tarix27.10.2022
ölçüsü71,5 Kb.
#66578
növüReferat
Referat ona suti mohiyati reja Ona va bola o’rtasidagi uzviylik


BUXORO PERINATAL MARKAZI
NEOREANIMATSIYA BO’LIMI HAMSHIRASI
DAVLATOVA RUXSORABONU

ONA SUTI MOHIYATI” mavzusida


REFERAT
ONA SUTI MOHIYATI
Reja:

  1. Ona va bola o’rtasidagi uzviylik

  2. Ona suti afzalliklari

  3. Bolani ona suti bilan oziqlantirish

Ona suti, koʻkrak suti — emizikli ayolning sug bezlari ishlab chiqaradigan suyuqlik (sekret). Ona suti goʻdak uchun eng yaxshi oziqa hisoblanadi, chunki bu davrda u tarkibi va oziq moddalar nisbatiga koʻra goʻdakning ovqat hazm qilish va moddalar almashinuvi xususiyatlariga mos keladi. Ona bilan bola oʻrtasida homiladorlikning lastlabki kunlaridan boshlaboq "Ona—yoʻldosh—homila" tarzida oʻzaro mustahkam aloqa bogʻlanadi, bola dunyoga kelgach esa bu munosabat "Ona — koʻkrak suti — bola" tariqasida davom etadi. Shu uzviylik tufayli bola onadan kerakli oziq va biologik faol moddalarni oladi, shuningdek, ona bilan bola oʻrtasida mehr rishtalari bogʻlanadi.


Ona suti haqidagi dastlabki maʼlumotlar Ibn Sino qoʻlyozmalarida ham qayd etilgan. U Ona sutini quyosh nuriga qiyos qilgan, chunki yer yuzidagi barcha tirik mavjudot (oʻsimliklar dunyosi) uchun quyosh nuri qanchalik zarur boʻlsa, oʻsayotgan murgʻak uchun ham Ona suti shunchalik zarur.
Bola tugʻilgandan soʻng dastlabki 2—3 kunda onaning sut bezi sargimtir rangli suyuqlik — ogʻiz suti ajratadi. U yenligina dunyoga kelgan murgʻakka eng zarur ovqat; unda oqsil, tuz, shuningdek, yogʻ tomchilari boʻladi. Yangi tugʻilgan chaqaloq ona koʻkragiga qancha erta tutilsa, shuncha koʻp ogʻiz sutidan bahramand boʻladi. Shuning uchun ham onaning koʻzi yorishi bilan dastlabki 20—30 daqiqada chaqaloqni onasining koʻksiga yotqizib, har ikki koʻkrakdan emizishga yordamlashish maqsadga muvofiq. Ilk soatdagi bir lahzali "badanma-badan" jismiy yaqinlik ona bilan murgʻak oʻrtasidagi aloqani yanada mustahkamlaydi. Tugʻruqdan keyingi birinchi hafta oxiridan yogʻlarga boy boʻlgan oʻtkinchi sut, 2—4 haftadan keyin doimiy sifatli sut paydo boʻladi. Yetilgan Ona suti tarkibida barcha zarur oziq moddalar va vitaminlar bor; ular toʻliq hazm boʻlish va singish xususiyatiga ega.
Ona suti yengil hazm boʻladigan, toʻyimli, turli mikroblardan xoli, pishirish va isitishni talab qilmaydigan tayyor oziq. Unda 100 dan ortiq kerakli moddalar boʻlib, u faqat miqdor jihatidan emas, balki sifat jihatidan ham bolaning yoshiga, sogʻlig’iga mos keladi. Ona sutidagi oqsil, yogʻ, uglevodlar tarkibi yangi tugʻilgan bola organizmidagi xuddi shunday modsalar tarkibiga yaqin turadi. Ona sutida oqsil, yogʻ uglevodlar 1:3:6 nisbatda boʻladi va bola ehtiyojini toʻla qoplaydi. Sut oqsillari juda toʻyimli va chaqaloq ichagida yengil hazm boʻladi. Yogʻlar ham emulsiya holida boʻlgani uchun toʻla-toʻkis soʻrilib ketadi. Ona suti tarkibidagi uglevodlar oziqli xususiyatidan tashqari, ichaklarda mikroblarning oʻsishiga toʻsqinlik qiladi va shu tariqa ovqat hazm boʻlishini osonlashtiradi. Ona sutida zarur miqdorda tuzlar, ayniqsa kalsiy va fosfor tuzlari boʻladi, ular bola skeletining toʻg’ri shakllanishi va rivojlanishi uchun g’oyat muhim. Ona sutidagi mineral moddalar va vitaminlar oʻsayotgan bola ehtiyojiga mos keladi va organizmda yaxshi singishi bilan sigir sutidagi shunday moddalardan farq qiladi.
Ona sutidagi temir moddasining ahamiyati nihoyatda katta, uning oʻzlashtirilishi Ona sutida odatda 70%ni tashkil etsa, sigir sutida 30%, aralashmalarda esa 10%ni tashkil etadi. Sog’lom onadan tug’ilgan sog’lom bolalarda temir zaxirasining yetishmagan qismi Ona suti hisobiga toʻldiriladi, lekin bola ona sutidan sigir suti yoki aralashmaga oʻtkazilsa unda kamqonlik rivojlanishi mumkin.
Ona sutida vitamiplar miqtori tez oʻzgaruvchan boʻlishiga qaramay bola extiyo-jiii dastlabki oylarida toʻliq qoplaydi. Ona sutida "O" vitamini uncha koʻp emas, shuning uchun emizikli chaqaloqni oʻz vaqtida toza havoga, quyosh nuriga olib chiqib turilsa, bolaning "O" vitaminga boʻlgan ehtiyoji toʻla-toʻkis qondiriladi.
Ona suti turli kasallik viruslari va mikroblariga qarshi moddalar — antitelolarga boy boʻladi. Bolani emizganda iloji boricha koʻkrakda yigʻilgan hamma sutni bola bir emganda tugatishiga harakat qilish lozim, aks holda, bola oʻziga kerakli sutning yuqori kaloriyali qismini ololmaydi, goʻdakni emizib boʻlgach, koʻkrakda qolgan sutni, hatto u kam boʻlsa-da, oxirgi tomchisigacha sogʻib olish lozim, bu sut koʻpayishiga yordam beradi.
Tadqiqotlarning koʻrsatishicha Ona suti bolani rak kasalliklaridan saqlaydi, uning bu jihatini oʻrgangan olimlar, rakka qarshi dori ishlab chiqarishda bundan foydalanish mumkinligini aytishmoqda.
Bola ona sutidan ajratilsa va sigir suti yoki sutli aralashmalar bilan boqilsa, u muhim himoya omillaridan mahrum boʻladi, bu bolaning ichi ketishi, ovqat hazm qilish sistemasining buzilishi singari noxushliklarga olib keladi. Ona suti onaning oʻzini ham turli kasalliklardan saqlaydi; sut bezlari raki, ginekologik kasalliklar bolani koʻkragi bilan emizmagan ayollarda 20—25 barobar koʻp uchraydi. Bolani koʻkrak suti bsrib boqqan onalarda kamqonlik kam kuzatiladi.
Kuzatuvlarga koʻra, Ona sutiga ona organizmiga tushadigan hamma moddalar oʻtadi, shunga koʻra emizikli ayol oʻz ovqagiga katta eʼtibor berishi, u toʻgri va toʻyimli ovqatlanishi, yetarli miqdorda suyuqlik, meva sharbatlari ichib turishi, sof havodan bahramand boʻlishi, tiniqib uxlashi lozim.
Yangi tug‘ilgan bolaning o‘sishi uchun og‘iz suti juda zarur. Chunki murg‘ak organizmning tug‘ilganidan keyingi dastlabki kunlarida yuqorida ta’kidlangan oziq moddalar ma’lum darajada ko‘proq talab qilinadi. Ona suti tarkibidagi oqsil – kazein moddasi sigir sutidagiga nisbatan ancha kam bo‘lib, unda qon zardobidagi oqsillarga o‘xshash 18 xil oqsil uchraydi. Bu chaqaloq hayotining birinchi haftaliklarida ko‘krak suti yog‘larining o‘zlashtirilish koeffitsenti 90 foiz bo‘lsa, sigir sutida bu ko‘rsatgich 60 foizga teng. Agar go‘dakni doimiy ravishda sigir suti bilan boqilsa, uning organizmida uglevodlarga nisbatan taqchillik va aksincha, oqsillarning ko‘payishi yuzaga kelib, bola organizmining rivojlanishi hamda salomatligida turli nuqsonlar vujudga kelishi mumkin. Sigir suti qaynatib iste’mol qilinganligi uchun undagi ko‘pgina vitaminlar miqdori ancha kamayib ketadi. Abu Ali ibn Sinoning fikricha: “Sut uch unsurdan tashkil topgan: suv, og‘iz suti va yog‘”. Tuya sutida suv ko‘p bo‘lib og‘iz suti va yog‘lar kam. Shuning uchun ham ona suti, sigir va tuya, echki sutlaridan hamisha ustun turadi.
Ona sutidagi lizotsim moddasi bolaning og‘iz bo‘shlig‘idan boshlab to yo‘g‘on ichagigicha bo‘lgan oraliqdagi patogen mikroblarni nobud etib, foydali mikroflorani himoya qiladi.
Ekssudativ diatez (chilla yara) kasalligi asosan sigir suti yoki sun’iy aralashma bilan boqiladigan bolalarda ko‘proq uchraydi. Sigir sutida ham immunitet vazifasini o‘tovchi moddalar bor. Ko‘pincha ular genetik jihatdan bola organizmiga mos kelmaydi. Ona sutidagi temir moddasining ahamiyati nihoyatda katta. Chunki uning o‘zlashtirilishi odatda 70 foizini tashkil etsa, sigir suti 30 foiz, aralashmalarda esa 10 foiziga yetadi, xolos. Emizikli chaqaloqni o‘z vaqtida toza havoga, sayrga olib chiqish zarur. Uning D vitaminiga bo‘lgan ehtiyoji to‘kis qondiriladi.
Tadqiqotlarga ko‘ra ko‘krak suti onani rak (saraton) kasalliklaridan saqlashda ham muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. Emizish onani mastit-sut bezlarining yallig‘lanishi, ko‘krak saratoni, tuxumdonlar raki kabi xastaliklardan asraydi. Yana bolani ko‘krak suti bilan emizib boqqan onalarda kamqonlik xastaligi sezilarli darajada oz uchraydi.
XX asrning 30-yillaridayoq ona sutida gormonlar va boshqa biologik faol moddalar mavjudligi ma’lum edi. Bu sohadagi tadqiqotlar keyingi yillarda keng rivoj topgan bo‘lsa xam undagi gormonlar va boshqa biologik faol moddalarning rivojlanayotgan organizm uchun fiziologik va patofiziologik ahamiyati hali to‘la-to‘kis o‘rganib chiqilmagan.
Tireoid gormonlari va ularning mohiyati bo‘yicha O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Biokimyo institutida akademik Yo. To‘raqulov rahbarligida samarali tadqiqotlar olib borilgan. Bunda ona suti va turli jonzotlarning sutidagi tireoid gormonlar miqdori qiyosiy tahlil etib o‘rganildi. Bola tug‘ilganidan keyin uning organizmiga dastlab sut bilan kiradigan gormonlar miqdori o‘lchandi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ona suti tarkibida ko‘p miqdorda tireoid gormonlar mavjud. Sutdagi tireoid gormonlarni yangi tug‘ilgan go‘dak organizmdagi karbon suvlar almashinuvi uning endokrin tizimining shakllanishiga ta’sir etishi o‘rganildi. Sutda melatonin gormoni ham bor. U yangi tug‘ilgan chaqaloq terisidagi pigment almashinuviga ta’sir ko‘rsatadi.
Emizib boqiladigan bolalar sun’iy sut va aralash ovqatlanayotgan bolalarga nisbatan 2,5 marta kam kasallanar ekan. Bu ona suti tarkibidagi immunoglobuliniga bog‘liq. Ushbu A modda bola organizmining infeksiyalarga nisbatan qarshiligini oshiradi. Amerikalik olim Odriy J. Neylorning ta’kidlashicha: “Yer yuzida har kuni 40 ming nafarga yaqin bola xastalik tufayli nobud bo‘ladi. Bunga sabab ona sutining yetishmovchiligi natijasidir”.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda ularning barcha a’zo va tizimlarining me’yoriy rivojlanishi va sog‘lom shakllanishida ona suti muhim oziq moddaligini mutaxassis olimlar isbotlashdi. Shuning uchun dunyoga kelgan har bir go‘dakni o‘z onasi sutidan bahramand bo‘lishini ta’minlash zarur. Uni amalga oshirishda eng avvalo, har bir ota-ona mas’ul hisoblanadi. Zero, sog‘lom bola mamlakatimiz kelajagi, uning kamol topishida har bir fuqaro o‘z hissasini qo‘shishi shart.
Bolaning sog‘lom o‘sishi va rivojlanishidagi muhim omillardan biri bu uning sifat va miqdor jihatdan to‘laqonli ovqatlanishidir. Bolaga beriladigan ovqat tarkibi o‘zining sifati va miqdoriga nisbatan go‘dak oshqozon-ichak tizimining o‘ziga xos xususiyatlariga hamda moddalar almashinuvi jarayoniga mos bo‘lishi kerak. Ilk yoshdagi bolalar organizmining fiziologik, morfologik, biokimyoviy xususiyatlariga to‘la mos keladigan ozuqa – ona sutidir. Isbotlanishicha, faqat ona suti bilan boqilayotgan ko‘krak yoshidagi bolalar sun’iy va aralash ovqatlanayotgan bolalarga nisbatan 2,5 marta kam kasallanishar ekan. Bu ona suti tarkibidagi immunoglobulin A ga bog‘liq. Immunoglobulin A bola organizmining infeksiyalarga nisbatan qarshiligini oshiradi. Bundan tashqari, ona bilan bolaning ruhan yaqin bo‘lishi, yangi tug‘ilgan chaqaloqda doimiy himoya, iliqlik tuyg‘usini, onada esa onalik mehri uyg‘onishiga, bu esa kelgusida go‘dakning ijtimoiy muhitga va uning tug‘ilgandan keyingi davrga moslashishini yengillashtiradi, onani esa kutilmagan homiladorlikdan saqlanishini ta’minlaydi.
Amerikalik olim Odri Dj. Neylorning ta’kidlashicha: “Yer yuzida har kuni 40000 ga yaqin bola kasallik tufayli nobud bo‘ladi, bu ovqatning va ona suti yetishmovchiligining natijasidir”. Chaqaloq tug‘ilgandan keyin dastlabki 3-4 kun ichida ona ko‘kragidan og‘iz suti, 6-7 kundan boshlab esa to‘liq shakllangan sut ajraladi. Og‘iz suti o‘z tarkibida yangi tug‘ilgan chaqaloq qon plazmasi tarkibidagi oqsilga yaqin ko‘p miqdordagi oqsilni, ko‘plab vitaminlar va limfotsitlarni, makrofaglarni tutadi. Bundan tashqari, uning tarkibidagi yog‘ ham bola tanasidagi yog‘ to‘qimasiga mos keladi. Ona sutidagi to‘yinmagan yog‘ kislotalari bola bosh miyasi rivojlanishiga, undagi asab tolalarining shakllanishiga yordam beradi. Ayrim hollarda onada sutning yetishmovchiligi kuzatiladi. Bu esa ona va bolani tashvishga qo‘yadi. Chunki sun’iy ovqatlantirish bolani ko‘plab oshqozon-ichak kasalliklariga duchor qilsa, oilada iqtisodga ham ta’sir ko‘rsatadi. Ona suti yetishmovchiligining oldini olish uchun emizikli onaning kun tartibini to‘g‘ri tashkil qilish kerak. Kunning ma’lum vaqtlarida hosil bo‘ladigan sut miqdori bir xil bo‘lmay, uning miqdori bola talabiga qarab o‘zgarib borishi, ya’ni bola qancha sut emsa, kelgusi emishda shuncha miqdorda sut hosil bo‘lishi aniqlangan. Ona ratsioni tarkibidagi oqsilning yetarliligi sutkalik sut miqdoriga ta’sir qiladi. Keragidan ortiq iste’mol qilinadigan suyuqlik esa sut miqdoriga ta’sir qilmaydi. Emizikli davrda onaning energiyaga bo‘lgan talabi, uning jismoniy harakat qilish darajasiga bog‘liq. Ba’zan yosh onalar o‘z qaddi-qomatlarini saqlash uchun kam ovqatlanishadi, buning natijasida ona suti kamayib, bola sun’iy ovqatlanishiga olib keladi.
Emizikli onalarning bir kunda iste’mol qilishi kerak bo‘lgan ozuqa mahsulotlarini quyida keltiramiz:

  1. Allergenlik xususiyatini kamaytirish maqsadida baliq va parranda go‘shti boshqa go‘shtlardan afzal va ularni iste’mol qilmasdan avval albatta terisini olib tashlang.

  2. Barcha qovurilgan ovqatlardan voz kechish.

  3. Faqat yog‘siz go‘shtlar iste’mol qilish.

  4. Ozuqa mahsulotlarini faqat qaynatib yoki dimlab pishirish lozim.

  5. Ko‘p miqdorda yog‘ tutuvchi mahsulotlarni iste’mol qilmaslik.

  6. Kundalik ratsiondan yeryong‘oq, yong‘oq va pistalar miqdorini cheklash.

  7. Shirinliklarni meyorida iste’mol qilish. Chanqovbosdi ichimliklardan (koka kola, fanta) ko‘ra tabiiy meva va sharbatlarni iste’mol qilish.

Onaning nafaqat sifatsiz, bir tomonlama ovqatlanishi, bundan tashqari, kundalik ratsionning energetik qiymati ortiqcha bo‘lishi ham laktatsiya jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Emizikli onaning sutkalik ovqat ratsionida albatta sut mahsulotlari, meva va sabzavotlar asosiy o‘rinni egallashi kerak (sutkalik ratsionning 60 foizini). Ona sabzavot va mevalardan o‘zini tiymasligi lozim. To‘g‘ri va sifatli tayyorlangan ovqat tarkibidagi sabzavot va mevalar bolalar oshqozon-ichak faoliyatiga salbiy ta’sir qilmaydi. Shunday qilib, to‘g‘ri ovqatlanish go‘dakning har tomonlama yaxshi o‘sishiga, emizikli onalarning suti ko‘payishiga va bolaning to‘yimli ozuqalanishiga yordam beradi. Bu esa bolada uchrashi mumkin bo‘lgan kasalliklarning oldini oladi.



Yüklə 71,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin