22 j a d v a l
YAQND larning salbiy ta’siri va ularning sabablari
-
Dorilarning nomi
|
PGlarning kamayishi
|
Salbiy ta’sirlari
|
ASK, butadion
|
PGE2, PS
|
Ovqat hazm qilish tizimi shil
|
|
|
liq pardalarinipg buzilishi,
|
|
|
oshqozon shirasi tarkibidagi
|
Salitsilatlar
|
TXA2
|
HC1 miqdoriping oshib ketishi Oshqozonichak va boshqa a’zo
|
Salitsilatlar. Pirazoyaon unum
|
NGE2 PS
|
lardan don odishi Syaydik miqdorining kamayishi, buyrak yetishmovchiligi belgila
|
lari
|
|
|
Salitsilatlar, in
|
PGE2
|
Bronxospazm
|
dometatsin
|
|
|
cha, uning so‘rilishini susaytiradi. Qonda yuqori miqdori 1,5—2 soatdan keyin, ya’ni 15—20 mg foizi (0,2 g 2SO qabul qilinganida yoki 30—40 mg foizi 0,4 g qabul qilinganda) to‘planadi. Brufen qon zardobida 98— 99% gacha albuminlar bilan birikadi. T5o vaqti 1— 3,5 soatgacha, naproksinniki esa 13—14 soatga teng.
Brufen jigarda metabolizmga uchraydi, noaktiv metabolitlar hosil bo‘ladi va buyrak orqali kuniga 45—80 foizi chiqariladi, naproksenning 30 foizigina (glyukuronid holida) buyraklar orqali chiqariladi. Bursit, tendovaginitlarda, miozit, nevritlarda keng qo‘llaniladi. Ijobiy tomoni shuki, brufen bemorga yaxshi singadi. Shu sababli u me’da yarasi, gastriti bor bemorlarga tavsiya etiladi.
Voltarennatriy kuchli yallig‘lanishga qarshi xususiyati bor dori, salbiy ta’siri kam, shu sababli uni bemorlarga uzoq muddatga tavsiya etsa bo‘ladi.
Xinolin hosilalari. Xingamin uzoq vaqt yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi va yaxshi so‘riladi, qonda davolovchi miqdori astasekin oshadi va uzoq saqlanib turadi, ko‘proq siydik va axlat bilan ajraladi. Siydikning ishqoriy muhitida uning ajralib chiqishi kamayadi. Plakvenilning 60 foizi siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi, qolgan qismi esa dezetilxloroxon, dezetiloksixlorin va bisetilxloroxin holida chiqariladi. Xolin hosilalari surunkali allergik tabiatli yallig‘lanish bilan kechayotgan va boshqa YAQND ta’sir qilmayotgan kasalliklarda (revmatoid artritlar, uzoq va to‘xtovsiz kechayotgan revmatizm, kollagenozlar, surunkali allergik miokardit, sarkoidoz, surunkali nefrit, amiloidoz) tavsiya etiladi.
Xinol unumlari uzoq vaqt tavsiya etilganda (6—10 oydan so‘ng) o‘z ta’sirini ko‘rsata boradi, faqat katta miqdorlarda (xloroxin —0,3, plakvenil —0,5) uzoq vaqt berilganda teri kasalliklarini, teri qichishishi, dispeptik xodisalar, bosh aylanishi va ko‘rish qobiliyati buzilishi singari salbiy ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin. Lekin bu dorilar mikdorini kamaytirish yo‘li bilan uning salbiy ta’siri kamaytiriladi. Bu dorilarni homilador ayollarga, ko‘z pardasi kasalligida, sitopeniyada, jigar va ruxiy kasalliklarda tavsiya etilmaydi.
Metotreksat (ametopterin, metioaminopterin) — folat kislotaning sintetik analogi bo‘lib,.aktimetabolitlar guruhiga kiradigan sitostatik modda. Metotreksat digidrofolinreduktazani raqobat yo‘li bilzn falajlashi natijasida huloyra ichida metil guruhininr umumiy tashuvchisi bo‘lgan folat kislota yetarli miqdorda hosil bo‘lmaydi. Buning natijasida uridinning timinga metillanishi buziladi, natijada esa DNQsintezi falajlanadi.
Ba’zi olimlarning fikricha, metotreksat qaytar darajada raqobat yo‘li bilan timidilsintetaza fermentini blokada qiladi va immunokomplement hujayralari buzilishini S va S? bosqichida to‘xtatadi.
Metotreksat gumoral va hujayra immunitetini susaytiradi.
U ko‘proq suyak to‘qimalarini ko‘chirib o‘tkazishda bemor organizmi uni «chiqarib tashlash» reaksiyasining oldini olish uchun ishlatiladi. Metotreksat suyak ko‘chirib o‘tkazilganda 100 kun davomida tanaffuslar bilan berib boriladi. So‘ngra bemorga azatioprin bilan prednizolonni kombinatsiyada qo‘llaniladi.
Metotreksat ishlatiladigan ikkinchi kasallik psoriaz bo‘lib, bunda preparatbir hafta davomida 2,5— 5 mg dan kuniga 2 marta ichishga beriladi.
Dorini haftasiga 7,5—50 mg dan mushakka, venaga yuborish ham mumkin. Metotreksat yuqorida keltirilgan tartibda yuborilganda kasallikning klinik va laboratoriya ko‘rsatkichlari yaxshilanadi. Metotreksat polimiozit va dermatomiozitlarda katta miqdorlarda (30—50 mg) hafta o‘rtasida oralatib berilganda yaxshi samara ko‘rsatadi. Dorining samarasi kasallikning boshlangan davrida yaxshiroq bo‘ladi.
Preparat digidrofolureduktaza fermenti bilan mustahkam bog‘langanligi tufayli uning immun tizimini falajlash xususiyati uzoq saqlanadi. Erishilgan ta’sirini saqlab turish uchun uni haftasiga bir marta yuborib turish tavsiya etiladi.
Yuborish yo‘lini aniqlash dorininr miqdoriga bog‘liq. Oz miqdorda (20 mg/m2) yuborilganda dori me’daichaklarda yaxshi so‘riladi, yuqori miqdorining so‘rilishi turlicha kechadi.
Dorining o‘rtacha va yuqori miqdori (ayniqsa venaga yuborilganda) farmakokinetikasi ikki bosqichda boradi: 1bosqich — tarqalish bosqichida yuborilgan miqdorning ko‘p qismi organizmdan chiqib ulguradi; 2oxirgi terminal bosqich. Ko‘p olimlarning fikricha, dorining bu bosqichida leykopeniya, anemiya kabi salbiy ta’sirlar kelib chiqadi. Dorining zaharli ta’siri uning yuboriladigan miqdoriga bog‘liq bo‘lib, uni berish to‘xtatilganda yoki kamaytirilganda o‘tib ketadi.
Shu sababli metotreksat bilan davolanganda davo lash bosqichi tugagach leykotsitlar, trombotsitlar sonini 1—2 oy davomida haftasiga bir marta tekshirib turish kerak. Metotreksat sulfanilamidlar, salitsilatlar va antikoagulyantlar bilan bir vaqtda ishlatilmaydi, chunki bunda ularning qon to‘qimasiga salbiy ta’siri kuchayadi.
Asoratlaridan yana biri me’da yarasi, qorin sohasidagi og‘riq, axlatda qon bo‘lishi, ko‘ngil aynishi, ich ketishi kabi belgilardir.
Eng xafli asoratlaridan (ayniqsa uzoq va katta miqdorlarda ishlatilganda) biri jigarning zararlanishi bo‘lib, ko‘p hollarda fibroz va sirroz bilan tugaydi. Jigarning zararlanishiga ko‘proq dorining katta miqdorda ishlatilishi, ayniqsa bemorning spirtli ichimliklar ichishi sabab bo‘ladi. Boshqa asoratlaridan buyraklarning zararlanishi, soch to‘kilishi, teriga toshmalar toshishi, uyqu bosishi, quloq og‘rishi, ko‘z og‘rishi kabi belgilar kuzatilishi mumkin.
FarmakOkinetikasi. Dorining mikdoriga qarab farmakokinetikasida 2 ta bosqich: tez tarqaluvchi va terminal (oxirgi) bosqichlar farq qilinadi. Dori asosan jigarda parchalanadi va buyraklar orqali metabolit ko‘rinishida, ko‘p qismi esa o‘zgarmagan holda 8 soat ichida chiqib ketadi. Shu sababli ayollarda me’daichak kasalligida, suyak to‘qimasi kasalliklarida ishlatilmaydi.
Vinblastni (rozevin, velban, vinkaleykoblastin) indol yadroli alkaloid bo‘lib, bo‘rigul o‘simligi va ba’zi bir boshqa dorivor o‘simliklardan olinadi. Vinblastin metafazaga ta’sir qiladigan zahar, uning hujayra zardobida oqsil sintezini buzishi hisobiga DNQ va RNK sintezi buziladi va mikronaycha qurilishi uchun zarur tubulin yetishmay qoladi.
Vinblastin suyak to‘qimasida immunitetga mas’ul hujayralarning yetilishini buzadi.
Preparat 0,05—0,1 mg/kg xisobida trombotsitopenik purpura va autoimmun gemolitik anemiyani davolash uchun haftasiga bir marta venaga yuboriladi. Davolash bosqichi uchun ishlatiladigan miqdori 100 mg dan oshmasligi kerak.
Preparat qon elementlarini, ayniqsa leykopoez va trombopoezni susaytiradi. Shu sababli dori ishlatilganda bir haftada 3 marta qonni tekshirib turish tavsiya etiladi.
1 ml qonda leykotsitlar soni 3000, trombotsitlar soni 100 000 ga tushib qolganda dori berish to‘xtatiladi.
Vinblastin dispeptik o‘zgarishlarni, umumiy quvvatsizlik, qo‘lning bosh barmog‘i falaji, sariq kasalligi, stomatit, teriga turli toshmalar toshishi, depressiya, teri nekrozi, venaga yuborilganda vena tomirining yallig‘lanishi (flebit) kabi asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Vinblastin qon to‘qimalari faoliyati pasayganda, oshqozonichakning o‘tkir kasalliklarida, yara kasalligida hamda kasallikning terminal bosqichida ishlatildi.
Immunodepressiv dorilar — bular immunokompetent (limfoid) hujayralar tuzilishi va faolligining buzilishi hisobiga tana immun tizimi ishini pasaytiradi. Kortikosteroidlar, xinolin hosilalari, sitostatik dorilar immun tizimi ishini susaytiradi. Lekyn alkillovchi (siklofosfamid, dopan, leykoran) preparatlar va antimetabolitlar, merkaptopurin, azatioprin, metatreksat kabi dorilar immun tizimi faoliyatini susaytiruvchi dorilar hisoblanadi. Bu dorilar ko‘proq gematologiya, onkologiya amaliyotida ishlatiladi.
Azatioprin (imuran) — kimyoviy tuzilishi va biologik xossalari jihatidan merkaptopuringa yaqin turadi, lekin uning sitostatik ta’siriga qaraganda immun tizimini susaytirish xususiyati ko‘prok, shu sababli azatioprin ko‘chirib o‘tkazilgan a’zolar (yurak, buyrak, jigar) ni saqlash uchun; revmatoid poliartrit, yo‘g‘on ichak yarasi, surunkali gepatitlarda sof holda yoki boshqa dorilar (prednizolon, antibiotiklar) bilan qo‘shib ishlatiladi.
Azatioprin bemorlarning dorini ko‘tara olishiga hamda salbiy ta’sirlarining kechishiga qarab uzoq vaqt davomida tavsiya etiladi. Azatioprin bilan davolash paytida qon tarkibini (oq qon tanachalari miqdorini) kuzatib borish kerak. Bularning mikdori 4000 ga qadar tushib ketsa, dori miqdorini kamaytirish kerak bo‘ladi, 3000 ga tushganda esa dori berishni to‘xtatish zarur. Azatioprin ishtahani buzadi, ko‘ngilni aynitadi, uzoq va noto‘g‘ri ishlatilsa yuqumli gepatitni keltirib chiqaradi.
Batriden organizmning immun xususiyatini pasaytirgani sababli uni glyukokortikoidlarga, antibiotiklarga qo‘shib, buyrak ko‘chirib o‘tkazilganda uni saqlab qolish uchun ishlatiladi. Batriden boshka sitostatiklar bilan qo‘shib ishlatilmaydi, chunki bunda ularsing salbiy ta’siri kuchayadi.
Immun tizilma ishini kuchaytiruvchi DOrilar. Bu
guruhga kiruvchi dorilar organizmda kechayotgan immunologik jarayonlarni kuchaytiradi hamda immunokompetent hujayralar (T va Blimfotsitlar) va makrofaglar faolligini oshirish xususiyatiga ega. Bu moddalar regeneratsiyani kuchaytiradi, odam organizmining umumiy chidamliligini oshiradi. Shu tufayli bu dorilarni boshqa dorilarga qo‘shib (antibiotiklar, yallig‘lanishni susaytiradigan dorilar) yallig‘lanish bilan kechadigan yuqumli va yuqumsiz kasalliklarda hamda regeneratsiyani kuchaytirish maqsadida keng qo‘llaniladi.
Levamizol (dekaris) ichakda parazitlik qiluvchi qurtlarni (gijjalarni) haydash uchun tavsiya etiladi. U organizm umumiy quvvatini oshirish kuchiga egaligi tufayli immun tizimi ishini kuchaytiruvchi dori sifatida ham ishlatiladi. Levamizol Tlimfotsitlar hamda fagotsitlarni o‘zgartirib, immun tizim hujayra mexanizmini tartibga soladi. U Tlimfotsitlarga tanlab ta’sir qiladi.
Levamizol autoimmun tabiatli kasalliklarda, surunkali va teztez qaytalanib turuvchi yuqumli kasalliklarda, o‘sma kasalligida ishlatiladi. Levamizol ichilganda, teri ostiga yuborilganda qonga yaxshi so‘riladi. Yuqori miqdori qonda 2 soatdan keyin kuzatiladi. T5o — 4 soatgacha, lekin qonda 2 kundan keyin butunlay qoladi.
Haftasiga bir marta ikki kun mobaynida berilganda ta’siri kuzatiladi, salbiy ta’sirlaridan eng xavflisi oq qon tanachalarining kamayib ketishidir. Teriga toshma toshishi, qon bosimi oshishi ham kuzatiladi.
Levamizol homilador ayollarga tavsiya etilmaydi. Uni revmatizmga qarshi va qonni kamaytiradigan dorilar bilan birga qo‘shib ishlatilmaydi.
Timalin. Immun tizimni faollashtiradi. T va Vlimfotsitlar miqdorini ko‘paytiradi, fagotsitoz va regeneratsiyani kuchaytiradi. Hujayra immun tizimining susayishi bilan kechayotgan kasalliklarda shu tizim ish faoliyatini kuchaytiruvchi dori sifatida ishlatiladi, jumladan, o‘tkir va surunkali yiringli yallig‘lanish kasalliklarida, kuyganda, uzoq bitmaydigan trofik yaralarda 10—30 mg dan kuniga 5—20 kun davomida mushakka 1—2 ml natriy xlorning izotonik eritmasida yuboriladi.
Prodigiozan — bakteriyalardan olingan polisaxarid. brganizmning nospetsifik va spetsifik kuchyyy oshiradi, ayniqsa Ttizim va buyrak usti bezi faoliyatini kuchaytiradi. Immun tizim ish faoliyati susaygan kasalliklarda, surunkali kasalliklarda, operatsiyadan keyingi davrda, nur kasalligida prodigiozan mushakka yuboriladi (sezuvchanlik aniqlangach, kattalarga 15 mg, bolalarga 10 mg, 3 kundan keyin esa 25— 30 mg dan), bolalarga sutkasiga 10—20 mg dan har 4 yoki 7 kunda bir marta yuboriladi. Dori berilgach, bemorning harorati ko‘tarilishi, boshi, bo‘g‘imlari og‘rishi, o‘zini yomon his etishi mumkin. Shu sababli bunday bemorlar vrach nazorati ostida davolanishi kerak. Asab kasalligida, o‘tkir yurak qontomir yetishmovchiligida, o‘tkir yurak infarktida tavsiya ztilmaydi.
Pirogenal — mikroblardan olinadigan lipopolisaxarid. Ta’siri jihatidan prodigiozanga o‘xshash. Pirogenal yuborilgan bemorning tana harorati, oq qon tanachalari, to‘qimalar o‘tkazuvchanligi ham ortadi, kimyoterapevtik dorilarning to‘qimalarga kirishi yaxshilanadi.
Pirogenal MNS jarohatlari va kasalliklaridan keyin tiklanish jarayonlarini tezlashtirish uchun, chandiqlarning so‘rilishi, yuqumli kasalliklarni davolash, ayniqsa ular uzoq va qaytalanish bilan kechayotganda ishlatiladi. Dori miqdori oshirilganda ba’zi bemorlarda tana harorati haddan tashqari ko‘tarilib ketishi mumkin, bel sohasida og‘riq paydo bo‘ladi. Bu hodisalar 6—8 soatdan keyin o‘tib ketadi, bunday paytda dori miqdorini kamaytirish kerak bo‘ladi.
Glyukokortikoidlar (GK) gidrokortizon (kortizol), kortizon, prednizolon, prednizol, triamsinolon (polikartolon, kenalog), kepakort, deksametazon, metilprednizolon (urbazon), beklametazon (bekatil).
GlyukOkortikoidlarning biologik ahamiyati. Bularning aksariyati me’daichakdan va teridan yaxshi so‘riladi, lekin triamsinolon atsetoid (ftorokort, kenakort) asosini tashkil qiladi, faqat mahalliy qo‘llash uchun chiqariladi. Bekatil ham ko‘proq mahalliy (aerozol holida) ishlatilganda ta’sir qiladi.
Qon zardobida glyukokortikoidlar sof holda hamda globulin va transkortin bilan birikkan holda uchraydi. U vaqtivaqti bilan sof gormon ajratib turadi.
Sintez yo‘li bilan olingan glyukokortikoidlar kamroq (60—70%) bog‘langan holda bo‘ladi, shu sababli ular hujayralarga tez kiradi va o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. GK lar jigarda parchalanadi, bu jihatidan kattalar va bolalarDa Deyarli farq qilmaydi, siydik bilan uzoq vaqt davomida (72 soatda) ajralib chiqadi. Qonida oqsil kamayib ketgan kasallarda (gipoalbuminemiya) ularning qondagi erkin miqdori yanada ko‘proq bo‘ladi. Shu sababli bunday bemorlarga ularning bir martalik miqdorini ko‘proq tavsiya etish kerak. Sintetik glyukokortikoidlar to‘qimalarda sekinroq parchalanadi, shu tufayli ularning yarim biologik hayoti uzoqroqdir.
Qortizonning yarim biologik hayoti 8—12 soat bo‘lsa, prednizolonniki 12—36 soat, deksametazonniki esa 36—54 soat. Tabiiy GQ lar (gidrokortizon, kortizon) natriy xlor, bikarbonatlar va suvni organizmda ko‘proq ushlab qolsa, vodorod va kaliyning ko‘proq chiqarilganligi sababli metabolitik alkalozni keltirib chiqaradi. Sun’iy GQ larda yuqorida qayd qilingan xususiyatlar kamroq (prednizolon, prednizon) yoki butunlay yo‘q (metilprednizolon, deksametazon, triamsinolon). GQlar hujayralarga osonlik bilan kirib, hujayra sitoplazmasidagi retseptorlar bilan birikadi. U hujayra yadrosiga kirib, oqsil hosil bo‘lishida qatnashuvchi genlarga hamda apofermentlar va turli kofaktorlarga birikadi. Natijada fermentlar hosil bo‘lishini boshqarish, oqsil sintezi va moddalar almashinuvini idora etishda, shuningdek, to‘qimalarning biologik faol moddalarga reaksiyasini, shu jumladan asab oxiridagi mediatorlar sezuvchanligining oshib borishida ishtirok etadi.
GQlarning yallig‘lanishni to‘xtatish mexanizmi: 1. Lizosoma membranalarini mustahkamlab, ulardan turli oqsillarni parchalaydigan fermentlar chiqishini kamaytirish hisobiga alteratsiya jarayonini kamaytiradi. 2. Fosfolipaza A2 faolligini kamaytiradi, bu o‘z navbatida araxidon kislota, PG, LT, serotonin, bradikinin, gistamin hosil bo‘lishini susaytiradi va ekssudatsiyani kamaytiradi. 3. Kislotali mukopolisaxaridlarning kamayishi qon zardobidan yallig‘lanish o‘chog‘iga tushgan suv va oqsillar birikishi susayishiga, fibrin to‘planishi (qon tomirlarida va yurak qopqoqlarida) kamayishi esa proliferatsiya jarayoni pasayishiga sabab bo‘ladi.
GK larning immun tizimga susaytiruvchi ta’siri. Timus po‘stlog‘idagi tinch yotgan limfa to‘qimalar ta’siriga bog‘liq bo‘lib, bu hujayra qobig‘idagi lizosoma fermentlarini faollashtirish orqali katabolizmga ta’sir etadi. U shuningdek, hujayrada oqsil sintezini
tyozlashtirish yo‘li bilan antianabolityk ta’sir Etadi va natijada limfotsitlar soni kamayadi. Bundan tashqari, prednizolon suyak ko‘migida limfotsitlarning bo‘linish davrini uzaytirishi hisobiga Tlimfotsitda proliferatsiyani ham kamaytiradi.
GK yallig‘lanish va allergiya bilan kechadigan turli kasalliklarda keng qo‘llaniladi. Difenin, barbituratlar, rifampitsin, GK larning parchalanishini tezlashtiradi. GK lar ichakda kalsiy so‘rilishini pasaytiradi, vitamin D almashinuvini buzadi, paratgormon ajralishini kuchaytiradi, faol revmatizmda prednizolon sutkasiga 25—30 mg dan tavsiya qilinadi. Agar kasallik rivojlangan bo‘lib, revmokardit serozit bilan kechayotgan bo‘lsa, dori miqdorini 40 mg ga qadar ko‘paytirish mumkin. Terapevtik samara olingach, prednizolon miqdori 2,5 mg (0,5 tabl.) dan har 5—7 kunda kamaytiriladi. Davolash vaqti 1—2 oy. Davolash kursiga ko‘pincha 500—800 mg miqdorda dori sarf bo‘ladi.
Revmatik artritlarda sutkasiga 15—20 mg dan prednizolon tavsiya etiladi. Agar bemorning harorati yuqori bo‘lsa, dorining sutkalik miqdorini 40 mg gacha kamaytirish mumkin. Samara olingach, sutkalik miqdorining yarim yoki to‘rtdan bir qismini har haftada kamaytirib boriladi. Zarur bo‘lsa, 5—15 mg dan uzoq muddat berib borish mumkin.
Immun tizim kasalliklarida gormonlar kasallikning og‘irengillik darajasini hisobga olgan holda sutkasiga 40—80—100 mg ga qadar tavsiya etiladi. Bu kasalliklarda prednizolonni sutkasiga 10—15 mg dan uzoq yillar davomida ichib yurish tavsiya etiladi. Gormonlar prednizolon allergik va yuqumliallergik tabiatli kasalliklar (miokarditlar, vaskulit, sarkoidoz, buyrak kasalliklari) ni davolashda 6 hafta davomida beriladi. Tez o‘tuvchi o‘tkir gepatitlarda 50— 100 mg prednizolon kuniga, o‘tkir bo‘lmagan holatlarda 20—40 mg dan ichishga buyuriladi. Jigar kasalligida esa kuniga 100 mg dan tomirga yuboriladi. Pediatriyada gormonlar uzoq muddatli autoimmun gemolitik anemiyani, trombotsitepeniya, nefritning ba’zi bir ko‘rinishlari, yo‘g‘on, ichak yarasi, o‘tkir leykoz, bod, bronxial astma kasalligini davolashda tavsiya etiladi. Yuqorida nomi keltirilgan kasalliklarda va o‘tkir allergik sindromlarda glyukokortikoidlarning kunlik miqdori, yuborish tartibi bolaning tana og‘irligiga hamda kasallikning kechishiga va og‘irengilligiga qarab yakka tartibda tanlab olish bilan tavsiya etiladi.
fK ning salbiy ta’siri. Dori qisqa muddat yuborilganda salbiy ta’siri kuzatilmaydi, lekin ba’zi bemorlarda ishtaha kuchayadi, tana vazni ortadi, qon bosimi ko‘tariladi, me’daichakda yara paydo bo‘lishi mumkin.
GK. larning yuqorida sanab o‘tilgan salbiy ta’sirini kamaytirish uchun bunday ta’sirlarni kamaytiradigan (antibiotiklar, siydik haydovchi vositalar), qon bosimini tushiradigan va boshqa dorilarni tayyorlab qo‘yish kerak. GQ lar uzoq muddat berilganda (oylar, yillar davomida) buyrak usti bezi faoliyati pasayib ketadi. Shu sababli GK larni bunday bemorlarga berish birdaniga to‘xtatilganda asosiy kasallik belgilari zo‘rayib ketishi mumkin. Shu sababli bunday bemorlar operatsiya qilinadigan bo‘lsa yoki homilador ayolga GK lar miqdorini bir oz ko‘paytirish kerak bo‘ladi. Dorini to‘xtatish sindromining oldini olish uchun uzoq vaqt GQ qabul qilgan kasallarda GK lar miqdorini astasekin kamaytirib borib, so‘ngra butunlay to‘xtatish tavsiya etiladi. Bu vaziyatlarda uni kuniga bir marta yoki kunora berish tavsiya etiladi. Chunki bunday tartibda GQ larning biologik ta’siri yuzaga chiqsada, salbiy ta’sirlari paydo bo‘lishga ulgura olmaydi. Vrach GQ lardan to‘g‘ri foydalana bilsa ularning yuqorida keltirilgan salbiy ta’siri terapevtik ta’siridan orqada qoladi va kasallik sindromi kam uchraydq.
Dostları ilə paylaş: |